I bob. Zamburug’larning umumiy tavsifi


Download 351.59 Kb.
bet7/10
Sana09.02.2023
Hajmi351.59 Kb.
#1181650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
botanika

Gaustoriy. Fitopatogen zamburug’larning hujayralararo joylashgan ekzogen va endogen mitseliysi ko’pincha maxsus organ – gaustoriy (so’rg’ich) – hosil qiladi. U xo’jayin o’simlik hujayrasiga kiradi va undan ozuqa moddalarni so’radi. Gaustoriylar har xil shaklga, ayrim sistematik guruhlar turlari uchun esa bir xil va turg’un shaklga ega bo’lib, bu holda ular muayyan sistematik guruhlarning diagnostik belgilaridan biri sifatida qo’llaniladi.
ZAMBURUG’LARNING OZIQLANISHI
Fitopatogen zamburug’larning oziqlanishi, ularning parazitik ixtisoslashishi darajasiga bog’liq holda, o’simlikning tirik yoki o’lik hujayralari hisobiga amalga oshadi. Saprotrof tarzda yashash qobiliyatini saqlagan fakultativ parazitlar muayyan vaqt davomida ham o’simliklar, ham hayvonlarning o’lik organik moddalari hisobiga yashashi mumkin. Hujayralari ichidagi va tashqarisidagi osmotik bosim har xil bo’lishi yordamida zamburug’lar ozuqa moddalarni suvli eritma shaklida butun yuzasi bilan so’rib, oziqlanadi. Ular o’simlik to’qimalaridagi murakkab organik birikmalarni (oqsil, karbonsuv va h.) o’zlarining (ekzo) ferment sistemalari yordamida oddiyroq moddalarga aylantiradi. So’ngra boshqa (endo) fermentlar ushbu so’rilgan moddalardan zamburug’ tanasi uchun lozim bo’lgan yuqori molekulyar birikmalar sintezini kataliz qiladi. Ozuqa manbaalari. Zamburug’lar xemogeterotrof organizmlar bo’lib, ular energiya manbai sifatida kimyoviy moddalardan va karbonnning asosiy manbai sifatida organik moddalardan foydalanadi. Zamburug’ o’sishi va rivojlanishi uchun birinchi navbatda lozim bo’ladigan moddalar ro’yxatini hujayraning kimyoviy tarkibidan ko’rish mumkin. Hujayra umumiy massasining 80-90 foizi suvdir, shu sababdan muhitda suvning zamburug’ ishlata oladigan shakli bo’lishi shart. Hujayra quruq moddalari tarkibining asosiy qismini (95%) oltita element – C, N, P, S, H, O – tashkil etadi, bular organogenlar deb ataladi. Deyarli barcha organizmlar o’sishi uchun kam (0,3-1,0%) miqdorlarda bo’lsa ham, mikroelementlar – Fe, Mn, Mg, Cu, Cl, K, Ca, Zn va Na kerak bo’ladi.

Download 351.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling