I bob. Mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirish texnalogiyalari nazariy asoslari


Download 0.64 Mb.
bet9/35
Sana22.07.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1661766
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
Наргиза ДИС Маг(lotin)

Qadriyatli–mazmunli kompetensiya bu kompetensiya talabaning qadriyatga oid g‘oyalari bilan bog‘liq bo‘lgan dunyoqarashini tavsiflaydi, uning atrofimizdagi dunyoni ko‘rish va tushunish qobiliyati, unga yo‘naltirilgan, o‘zlarining roli va maqsadlaridan xabardor bo‘lish, o‘zlarining xatti-harakatlariga maqsadli va mazmunli bilimlarni tanlash, qarorlar qabul qilishidir.
Umummadaniy kompetensiya talaba yaxshi xabardor bo‘lishi kerak bo‘lgan masalalar doirasi, faoliyatida bilish va tajribaga ega bo‘lishi. Bular milliy va umuminsoniy madaniyatning xususiyatlari, inson hayoti va insoniyatning ma’naviy-axloqiy asoslari, fan va dinning inson hayotidagi o‘rni, ularning dunyoga ta’siri, kundalik va madaniy-hordiq chiqarish sohasidagi kompetensiyalari, masalan, bo‘sh vaqtni tashkil qilishning samarali usullarini egallash.
O‘quv jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchiarning mustaqil ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish qobiliyati ortadi va o‘qituvchining bilimlarni uzatish ehtiyoji keskin kamayadi.
Ushbu muammoni hal etishning istiqbolli usullaridan biri ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga, ijodiy qobiliyatga va ijodiy-bilish faolligiga yo‘naltirilgan muammoli-ishbilarmonlik va rolli o‘yinlar hisoblanadi. O‘yinlar boshlang‘ich sinf o‘quvchiarining bilish faolligi, tanqidiy va analitik fikrlash qobiliyati, oqilona va mas’uliyatli muhokamalar, muloqot malakalarini rivojlantirish va o‘zlarning pozitsiyasini himoya qilish ko‘nikmasini rag‘batlantiradi.
O‘yin shaklidagi topshiriqlarni bajarishda talabalar bilib olganlarini takrorlaydi, o‘zlarining qobiliyatlarini sinab, to‘plangan tajribani tahlil qiladi, umumlashtiradilar va xulosalar chiqarishadi.
Axborot kompetensiyasi – Haqiqiy ob’ektlar (televizor, telefon, faks, kompyuter, printer, modem, kserokopiya) va axborot texnologiyalari (audio va video yozuvlar, elektron pochta, ommaviy axborot vositalari, internet) yordamida kerakli ma’lumotni mustaqil ravishda izlash, tahlil qilish va tanlash, saqlash va etkazish ko‘nikmalari shakllanadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling