I. Kirsh II. Asosiy qism


Qishloq xo‘jaligi melioratsiyasi turlari


Download 167.5 Kb.
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi167.5 Kb.
#1556150
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kuchli sho’rlangan yerlarni sholi ekish usuli bilan melioratsiya qilish.

Qishloq xo‘jaligi melioratsiyasi turlari. Qishloq xo‘jaligi melioratsiyasi nimaga belgilanganiga va ularni qanday amalga oshirish mumkinligiga ko‘ra turlarga bo'linadi:Belgilanganligiga ko'ra - sug'orish, zax qochirish, chuchuk- lashtirish va eroziyaga qarshi melioratsiyaga bo'linadi.
Sug'orish melioratsiyasining vazifasi tuproq namligini sun'iv oshirish yo‘li bilan uning hosildorligini ko'paytirishdir.
Zax gochirish melioratsiyasi esa - tuproqdagi ortiqcha nam- likni qochirib. uning havo, issiqlik va oziqlanish tartibini yax- shilashdir;
Chuchuklashtirish melioratsiyasi - tuproqdagi ortiqcha tuzl- arni ketkazib, ekinlar rivoji uchun qulav sharoit yaratib berishdir;
Eroziyaga qarshi melioratsiya - tuproqning yemirilishi va yuvilishining oldini olish.Yuqoridagi melioratsiya turlarini amalga oshirish bo'yicha qishloq xo'jaligi melioratsiyasi quyidagilarga bo'linadi:
1. Gidrotexnik melioratsiya
2. Agrotexnik melioratsiya
3. O'rmon melioratsiya
4. Kimyoviy melioratsiya
5. Madaniy-texnik melioratsiya.
Gidrotexnik melioratsiya. Bu maxsus qurilgan gidrotexnik inshootlar - (to'g'on. kanal, suv olish inshootlari va boshqalar) yordamida tuproqni sug'orish. zahini qochirish. tuz rejimini yaxshilash va har qanday emirilish. yuvilishlardan saqlash jara- yonlari bajariladi.
Agrotexnik melioratsiya, Bu agrotexnik usullar bilan o‘sim- liklar uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida tuproqning tabiiv sharoitini yaxshilashdir. Bularga: maxsus meliorativ yer haydashlar, tuproqning havo tartibini yaxshilashda naychalar hosil qilish. katta miqdorda bir marotaba o’g’it berish va boshqa agrotexnik ishlar kiradi. Ularning asosiy farqi (agrotexnikadan) shuki,ularko‘pyillardavomidao'ziningsamarasiniyo'qolmaydi.
О 'rmon melioratsiyasi. Tuproqni suv va shamol eroziyasidan saqlash uchun daraxtlar ekish. ular yordamida dalalarda qulay
mikroiqlim yaratish. shamol tezligi kamaytirish, daraxtlar ildizi yordamida kanallar qirg’oqlarini mustahkamlash va boshqalar bu turga kiradi.
Кimvoviv melioratsiva. Tuproq tarkibiga maxsus kimyoviy moddalar kiritib, uning kimyoviy xossaiarini o'zgartirish bilan shug'ullanadi.
Sho‘rtob yerlarni (солонцы) melioratsiya qilish, ya'ni tup- roqga undagi natriy ionini chiqarib tashlash qobiliyatiga ega boTgan moddalar, misol uchun gips kiritilganda uning xossalari yaxshilanadi. Tuproqning kislotaliligini pasaytirish uchun ohak qo‘shiladi va hokazo. Bunday moddalar - gips, ohak va boshqalar — kimyoviy meliorantlar deb ataladi.
Madaniy-texnik melioratsiva. Bunga tuproq ustki qatlamini shoh-shabbalardan tozalash, kichik tepalik va chuqurliklarni tekislash, haydaladigan qatlamdagi tosh va boshqa jismlarni yig‘ib olish va h. kiradi. Bu turga yana. tuproqlarga qum qo‘shish (qumlash) va qumli tuproqlarga og‘ir tarkibli tuproqlar qo‘shish (loylash) va boshqalar ham kiradi.
O'rta Osiyoning sug'oriladigan mintaqasidagi yerlar asosan sho'rlanishva botqoqlanish tufayli noqulay holatga keladi. Bizning Respublikamizda ham sho'rlangan tuproqlar kattagina maydonni egallaydi. Sho'rlaganyerlarda ekinmiqdorikamayishi, sifati yomonlashishi tufayli hosil kamayib ketadi. Shuning uchun ham. tuzning kelib chiqishi, tuz hosil bodishining asosiy manbalari haqidagi masalalar fan va qishloq xo'jaligi uchun katta nazariy va amaliv masalalardan iborat bodib qoldi.
Sho'rlangan tuproqlaming qay erda hosil bo'lishiva sho'r- lanish jarayoni geografiyasida quyidagi asosiy sikllar ma’lum (V. A. Kovda maTumotlari bo'yicha):Ouruqlikda sho 'r to 'planish sikllari. Materiklaming ichki qismlaridagi berk (suvi okeanga qo'shilmaydigan) o'lkalarda tuzlarning bir joydan ikkinchi joyga borib to'planishi.Dengiz vaqinida sho ‘r to ‘planish sikllari. Dengiz sohillarida va sayoz suvli qo' ltiq qirg' oqlarida dengiz suvlarining to ‘ planishi.Deltalarda sho > to 'planish sikllari Daryo va vodiy-delta grunt suvlarining quruqlikdan olib keladigan tuzlari hamda turli vaqtlarda dengiz tomonidan keladigan tuzlar (masalan: Amudaryo. Nil va boshqa yirik daryolarning deltalari).Materiklaming ichki qismlaridagi hududlarda tog' jinslarining nurashi va mineral!aming yemirilish jarayonlari tuzlarning to‘planishida asosiy manba hisoblanadi.Suv, shamol, harorat, biokimyoviy omillar ta’sirida tog‘ jins- lari va ularning tarkibidagi minerallar asta - sekin yemirila bo- radi. Oqibatda xlor va oltingugurt unsurlari ajralib chiqib keyin- chalik xlorid va sulfat tuzlarini hosil qiladi. Nurash jarayonida esa sulfat kislota (H,S04) hosil bo'ladi. Bu kislota tarkibida nat- riy, magniy yoki kalsiy bo'lgan minerallar bilan reaksiyaga kiri- shishi natijasida osongina oddiy sulfat tuzlarini hosil qiladi. Bir qancha mineral moddalarning tarkibida xlorid yoki sulfat tuzlari (NaCL, Na2S04) tayyor holda uchraydi. Shu tuzlar tog' jinslari nuraganda ajralib chiqadi.Tog' jinslarining nurashida karbonat angidrid (CO,) ham faol ishtirok qiladi. Suvda yaxshi eriydigan karbonat angidrid Na, K, Ca gidrosilikatlari bilan keng ko’lamda reaksiyaga kiri- shib, ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning bikarbonat va karbo- natlarini hosil qiladi.Tuzlar vulqon otilishi jarayonida ham paydo bo'ladi. Vulqon otilayotganda natriy xlorid (NaCl), xlorid kislota (HC1), gaz- simon xlor va turli sulfat oksidlari bevosita ajralib chiqadi. Shu
hirikmalarning barchasi (natriy xlorid bundan mustasno) jinslar biIan o‘zaro ta’sirida bo'lib. ulardan asoslarni siqib chiqaradi va oddiy xlorid yoki sulfat tuzlari hosil qiladi.Ko‘pgina hududlarda chuqur issiq buloqlar tuz hosil qiluvchi omil hisoblanadi. Bunday buloqlardan tuzlar ham gazlar ham ajralib chiqadi. Chunonchi, Vengriyada 500 - 1000 m chuqur- likdan chiqadigan issiq buloqlarning harorati 60 - 70° bo'lib, har litrida 4,5 grammga yaqin tuz bor.Tuz hosil bo'lishining yana bir manbai yeryuziga chiqib qolgan ffumbaz va shtok shaklida yer osti tosh tuzlaridir. Sho'rlangan tuproqli ko'pgina mintaqalarda. xususan: Kaspiy bo'yida, Turon past tekisliklarida, Volga orti (Rossiya)da va boshqa hududlarda shunday joylar uchraydi.
Markaziy Osiyo choTlarida yangi yoki qoldiq tuz qatlamlari uchraydi. Shu qatlamlarning qalinligi ba'zan bir necha o'nlab va yuzlab santimetrga boradi hamda ularning tarkibida 90 - 100% tuz boTadi. Bunday qatlamlar atrofdagi tuproqning sho'rlanishmanbai bo'lib ham hisoblanadi. Tuz hosil bo'lish va to‘planish jarayonlarida biokimyoviy omillarning ham ahamiyati kattadir.


Download 167.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling