I bob. Quriliish materiallarining asosiy xossalari
Download 87.21 Kb.
|
qqqqqqq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Materiallar Kimyoviy tarkibi Qattiqlik ko‘rsatkichi
- Ishqalanishgaqarshilik
- Deformativlik
Zarbga qarshilik. Tabiiy va sun’iy tosh materiallarni (beton, asfalt-beton) avtomobil yo‘llari, trotuar, aerodrom qoplamalari, pol va poydevorlarga ishlatilganda, ulaming zarbga qarshiligi aniqlanadi. Tosh materiallarning zarbga qarshiligini aniqlash uchun namunaning diametri va balandligi 25 mm. bo‘lgan silindr shaklidagi koper tagiga o'matiladi. Zarbga qarshilik (J/m3) namunani buzish uchun sarf etilgan ish miqdori yoki hajm birligiga sarflangan solishtirma ish bilan ifodalanadi. 15 t Materiallaming zarbga bo‘lgan mustahkamligi ayniqsa, seysmik aktivlik yuqori bo‘lgan Markaziy Osiyo sharoitida katta ahamiyatga egadir.
Qattiqlik. Materiallarga o‘zidan qattiq jism botirilganda qarshilik ko‘rsatish xususiyati uning qattiqligi deyiladi. Materiallaming qattiqligi turli usullar bilan aniqlanadi va o‘lchov birligi ham turlichadir (1.2-jadval).
Ishqalanishgaqarshilik. Pol, zinapoya, yo‘l singari ishqalanish kuchi ta’sirida bo‘lgan joylarda ishlatiladigan materiallar ishqalanishga sinab ko‘riladi. Buning uchun kubli tayok idiametri 25 mm. gating bo‘lgan silindr kabi namunalar tayyorlanadi. M ateriallarni yedirilish doirasida 1000 marta aylantirilganda, namunaning 1 m2 yuzasidan (F) yo‘qotilgan massaga ishqalanishga qarchiligi (I) deyiladi va quyidagicha aniqlanadi: 1= (m-mJ/F kg/m2, bunda: w; va m2 ishqalanishdan oldingi va keyingi massalari. Deformativlik Elastiklik - kuch olingandan keyin materialning avvalgi shakli va o‘lchamlarini tiklash xususiyatidir. Material tashqi kuch ta’sirida qoldiq deformatsiyaning eng avvalgi nuqtasi elastiklik chegarasi deyiladi. Elastiklik chegarasida nisbiy uzayish 16 kuchlanishga to‘g‘ri proporsional bo‘lgani uchun kuch olingach, material awalgi shakli va o‘lchamlarini qoldiq deformatsiyasiz tiklay oladi. Elastiklik'moduli £(Yung moduli) Guk qonuniga binoan ichki zo‘riqishning (a) nisbiy uzayish yoki qisqarishga (e) nisbatidir: E =a/£, MPa. Siqilish (cho‘zilish)dan hosil bo‘lgan ichki zo‘riqish о =P/F formula yordamida topiladi. Bunda, P - ta’sir etayotgan kuch; F - ko‘ndalang kesim yuzasi. Shisha elastik mo‘rt deformatsiyalanadi va elastiklik chegarasida sinadi. PoMat, kristall tuzilishli polimerlar yuqori kuchlanishlarda ham elastiklik xususiyatini yo‘qotmaydi va plastik zonada sinadi. Kauchuk, rezina va shu kabi elastomerlarda elastik deformatsiya 100 foizdan ham katta bo‘shishi mumkin. Materialda kuch ta’sirida bo‘ylama va ko‘ndalang deformatsiyalar hosil bolib, ularning nisbati Puasson koeffltsiyenti (M) bilan ifodalanadi. Puasson koeffltsiyenti beton uchun 0,17-0,2; polietilen uchun 0,4 ni tashkil qiladi. Plastiklik - materialning tashqi kuch ta’sirida shakli va o‘lchamlarini buzilmasdan o‘zgartirishi va kuch olingach aw algi holatini to‘la tiklay olmaslik xususiyatidir. Bunday materiallarga po‘latning ayrim turlari, plastmassaiar, bitumlar va boshqalar kiradi. Plastiklik ko‘p hollarda harorat o'zgarishiga bogliq boiadi. Mo‘rtlik - materialga tashqi kuch ta’sir etganda sezilarli deformatsiyalanmagan holda buzilishi uning mo‘rtligidir. Mo‘rt materiallar siqilishga yaxshi qarshilik ko‘rsatib, egilishga va cho‘zilishga yomon ishlaydi. Mo‘rt materiallarga tabiiy tosh, shisha, beton kiradi. Download 87.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling