I bob. Mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish asosida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirish texnalogiyalari nazariy asoslari


Download 0.64 Mb.
bet7/35
Sana22.07.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1661766
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
Наргиза ДИС Маг(lotin)

Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. SHuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi:
– murakkab jarayonlarda;
noaniq vazifalarni bajarishda;
– bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;
– kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo‘la olishda.
Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis:
– o‘z bilimlarini izchil boyitib boradi;
– yangi axborotlarni o‘zlashtiradi;
– davr talablarini chuqur anglaydi;
yangi bilimlarni izlab topadi;
– ularni qayta ishlaydi va o‘z amaliy faoliyatida samarali qo‘llaydi.
SHuningdek, xozirgi vaqtda oliy kasbiy ta’limning Davlat ta’lim standartlari joriy etilib, bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan ta’lim mazmuni va texnologiyasida innovatsiyalar keng joriy etilmoqda.
N.A.Muslimov va Q.M.Abdullaevalarning fikricha, kompetentlik – olingan nazariy bilim, ko‘nikma va malakalar majmuasini amaliyotga mustaqil va ijodiy qo‘llay olish darajasi, bu talabaning amaliyot jarayonida ham oliy ta’limdan keyingi faoliyatida ham shakllanib boradi [99;17].
Kompetensiya tushunchasi ma’lum bir sohada muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish uchun bilim, malaka, shaxsiy sifatlar va amaliy tajribadan foydalanish qobiliyati sifatida tavsiflanadi.
Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda kasbiy o‘zini o‘zi boshqarish jarayonida shaxsning kasbiy rivojlanishining eng to‘liq psixologik shakllari, kasbiy kompetentlikning rivojlanish xususiyatlari E.F.Zeer tomonidan o‘rganilgan. U kasbiy kompetentlikni kasbiy faoliyat tuzilmasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida baholaydi, shuningdek, shaxsning yo‘naltirilganligi, kasbiy ahamiyatga ega muhim sifatlari va psixofizologik xususiyatlari sifatida ta’riflaydi [61].
T.M.Sorokinaning tadqiqotlarida o‘qituvchining kasbiy kompetentligi pedagogik faoliyatni amalga oshirish uchun nazariy va amaliy tayyorgarligining birligi sifatida talqin etiladi. Uning o‘qituvchilik kompetensiyasi o‘qituvchining pedagogik faoliyatining asosi bo‘lgan professionallikning bosqichlaridan biri hisoblanadi [125].
Kompetentlik bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchining shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatni amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi hamda ularni kasbiy faoliyatda qo‘llay olishini ifodalaydi. Mazkur o‘rinda “kompetentlik” tushunchasining mohiyati ham to‘la ochiladi, u quyidagi ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
– kompetentlik – mutaxassisning shaxsiy sifatlari to‘plami;
– kasbiy sohaning asosiy talablari ko‘rinishida
G.M.Kodjaspirova “o‘qituvchi malakali o‘qituvchi bo‘lish uchun muayyan pedagogik kompetentlikka ega bo‘lishi kerak”, deb hisoblaydi. “Kompetensiya – bu ta’lim orqali olingan bilimlarga, tajribaga, qadriyatlarga, niyatlarga asoslangan umumiy qobiliyatdir. Kompetensiyaviy bilim yoki ko‘nikmaga tushmaydi; kompetentlik – bu olim yoki o‘qimishli odam bo‘lishni anglatmaydi” [73].
Ko‘nikma – bu muayyan vaziyatda harakat, kompetensiya – xatti-harakatlar, ko‘nikmalarning kuzatuvlaridan o‘rganilishi mumkin bo‘lgan tavsifiy xususiyatdir.
Ta’lim sohasidagi kompetensiyalar tizimi quyidagilardan iborat: asosiy, ya’ni metapredmet va fanlararo kompetentlikdir. Bu insonning murakkab ko‘p funksionalli faoliyatni amalga oshirish va muammolarni samarali echish qobiliyati sifatida tavsiflanadi.
Kompetensiya – mutaxassisning ma’lum bir sohada samarali faoliyat olib borish uchun zarur bo‘lgan ta’limiy tayyorgarligiga qo‘yilgan talabdir.
Kompetentlik – inson tomonidan faoliyat predmetiga tegishli kompetensiyalarni egallanganligidir.
YUqoridagilardan kelib chiqqan holda, biz kompetentlikka o‘z ishchi ta’rifimizni berib o‘tdik. Kompetentlikshaxsning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq xususiyatlarini inson tomonidan, jumladan, shaxsiy munosabati va faoliyat sub’ektini o‘z ichiga olishi va egallanishidir.
Tadqiqot muammosiga oid olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashni takomillashtirish muammolari bo‘yicha respublikamiz pedagog olimlaridan R.H.Jo‘raev, A.R.Xodjaboev, Q.T.Olimov, SH.E.Qurbonov, Z.K.Ismailova, E.Ro‘ziev, Q.Abdullaeva, D.O.Ximmataliev, J.Hamidov, S.A.Usmonov, M.X.Baybaeva, D.F.Jalalova, SH.Qulieva, M.Toshov va boshqa ko‘plab olimlar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borganlar.
Ilmiy adabiyotlar va olib borilgan tadqiqotlar natijalarini o‘rganish orqali biz an’anaviy ta’limi va kompetensiyalarga asoslangan boshlang‘ich sinf o‘rtasidagi asosiy farqlarni qiyosiy tahlil qildik (1.1-jadval).

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling