I bob. Zamburug’larning umumiy tavsifi


Download 351.59 Kb.
bet6/10
Sana09.02.2023
Hajmi351.59 Kb.
#1181650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
botanika

Mitseliy gifalariga radial joylashish xos. Masalan, ko’p yillik o’simliklarda so’lish qo’zg’atuvchi zamburug’larning mitseliysi ham radial yo’nalishda o’sadi, shu sababdan daraxtlar nobud bo’lishi doira shaklidagi maydonda kuzatiladi va bu doira yildan yilga kattalashadi. Gifalar doim apikal (uchki) qismi bilan uzunasiga o’sadi va ularning qalinligi cheklangan. SHuning uchun mitseliy iplarining diametri butun hayoti davomida taxminan bir xil o’lchamda – ko’p hollarda 1 va 10 (ba’zan 20 yoki ko’proq) mkm orasida – saqlanadi. Gifalar qalinligining barqarorligi zamburug’ turini aniqlashda diagnostik belgi sifatida qo’llaniladi. O’sish tezligi ozuqa moddalar gifa uchiga yetkazib berilishi bilan bog’liq va odatda soatiga 0,1-6,0 mm. Alohida gifaning uzunligi bir necha santimetrga yetishi mumkin. Mitseliy rivojlanishi muayyan harorat va namlikda spora (konidiya) o’sishidan boshlanadi. Oldin spora atrof-muhitdan namlik shimib, shishadi, keyin uning qobig’i yoriladi, bitta yoki bir nechta murtak (nish naycha) chiqaradi va ular o’sib, mitseliy hosil qiladi. Gifa o’sishi oldin spora ichidagi zahira moddalar hisobiga amalga oshadi, keyinchalik ozuqa substratdan so’riladi. Kuchli shoxlangan gifalar o’suv paytida bir-biriga tegadi va bunda ko’pincha ular orasida anastomozlar – gifalar bir-biri bilan qo’shilishini ta’minlovchi «ko’prikchalar» hosil bo’ladi.
Anastomozlar orqali gifalar ichidagi moddalari, jumladan yadrolari bilan ham, almashishadi. Zararlangan o’simlik va boshqa substratlar ustida joylashgan mitseliy havo mitseliysi (ekzogen mitseliy), substrat ichiga qarab o’sgan mitseliy esa substrat mitseliysi (endogen mitseliy) deb ataladi. Zararlangan o’simlik organlari ustida havo mitseliysi atrofiga qarab radial yo’nalishda o’sadi va gifalar hamda ko’payish organlaridan tashkil topgan har xil g’ubor, momiq qatlam, yupqa parda va hokazolarni paydo qiladi. Mitseliysi substrat ustida rivojlanadigan parazit zamburug’lar ektoparazitlar, deb ataladi. Ektoparazitlarning tipik vakillari – haqiqiy un-shudring zamburug’laridir. Mitseliysi o’simlik to’qimalari ichida (ya’ni endogen shaklida) rivojlanadigan zamburug’lar endoparazitlar, deb ataladi. O’z navbatida, endogen mitseliy hujayra ichida (intratsellyular) va hujayralar orasidagi bo’shliqda (hujayralararo, yoki intertsellyular) rivojlanadigan xillarga bo’linadi. Intratsellyular mitseliy to’qimalarda tarqalishida hujayralar ichiga ularning devorchasini teshib kiradi. Intratsellyular obligat parazitlar qatoriga har xil taksonomik guruhlarga mansub bo’lgan zamburug’lar, jumladan, Chytridiomycota bo’limidan Olpidium brassicae va Synchytrium endobioticum, intertsellyular fakultativ parazitlarga Botrytis va Cladosporium turkumlariga mansub turlar va boshqa anamorf zamburug’lar kiradi. Endoparazitlarning aksariyatida mitseliy hujayralar orasida tarqaladi. Bu tip yuqori darajada ixtisoslashgan obligat parazitlarga, misol uchun, zang zamburug’lari, Peronosporales tartibiga kiruvchi turlarga xos. Parazit zamburug’larning aksariyati, zararlanish joyidan faqat bir necha mm yoki sm masofaga tarqaluvchi lokal mitseliy hosil qiladi. Ammo ba’zi endoparazitlar, misol uchun, qorakuya zamburug’lari uchun, o’simlikning ayrim organlari yoki hatto butun o’simlikning barcha qismlariga tarqaluvchi diffuz mitseliy xarakterlidir.

Download 351.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling