I bob. Zamburug’larning umumiy tavsifi


Download 351.59 Kb.
bet10/10
Sana09.02.2023
Hajmi351.59 Kb.
#1181650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
botanika

Parazit zamburugʻlar. Zamburugʻlar orasida parazit turlari ham juda ko'p. Ular o'simlik, hayvon va odamlarda turli yuqumli kasalliklarni kel- tirib chiqaradi. Ayniqsa, parazit zamburug'lar qishloq va o'rmon xo'jaligi- ga katta zarar yetkazadi.
Zang zamburug'i murakkab taraqqiyot davri ya'ni, har xil sporalar va oraliq xoʻjayinga ega boʻlishi bilan ajralib turadi. Bahorda zang zamburug'i oraliq xo'jayin hisoblangan zirk o'simligida rivojlanishni boshlaydi. Ke- yinchalik bug'doy o'simligida hayotini davom ettiradi. Butun yoz davom- ida parazit zamburug' sarg'ish-qizil (zang) rangdagi sporalar hosil qiladi. Ular bug'doy o'simligining poya va barglarini zararlaydi (16- rasm). Poyal va barglardagi dog'lar sporalardagi pigmentlarga bogʻliq bo'lib, temirdagi zang dog'ga o'xshab ketadi. Shuning uchun uni zang zamburugʻi deb yuri- tiladi. Zararlangan o'simlik boshoq hosil qilmaydi yoki donlari puch bo'lib qoladi. Parazit zamburugʻlar bilan kurashish ham ancha qiyin, chunki ularning yengil sporalari shamol yordamida tarqalib katta maydonlarni zararlaydi. Zang zamburugʻlariga qarshi kurashda eng qulay usul - ushbu
zamburug'larga chidamli yangi bug'doy navlarini yaratish hisoblanadi. Vertitsill. Oq palak - uning spora hosil qiluvchi bandlari halqasimon shoxlangan. Ushbu zamburug' turli o'simliklarning o'tkazuvchi to'qimal -larida parazit holda hayot kechiradi.
Zamburug' o'simliklarni oʻziga xos vilt yoki «vertitsillyoz deb atalgan. soʻlish kasalligiga chalintiradi. Kasal- likning asosiy belgisi, barg hujayralarida taranglik holatini yo'qotadi, ularda dastlab sarg'ish-jigarrang, so'ngra esa qo'ng'ir dog'lar paydo bo'ladi, bu uning barglarini ertato'kilishiga sabab bo'ladi.
Markaziy Osiyo sharoitida vilt kasalligi g'o'zaning ofatidir. Vilt gʻoʻza ildizi orqali o'tib, poyaning o'zagini zararlaydi va uning normal o'sishini buzadi. Vilt bilan zararlangan o'simlik ko'pincha nobud boʻladi yoki biror organi so'lib chiriydi. Kasallikka qarshi kurash choralari xoʻjaliklarda almashlab ekishni
to'g'ri yo'lga qo'yish, viltga chidamli yangi g'o'za navlarini yaratish, yerni
chuqur va sifatli shudgor qilish, mahalliy o'g'itlar solish va boshqalardir.

###
Download 351.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling