I bob. Quriliish materiallarining asosiy xossalari


Download 87.21 Kb.
bet8/19
Sana01.04.2023
Hajmi87.21 Kb.
#1318298
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
qqqqqqq

G‘ ovak materiallarda adsorbsiya vakapillyar kondensatsiy a jarayonlari tufayli namlik uzoq saqlanib qoladi. Masalan, yog‘ochning muvozanat namligi 12-18%, pishirilgan g‘ishtniki 5-7%. Material qisman suv yoki namlik ta’siri ostida boigan holatda, kapillyar bosim hisobiga suvni shimib namlanadi.
Namlikdan deformatsiyalanish - materiallarning nisbiy namlik o‘zgarishidan hosil bo‘ladigan chiziqli yoki hajmiy o‘lchamlarining o‘zgarishidir. Bu xususiyat materiallarning g‘ovakligiga bog‘liq bo‘ladi. Zich materiallarda namlikdan deformatsiyalanish oz (plastmassa, zich keramika, granit) yoki umuman bo‘lmaydi (po‘lat, oyna, bitum). G‘ovak materiallar (yog‘och, beton, giltuproq) nam ta’sirida kengayadi, namlik kamaysa, kirishish hisobiga deformatsiya ham kamayadi. Materiallarning bu holati ulardan konstruksiyalar tayyorlashda katta ahamiyatga ega.
Suv o‘tkazuvchanlik - materiallarning bosim ostida suvni o‘tkazishi filtratsiya koeffitsiyenti bilan ifodalanadi (m/soat):
= V*a/[S*( )*t]
bunda filtratsiya koeffitsiyenti ( ) 1 yuzali devordan (a) 1 soat (t) davomida o‘zgarmas bosimda ( 1 m. suv ust.) oqib o‘tgan suv miqdori (V) bilan o`lchanadi.
Materiallarning suv o‘tkazuvchanligi ulaming strukturasiga bog‘liq. Materiallarning bu xossasi tom izolyatsiyasi,-suv inshootlari va havzalami qurishda katta ahamiyatga ega. Juda zich materiallargina, masalan, bitum, shisha, po‘lat, maxsus tarkibli plastmassalar va betonlar amalda suv o‘tkazmaydi. Suv bosim ostida ta’sir ko‘rsatadigan joylarda beton va shu kabi materiallardan suvning o‘tishi suv o‘tkazmaslik markasi (MPa) bilan belgilanadi.
Sovuqqa chidamlilik materialni suvga to‘yingan holatda, -15-20 °C muzlatib, qayta eritilganida (1 sikl) siqilishdagi mustahkamligi 15 foiz, massasi 5 foizdan ortiq kamaymasa, bu material sovuqqa chidamli deb hisoblanadi. Material g‘ovaklaridagi suvning muzlash harorati kapillyar g‘ovaklaming diametriga bog‘liq bo‘lib, harorat -2 0 °C gacha pasayganda muz 210 MPa zo‘riqish hosil qiladi. Zo‘riqish yo‘nalishi to‘rt tomonga bo‘lgani uchun ular bir-birini neytrallaydi. Shu sababli sovuq ta’sirida materiallar qirra burchaklaridan buzila boshlaydi. Materiallarning sovuqqa chidamliligi ishlatilish sohasiga nisbatan belgilanadi. Atmosfera muhitida ishlatiladigan oddiy og‘ir beton sovuqqa chidamliligi F 50; F 100; F 200, gidrotexnik inshootlarda F 500 siklgacha, tashqi devorbop g'ishtlar, bloklar, yengil betonlar F 15; F 25; F 35 siklga teng bo‘ladi. Materiallaming sovuqqa chidamliligi sovutish kameralarida sinaladi. Materialning sovuq chidamliligi impulsli ultratovush usulida tez va oson (namunalami biSieiasdan) aniqlanadi. Ayrim hollarda materialning sovuqqa chidamliligi tezkor (kimyoviy) usul bilan ham aniqlanadi.

Download 87.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling