I bob xamir maxsulotlarini yopishga tayyorlash koidalari va yopish jarayonida ularda buladigan uzgarishlar


Download 175 Kb.
bet8/21
Sana05.01.2022
Hajmi175 Kb.
#207668
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Xaydarov - Kurs ishi

Piroglar. Piroglar ochik, yarim ochik va yopik kurinishda buladi. Ochik piroglar uchun tayyorlangan xamir yoglangan formaga yoki kandolatchilik patnisiga «Obi non» kurinishida cheti kobarik kilib yoyiladi. Ustidan meva kiyomi yoki kuyuk shinni soinib, chetidan 1,5-2 sm uralib maxsulotga doira shakli beriladi. Yarim ochik pirog xuddi pirogga uxshash tayyorlanadi, sung kiyom ustiga ingichkam nayyacha shaklli xamir uzunasi, kundalangiga joylashtirilib bezaladi va yarim berkitilgan xolda keltiriladi. Yopik piroglarda esa kiyma usti yupka xamir bilan tulik yopilib, ustidan bezak berilib, issik ishlovdan avval bir necha yeridan pazandalik ignasi bilan teshiladi. SHakl berib tayyorlangan pirog issik joyda tindirilgandan sung tuxum surtib, biroz ushlanib 200-2200S xaroratda yopiladi. Piroglar gusht, sabzavot, balik, kuzikorin, suzma, meva kiymalari bilan tayyorlanadi. Piroglarni turtburchak, kupburchak doira va boshka shaklda tayyorlasa xam buladi. Yopib tayyorlangan piroglar sovitilib, tarkatishdan avval 75-100 g xisobida kesib portsiyalanadi.

Ponchiklar. Ponchiklar uchun achitkisiz xamirturushli xamir biro suyukrok kilib tayyorlanadi. Ishlatiladigan asbob-anjomlar usimlik yogida moylanadi.

Tayyor xamir xuddi kovuriladigan gumma uchun tayyorlangan xamirga uxshash ishlovdan utkaziladi. Xamirga «Obi nonTS shaklini berib urtasi teshiladi. Oshirib tayyorlangan xamir kup yogda kovuriladi. Tarkatishda ponchik ustidan shakar uni sepib beriladi.



Un 26,5, shakar 3, oshxona margarini 1,5, tuz 0,25. xamirturush 0,8, suv 15,5, shakar uni 3, asbob-anjomni moylashga yog 0,25, kovurish uchun yog 5. sof ogirligi 45 g + 3 g shakar uni.

Pechene

Pechene tayyorlash texnologik jarayoni quyidagilarni o’z ichiga oladi: Xom ashyoni tayyorlash: Xamir tayyorlash; xamirga shakl berish; pishirish; sovutish; pardozlash; joylash; qadoqlash; saqlash. Yumshoq pechene tayyorlash uchun 200 g sariyog’, 2 ta tuxum sarig’i, 2 osh qoshiq shakar, 2 stakan bug’doy uni olinadi. Tuxum sarig’ini shakar so’ng yog’ bilan aralashtiriladi, un va ozgina vanilin qo’shib xamir qoriladi. Qorilgan xamirdan pichoq yordamida turli shakllar kesib olinadi va gaz duxovkasida 2000C haroratda 10-15 daqiqa pishirib olinadi. Yumshoq pechene pishirishda gaz patnisiga yog’ surtilmaydi. Pechene pishgach maxsus pichoq bilan patnisdan olinadi. Ustiga vanilin qo’shilgan qand upasi
sepish mumkin. Quruq pechene. Tuxum sarig’i shakar va yog’ bilan aralashtiriladi, ozgina tuz, un va limon suvi qo’shib, xamir qoriladi. Xamir yupqa qilib 1-2 sm qalinlikda yoyiladi, yog’ surtilgan gaz patnisiga qo’yib, yarim tayyor bo’lguncha pishiriladi. Pechene xamiri uchun 1 stakan un, 100 g yog’, 1 dona tuxum sarig’i, 1osh qoshiq shakar, 1ta limon sharbati va tuz kerak bo’ladi. Tuxum oqi, shakar, maydalangan bodom mag’zi yoki yong’oq, shokolad past olovga qo’yib quyulguncha aralashtiriladi. Hosil bo’lgan massa yarim pishgan kulcha sirtiga surtilib singib pishishi uchun yana duxovkaga qo’yiladi. Tayyor mahsulotdan turli shaklda pechene kesib olinadi. Yong’oqli pechene. Tuxum sarig’i shakar va yong’oq mag’zini aralashtiriladi, un va tuxum oqi qo’shib xamir qoriladi. Namlangan taxtada xamirdan 3 sm keladigan uzunchok shakl hosil qilib, undan 1,5 sm keladigan dumalok pechenelar kesib olinadi va yog’ surtilgan patnisga terib chiqiladi. Har bir pechene yong’oq mag’zi bilan bezatiladi. Pechenening rganoleptik ko’rsat kichlariga: shakli, o’lchami, yuqori qismi rangi, ta'mi, mazasi va xidi kiradi. Uning shakli to’g’ri bo’lishi kerak (to’rtburchak, dumalok va x.k).

Download 175 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling