I bob. Zamburug’larning umumiy tavsifi


Download 351.59 Kb.
bet5/10
Sana09.02.2023
Hajmi351.59 Kb.
#1181650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
botanika

Hujayra qobig’i. Zamburug’lar hujayralarining (ayrim tuban zamburug’larning zoosporalari va vegetativ tanasi istisno) polimer tuzilishga ega bo’lgan qattiq qobig’i mavjud va u bir, ikki yoki uch qatli bo’lishi mumkin. Bu qobiq hujayra devorchasi va hujayradan ajralib chiqadigan moddalardan tashkil topgan. Hujayra devorchasi qobiqning asosiy struktura yaratuvchi qismidir. U protoplastni o’rab turadi va vegetativ gifalar hamda sporalar hujayralariga o’ziga xos shakl beradi, hujayrani tashqi omillardan himoya qiladi va hujayra bilan substrat orasida modda almashinuvini ta’minlaydi.
Kimyoviy tarkibiga ko’ra hujayra qobig’i asosan karbonsuvlar, xitin kabi azotli birikmalar va yog’ moddalaridan tashkil topgan. Undagi karbonsuvlar tarkibi taksonomik ahamiyat kasb etadi. Hujayralarning qattiq qobig’i mavjudligi tufayli, zamburug’larning vegetativ gifalari va ko’payish organlari muayyan shakllarga ega. Aksariyat zamburug’larning (xitridio-, asko-, bazidio- va deyteromitsetlar) hujayra qobig’i tarkibida xitin va glyukan mavjud. Zigomitsetlarning xarakterli belgisi – xitozan mavjudligi va glyukan yo’qligidir. Oomitsetlarning hujayra devorchalarida tsellyuloza va glyukanlar mavjud. Zamburug’larning bu belgilari barqaror va ular ushbu organizmlarning sistematik maqomini aniqlashda diagnostik belgilar sifatida qo’llaniladi. Qobiq hujayraning ichki qismini atrof-muhitning salbiy ta’sirlaridan himoya qiladi va u orqali hujayra bilan substrat va hujayra bilan atrof-muhit orasida modda almashinuvi amalga oshiriladi.
Hujayra qobig’ining tuzilishi, tarkibi va xossalari zamburug’ turi va hujayralarning funktsiyalari bilan bog’liq. Ular hujayra yoshi, zamburug’ o’sish fazasi, oziqlanish sharoitlari va boshqa omillar bilan bog’liq holda o’zgaradi. YOsh hujayralarning qobiqlari odatda tor, rangsiz va strukturasi bo’yicha bir xil. Vaqt o’tishi bilan ular qalinlashishi, shilimshiq sintez qilishi yoki pigment hosil qilishi va tusini o’zgartirishi mumkin. Ko’p zamburug’larning hujayralari, ayniqsa sporalari qobig’ining tashqi qatlamlari kutinlashgan (mum va moy moddalari bilan to’yintirilgan), bu esa ularning tashqi muhitning noqulay omillariga bardoshliligini oshiradi. Ba’zi zamburug’lar hujayra qobig’ining tashqi qatlamlarida pigmentlari mavjud. Masalan, Dematiaceae oilasiga kiruvchi to’q tusli anamorf zamburug’larning nurlanish ekstremal sharoitlariga va nam yetishmasligiga o’ta chidamliligi ularda melanin pigmentlari mavjudligi bilan izohlanadi.
Membrana tuzilmalari. Hujayra qobig’ining ichki qismiga, hujayra ichki qismi (protoplast) ni o’rab turuvchi va hujayra hayot kechirishi jarayonida bir qator muhim funktsiyalarni bajaruvchi tsitoplazmatik membrana (plazmalemma) tutashadi. Plazmalemma yarimo’tkazuvchanlik xususiyatiga ega. U moddalar hujayraga kiritilishi va hujayradan chiqarilishini tartibga soluvchi osmotik to’siq bo’lib, hujayrada talab etilgan osmotik bosim mavjud bo’lishini va modda almashinuvini amalga oshiradi. Hujayra ichidagi suyuq muhitda (kolloid eritma - tsitoplazmada) fermentlar, aminokislotalar, karbonsuvlar, nuklein kislotalari va zahira moddalarning (glikogen, moy, volyutin) granulalari, kuchli rivojlangan ichki membranalar majmuasi (jumladan endoplazmatik retikulyum), ribosomalar, Goldji apparati, lizosomalar, mitoxondriylar va 1-30 ta yadro mavjud. Reproduktiv organlardagi yadrolar vegetativ hujayralardagidan kattaroq. Odatda yadroning diametri 2-3 mkm. Vegetativ gifalarda yadro asosan mitoz, jinsiy ko’payishda meyoz usuli bilan bo’linadi. Hujayraning alohida tuzilmalari ham yarimo’tkazuvchan membranalarga o’ralgan. Har xil sistematik guruhlarga mansub zamburug’lar hujayralarida, har xil rivojlanish fazalarida, yadrolarining soni bir xil bo’lmaydi: ular bittadan bir nechagacha bo’lishi mumkin. Zamburug’ hujayralaridagi asosiy zahira modda glikogen bo’lib, uning mayda dona (granula) lari tsitoplazmaning barcha qismlarida ravon, tarqoq holda joylashadi. Hujayrada modda almashinuvida katta rol o’ynaydigan metaxromatin (volyutin) ning katta miqdorlari mavjud bo’ladi. Zamburug’lar hujayralarida ko’pincha moy moddalari ham mavjud, ularga ayniqsa sporalar, meva tanachalari, sklerotsiylar, mitseliyning qarigan qismlari boy. Moylar tsitoplazmada mayda va tarqoq holda, ba’zan katta tomchilar shaklida joylashadi. Zamburug’ mitseliysi va tinim davridagi formalarining hujayralari tarkibida pigmentlar, organik kislotalar va ularning tuzlari, vitaminlar, terpenlar, fermentlar, toksinlar, smolalar va boshqa modddalar mavjud bo’lishi mumkin. Bu birikmalarning ba’zilari zahira modda rolini o’ynashi, modda almashinuvida ishtirok etishi, himoya vazifasini bajarishi va boshqa funktsiyalarni amalga oshirishda qatnashishi mumkin. SHunday qilib, zamburug’larning hujayralari yaxshi tashkil qilingan sistema bo’lib, ushbu organizmlar tashqi muhitning har xil muhitlarida hayotchanligini saqlashini ta’minlaydi. Zamburug’lar oziqlanishi mitseliyning barcha qismlarining yuzalari orqali amalga oshadi, bunda ularning ipsimon tuzilishi yuza maksimal darajada katta bo’lishini ta’minlaydi va zamburug’lar yashashi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratadi.

Download 351.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling