I bob. Quriliish materiallarining asosiy xossalari


Granit........................ 2600 Qarag‘ay yog‘ochi.......400-600


Download 87.21 Kb.
bet7/19
Sana01.04.2023
Hajmi87.21 Kb.
#1318298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
qqqqqqq

Granit........................ 2600 Qarag‘ay yog‘ochi.......400-600
Oddiy g‘isht..............1700-1900 Po‘lat.................................. 7850
Mineral paxta................200-400 Oyna shishasi............ 2650

Qurilish materiallarining gidrofizik xossalari

Suv shimuvchanlik deb g‘ovak materiallaming suv shimish va suvni ushlab turish xususiyatiga aytiladi. Suv shimuvchanlik ko‘rsatkichi materiallaming to‘yinishi uchun sarflangan suv massasining shu materialning quruq holatdagi massasiga bo‘lgan nisbati bilan ifodalanadi. Material g‘ovaklarining suvga tola qondirilgan holati uning hajmiy suv shimuvchanligi deyiladi. Odatda, mikrog‘ovaklar suv bilan butunlay to‘lmasligi sababli materiallaming. suv shimuvchanligi uning absolyut g‘ovaklari hajmidan kam bo‘ladi. Chunki materialdagi mikrog‘ovaklar (0,0001-0,001 mm) normal atmosfera bosimida suvga to‘lmaydi. Materiallaming massasiga nisbatan suv shimuvchanligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:


=[( -m)/m] * 100%,
bunda: m - materiallaming quruq holatdagi massasi - g, kg;
- materiallaming suv shimdirilgan holatdagi massasi - g, kg.
M ateriallaming hajmiy (V) suv shimuvchanligi quyidagicha aniqlanadi:
=[{ m)/V] • 100%
Ba’zi materiallaming suv shimuvchanligi (massasiga nisbatan, foizda (%)): oyna va po‘lat - 0; granit 0,02-0,7; oddiy og‘ir beton 2-A\ oddiy g‘isht 8-15; penoplast 100 - 200 va undan ko‘p.

Materiallaming suvda yumshash koeffitsiyenti (Kyum)uning suv shimgandan keyingi mustahkamligini ( ) quruq holatdagi mustahkamligiga ( ) nisbatidir:
= /
Yumshash koeffitsiyenti 0 dan (xom gisht) 1 1 gacha (metallar) bo‘lishi mumkin. Davlatlararo standartlar talablariga muvofiq yumshash koeffitsiyenti 0,8 dan kam bo‘lsa, suv muhitida ishlatiladigan konstruksiyalar tayyorlash ruxsat etilmaydi. Gigroskopiklik deb materiallaming muayyan muhitdan namlikni o‘ziga singdirib olish xususiyatiga aytiladi. Materiallaming gigroskopiklik darajasini aniqlash uchun namuna havoning nisbiy namligi 100 foiz bo‘lgan xonada bir necha soat saqlanadi, so‘ng namunaning quruq va gigroskopik nam holdagi massalari farqidan uning havodan qancha nam yutganligini aniqlanadi. Uning havodan namni ko‘p yutishi issiqlik izolyatsiyasi koeffitsiyentini oshiradi, mustahkamlikni kamaytiradi. Materialning sorbsion namligi deb, uning ochiq havodagi suv bug‘larini yutish xususiyatiga aytiladi. Nisbiy namlik ortgan sari materialning sorbsion namligi ham ortib boradi.

Download 87.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling