Ba’zi qurilish maleriallarining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi.
Materiallar
|
Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi, MPa
|
Granit
|
120-250
|
Mannar
|
80-300
|
Oddiy g‘isht
|
7,5-30
|
Silikai g‘isht
|
7,5-20
|
Og‘ir beton
|
10-80
|
Yengil beton
|
5,0-40
|
Ko‘pikbeton
|
1.5-15
|
Plastmassa
|
4-500
|
Po‘lat
|
380-1000 (va yuqori)
|
Egilishdagi mustahkamlik chegarasi. Egilishga sinaganda namuna ikki tayanchga qo‘yiladi va simmetrik eguvchi kuch ta’sir ettiriladi. To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli namunaning o‘rtasiga qo‘yilgan bitta yig‘indi kuch ta’siridan uning egilishdagi mustahkamlik chegarasi (R ^ MPa) quyidagicha topiladi: Material egilishga sinalganda, neytral o‘qning yuqori qismi siqiladi, pastki qismi esa cho‘ziladi. Materiallaming buzilish alomatlari (darz, yoriq) ulaming cho‘ziluvchi qismida boshlanadi.
Cho‘ziIishdagi mustahkamlik chegarasi. Materiallar cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasiga qarab uch guruhga bo‘linadi: 1) cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi siqilishdagiga nisbatan ko‘p bo‘lgan tolali materiallar (yog‘och, shisha tolasi); 2) cho‘zilishdagi va siqilishdagi mustahkamlik chegarasi o‘zaro teng yoki oz farq qiluvchi materiallar (po‘lat); 3) cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi siqilishdagiga nisbatan kam bo‘lgan materiallar (tosh materiallar, shisha, cho‘yan vashu kabilar). Mo‘rt maieriallarning (tabiiy toshlar, beton, sementli qorishma, keramika va shu kabilar) cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi siqilishdagi mustahkamlikning 1/10-1/50 qismini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |