I bob. Zamburug’larning umumiy tavsifi


Zamburug'larning umumiy belgilari


Download 351.59 Kb.
bet3/10
Sana09.02.2023
Hajmi351.59 Kb.
#1181650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
botanika

Zamburug'larning umumiy belgilari. Zamburug'lar eukariotik, sporalar yordamida ko'payadigan, xlorofillga ega bo'lmagan, oziqlanish tipi bo'yicha geterotroflar bo'lib, ozuqa moddalarni substratdan tanasining butun yuzasi bilan so'rib oziqlanadigan, nojinsiy va jinsiy usul vositasida ko'payadigan, somatik (vegetativ) strukturalari odatda gifalar deb ataladigan ipsimon, shoxlangan, qobiq bilan o'ralgan hujayralardan tashkil topgan tuzilmalarga ega bo'lgan organizmlardir. Ammo keyingi davrlarda zamburug'larga berilgan bu tavsiflar yetarli emasligi maʼlum bo'ldi, chunki ilgari zamburug'lar deb hisoblangan bir qator organizmlar kelib chiqishi va ko'p boshqa belgilari bo'yicha bir-biriga yaqin emasligi aniqlandi. Bu organizmlarning barchasini biz ushbu qo'llanmada «Biokimyosi va fiziologiyasi, hujayralarining ultratuzilishi, hujayra qobig'ining tarkibi va tuzilishi, modda almashinuvi xarakteri va oziqlanish usuliga ko'ra zamburug'lar hayvonlar bilan o'simliklar orasidagi mavqeni egallaydi, chunki ularda ham hayvonlarga, ham o'simliklarga xos ayrim belgilar mavjud. Haqiqatan, hujayralari polyarligi, uchki (apikal) qismi chegaralanmagan miqdorda o'sa olishi, yaxshi shakllangan hujayra devorchalari va vakuolalari mavjudligi, vegetativ holatda harakatsiz bo'lishi zamburug'larga o'simliklar bilan o'xshashlik beradi. Ammo zamburug'larning hayvonlar bilan o'xshashlik belgilari ham bor. Bular - zamburug'larning geterotrof oziqlanishi, vitaminlarga ehtiyoji, azot almashinuvi jarayonida mochevina hosil bo'lishi va yig'ilishi, zahira ozuqa moddasi sifatida glikogen sintez qilinishi, ko'p turlarda xitin mavjudligi va b.
SHu bilan birga ba'zi belgilari – vegetativ tanasi mitseliydan iborat bo'lishi va osmotrof oziqlanishni ta'minlay olishi; o'ziga xos yadro tsikllari, getero- va dikarioz mavjudligi bilan zamburug'lar o'simliklardan ham, hayvonlardan ham farq qiladi. SHularni hisobga olgan holda ko'p olimlar zamburug'larni tirik organizmlarning Mycota (Fungi yoki Mycetes) nomli alohida olami sifatida ajratib chiqarish tarafdoridir.
Zamburug'lar o'simliklardan nafaqat geterotrof oziqlanish usuli, balki hujayralarining o'ziga xos tuzilishi bilan ham farq qiladi. Yuksak o'simliklar hujayra qobiqlari tsellyulozadan tashkil topishidan farqli o'laroq, aksariyat zamburug'larning hujayra qobiqlari xitin va gemitsellyulozadan iborat.

Download 351.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling