I bob. Quriliish materiallarining asosiy xossalari


Download 87.21 Kb.
bet5/19
Sana01.04.2023
Hajmi87.21 Kb.
#1318298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
qqqqqqq

Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Materiallaming bir yuzasi issiq, ikkinchi yuzasi sovuq bo‘lsa, undan issiq oqimi o‘tadi. Materialning bu xossasi issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffltsiyenti A orqali ifodalanadi.
Issiqlik o ‘tkazuvchanlik koeffltsiyenti haroratlar farqi (t~ t) 1°S bo‘lgan holda, qalinligi 1 m. yuzi 1 bo‘lgan namunaning bir yuzasidan ikkinchi yuzasiga o‘tkazilgan issiqlik miqdori bilan ifodalanadi. Binobarin, devordan r soat vaqt ichida o‘tgan issiqlik miqdori - Q quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Q = £ [S ( )*t]/a,
bunda: Q - issiqlik miqdori, kJ;
S' - namunaning yuzi, ;
t - issiqlik o ‘tish vaqti, soat;
( ) - material yuzasidagi haroratlar farqi, °S;
a - devoming qalinligi, m
Issiqlik yutuvchanlik(sig‘imi)-haroratlar farqi 1 bo`lganda, 1 kg. materialning yutgan issiqlik miqdori quyidagi formula yordamida topiladi:
Q =C* m ( )
bunda: S - issiqlik yutuvchanlik koeffltsiyenti;
Q - issiqlik miqdori, (kJ);
m - namuna massasi, kg;
( ) - haroratlar farqi, °C.
Materialiarning issiqlik yutuvchanligi bino loyihalarini tuzishda, devor-bop konstruksiyalar, qavatlararo plitalar va isitish majmualarini hisoblashda katta ahamiyatga ega.


Olovga bardoshlilik-materialning 1580°C va undan yuqori haroratda yumshamaslik va deformatsiyalanmaslik xossasidir. Olovbardosh materiallar pishirish pechlarini qoplashda ishlatiladi. Bu jihatdan materiallar eriydigan (1350°C kam), qiyin eriydigan (1350-1580°C) va erimaydigan (1580°C yuqori) turlarga bo‘linadi.
Materiallarning termik chidamliligi - ularning haroratning siklli ko‘p marta o‘zgarishiga buzilmasdan chidash xossasidir. Termik chidamlilik material tarkibiga, haroratdan kengayish koeffitsiyentiga bog'liq. Haroratdan kengayish koeffitsiyenti kichik bo‘lsa, materialning termik chidamliligi shunchalik yuqori bo‘ladi.Granit, oyna va shu kabi materiallarning termik chidamliligi kichik.
Yonuvchanlik - materialning olov ta’sirida m a’lum muddatda yonmaslik xususiyatidir. Bu jihatdan materiallar yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonadigan turlarga bo‘linadi. Masalan, yonmaydigan materiallarga beton, g ‘isht, po‘lat, granit va shu kabilar, qiyin yonadiganlariga asfalt-beton, fibrolit, ba’zi penoplastlar, shimdirilgan yog‘och va shu kabilar, yonadiganlariga yog‘och, gulqog‘oz, bitum, bo‘yoqlar va shu kabilar kiradi. Materialni antipirenlar bilan shimdirib yoki qoplab yonish muddatini kechiktirish mumkin. K o‘p yonmaydigan materiallar olov ta’sirida yonmasa-da, kuchli deformatsiyalanadi (po‘lat), darz ketadi (tabiiy toshlar), sachrab sinadi (asbosement).



Download 87.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling