I-bob. Pul kridit siyosating tizimi va uning asosiy vazifalari


Download 354 Kb.
bet8/13
Sana05.04.2023
Hajmi354 Kb.
#1274850
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kurs ishi Mo\'minov.M

Uchinchidan, qarz berish tufayli muomala xarajatlarini tejash imkoniyati tug‘iladi. Ma’lumki, kredit vujudga kelish davridan boshlab haqiqiy pullar (oltin, kumush) o‘rnini kredit pullari – veksellar, banknotalar, cheklar bajarib kelgan. Ayniqsa, oltin (kumush)ning monetar roli va uning yo‘qolib borganligi tufayli kreditning bu funksiyasi yordamida naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirib, uning tezkorligi va kam xarajatliligini ta’minlab kelmoqda.

Bu funksiya ssuda kapitaliga aylangan qarzning muomalada bo‘lish vaqtining tejalishi uning ishlab chiqarishda bo‘lish vaqtini oshiradi va ishlab chiqarishni kengaytirishga, foydaning ortishiga olib keladi. Xo‘jalik subyektlari pul mablag‘larining kelib tushishi va ishlatilishi o‘rtasidagi vaqt bo‘yicha farq faqatgina ortiqcha mablag‘lar hajmini emas, balki moliyaviy mablag‘larning yetishmovchiligini ham aniqlab beradi. Shu sababli korxona va tashkilotlarning o‘z aylanma mablag‘-larining vaqtinchalik yetishmovchiligini to‘ldirish uchun ssudalarni olish keng tarqalib boryapti.




To‘rtinchidan, qarz berish, qarzni undirish vositalari orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga erishiladi. Masalan, bank krediti hisobidan qurilayotgan qo‘shma yoki xorijiy korxonalar respublikaning va jahon bozorining ehtiyojini qondirsa, bu hol kreditning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi funksiyasining ijobiy amal qilganligidan dalolat beradi. Va aksincha, kredit xalq xo‘jaligiga turli yo‘llar bilan asossiz ravishda ko‘p berilsa va oqibatda pul massasi ko‘payib, milliy pul qadrsizlansa yoki olingan xalqaro kreditlardan samarali foydalanilmasa

16


va mamlakat o‘zining boshqa daromad manbalari, masalan, oltinini sotish hisobidan kreditni qaytarsa, bu hol kredit funksiyasining salbiy amal qilganligidan dalolat beradi.

Kreditga bo‘lgan talab qaysi usulda va muddatda, kim tomonidan qondirilishiga va qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab, kredit bir necha turlarga bo‘linadi (40-jadval).


Uzoq muddatli kreditlashda kreditlar 3-5 yil muddatda beriladi. 1 yildan 3-5 yilgacha bo‘lgan kreditlar o‘rta muddatli kreditlar deyiladi. Qisqa muddatli kredit berishda kreditlar bir necha oydan bir yilgacha bo‘lgan muddatda beriladi. Bu turdagi kireditlar;





  • Aylanma kapitalni to’ldiruvchi;







  • Qimmatli qog’ozlar;




  • Chakana savdo bilan shug’illanuvchi shaxslarga beriladigon;




  • O’z aktivlari hisobidan ta’minlovchi ( debitorlik qarzlari, factoring va Tovar-moddiy zaxiralari bilan ta’minlangan) kireditlar deb ataladi.




Download 354 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling