I bob. Quriliish materiallarining asosiy xossalari


Atmosfera ta’siriga chidamlilik


Download 87.21 Kb.
bet9/19
Sana01.04.2023
Hajmi87.21 Kb.
#1318298
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
qqqqqqq

Atmosfera ta’siriga chidamlilik deb materialni 25 va undan ko‘p marta namlanib quritilganda, uning shakli va mustahkamligining o ‘zgarishiga aytiladi. Tashqi muhitda yog‘ingarchilik, quyosh radiatsiyasi, shamol, turli gazlar va shu kabilar ta’sirida materiallar asta-sekin buzila boshlaydi. Ayniqsa, yuqori harorat kompozitsion materiallar ^arkibidagi namni bugiantirib, uning kimyoviy tarkibini o‘zgartiradi va mustahkamligini pasaytiradi. Ularning tashqi omillar ta’siriga chidamliligini issiq-sovuqqa bardoshliligi orqali ifodalash maqsadga muvofiq. Bu omillar ta’siri laboratoriya sharoitida «sun’iy iqlim kameralarida» aniqlanadi.
Kimyoviy chidamlilik - korroziya. Materialning kislota, ishqor, tuz eritmalari va gazlar ta’siriga qarshilik ko‘rsatish xususiyati kimyoviy chidamlilik deyiladi. Kimyo, neft-gaz, metallurgiya va shu kabi sanoat tarmoqlarida, sho‘rlangan yerlarda ishlatiladigan m ateriallar va konstruksiyalar agressiv suyuqlik va gazlar ta’sirida buziladi.
Tabiiy tosh materiallari (ohaktosh, marmar, dolomit) kislotalar ta’sirida tez buzilsa, bitum va plastmassaiar esa bu muhitga chidamli, ammo ular ham to‘yingan ishqor eritmalarida buziladi. Maxsus tarkibli qoplama va polbop keramik plitkalar hamda quvurlar, plastmassaiar, bitum agressiv muhit ta’siriga chidamli hisoblanadi.

II BOB.BETON MATERIALLARINING SIFAT KO`RSATGICHINI ANIQLASH.

2.1.Beton konstruksiyasi mustahkamligini aniqlash.
Umumiy ma’lumotlar. Ratsional tanlangan, mineral bog‘lovchi, suv, to‘ldirgichlar, va maxsus qo'shimchalardan iborat qorishmali tarkibni aralashtirib, zichlash yo‘li bilan olinadigan sun’iy kompozitsion tosh materialiga beton deyiladi. Mineral bog‘lovchi, suv, xususiy hollarda qo‘shiladigan kimyoviy modifikatorlar, aktiv yoki inert mineral dispers materiallar aralashmasini mikrokompozit tashkil qiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan komponentlar hamda, mayda va yirik to‘ldirgichlarni aralashtirish natijasida hosil bo‘lgan majmua natijasida makrokompozit hosil bo‘ladi. Betonning fizikmexanik, deformativ sovuqqa chidamlilik va boshqa xossalari mikro va makrokompozit strukturasiga bevosita bog‘liq Beton qorishmasi tayyorlangan dastlabki paytda qayta ishlashqoliplash, zichlashtirish kabi jarayonlar oson bo‘ladi. Beton vaqt o‘tishi bilan qotishi natijasida o‘ta qattiq tosh materialga aylanadi va uni qayta ishlash qiyinlashadi. Ratsional tarkibda tanlangan beton qorishmasida mikrokompozit 15-20% hajmni, mayda va yirik to‘ldirgichlar esa 80-85% hajmni egallaydi. Yirik to‘ldiruvchi hosil qilgan majmuani karkas, mikrokompozitni esa matritsa deb qarash mumkin. Mineral bog‘lovclilar va to‘ldirgichlaming turini o ‘zgartirib, mustahkamligi, deformativligi, turli sharoitlarga moslashgan, o ‘taog‘ir, yengil, o‘tayengil, olovbardosh, radiatsiyani o ‘tkazmaydigan va boshqa beton xillarini yaratish mumkin. Beton tarkibiga sement massasiga nisbatan 0,01-1,2 % polimer qo‘shimchalar hamda 15-40% yuzasi aktivlashtirilgan dispers materiallar, masalan, kvarsli minerallar kiritib xossalarini yaxshilash va sementni tejash mumkin. Beton bog‘lovchining turiga nisbatan tasnifi: sementli, silikatli, gipsli, aralash bog‘lovchili va shu kabi. To‘ldiruvchining turiga nisbatan: zich, g‘ovak, maxsus to‘ldirgichli. Maxsus to‘ldirgichlarga olovga bardoshli, kimyoviy chidamli, radiatsiya nurlarini qaytaruvchi va shu kabilar kiradi. Oddiy og‘ir beton uchun to‘ldirgichlar sifatida mahalliy tabiiy toshlar - shag‘al, chaqiqtosh, qumlar, shlaklar ishlatiladi.
0‘rtacha zichligiga nisbatan beton tasnifi: o‘ta og‘ir beton - o‘rtacha zichligi 2500 kg/ ortiq. 0‘ta og‘ir betonlar magnetit, barit, cho‘yan qirindisi va boshqa og‘ir to‘ldirgichlar asosida tayyorlanadi. Bunday betonlar maxsus himoyalovchi konstruksiyalar va qismlar tayyorlashda ishlatiladi. Og‘ir betoji - o ‘rtacha zichligi 2200-2500 kg/ bo‘lib, og‘ir tog‘ jinslari asosidagi qum, shag‘al, chaqiqtosh ishlatiladi. Og‘ir beton bino va inshootlar uchun konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Yengillashtirilgan beton uning o‘rtacha zichligi 1800-2200 kg/ bo‘lib, temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi. Yengil betonning o‘rtacha zichligi 500-1800 kg/ bo‘lib, turli usullarda olinadi: a) g‘ovak tabiiy va sun’iy to‘ldiruvchilar (keramzit, agloporit, pcmza va shu kabi); b) yacheykali betonlar (gazbeton, ko‘pikbeton); d) qumsiz tayyorlanadigan zich va g‘ovak to‘ldiruvchili betonlar. 0`ta yengil betonning o‘rtacha zichligi 500 kg/m dan kam bo‘lib, g‘ovak to‘ldiruvchilar asosida yoki yacheyk li hosil qilish usulida olinadi. Bunday betonlar issiqlik izolyatsiyasi materiali sifatida ishlatiladi.
Umuman betonlaming o‘rtacha zichligi 400 dan 4500 kg/ mgacha bo‘lib, ulaming g‘ovakligi, mustahkamligi ham mos ravishda o‘zgaradi. Ishlatilish sohasiga ko‘ra betonlar konstraksion (ustunlar, to‘sinlar, plitalar va shu kabi), gidrotexnik (to‘g ‘onlar, kanallar va shu kabi), devorbop va yengil yopmalar uchun mo‘ljallangan beton, yo‘lbop va aerodrom qoplamalari uchun beton, kimyoviy va biologik muhitlarga chidamli, olovga bardoshli va shu kabi.
Beton bino va inshootlar qurilishida asosiv konstruksion material bo`lib, monolit yoki yig‘ma temirbeton holda ishlatiladi. Ishlab chiqarish texnologiyasining murakkab emasligi betonni bevosita kichik sexlarda, qurilish maydonlarida tayyorlash, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkinligi, u asosidagi buyum va konstruksiyalar ishlab chiqarishni yuqori texnologiyalar darajasiga ko‘tarish imkoniyatini yaratadi.


Sement. Beton tayyorlashda portland sement va uning turlari, shlakli, pussolanli, giltuproqli va boshqa sement turlari ishlatiladi


Download 87.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling