33-DARS. Aldegidlar va ketonlarning fizikaviy hamda kimyoviy xossalari. Nukleofil birikish reaksiyalari.
Darsning maqsadi: O’quvchilarga aldegid va ketonlarning xossalari hamda nukleofil birikish reaksiyalari haqida dastlabki ilmiy tushunchalarni berish.
Dars rejasi:
Fizikaviy xossalari
Kimyoviy xossalari
Nukleofil o‘rin olish reaksiyasi mexanizmi
Darslikda 112-betda berilgan nazariy bilimlar asosida aldegidlarning xossalarini ketonlarning xossalari bilan solishtirb, berilgan reja asosida dars davom ettiriladi.
Aldegidlar uchun xos reaksiyalar «kumush ko‘zgu» reaksiyasi va mis (II)-oksid bilan oksidlanish reaksiyasi batafsil tushuntirilgandan so‘ng, aldegid va ketonlarning xossalari qiyosiy o‘rganiladi.
Aldegid va ketonlar karbonil guruhi qutblanuvchan xossaga ega:
Aldegid va ketonlarga turli moddalarning birikishi nukleofil birikish reaksiyasi mexanizmi asosida boradi.
Aldegid va ketonlarning kimyoviy xossalari haqidagi bilimlarni mustahkamlash maqsadida darslikdan 114-betdagi 6,7,8-savollarga javob topiladi hamda 115-betdagi 2,3,4-mashqlar yechiladi.
Uyga vazifa: Darslikdan 108-113 betlar
34-DARS. Aldegid va ketonlar xossalaridagi o‘xshashlik va farqlar. Aldegid va ketonlarning ishlatilishi.
Darsning maqsadi: O’quvchilarga aldegid va ketonlarning xossalari, olinishidagi o‘xshashlik hamda farqlarni tushuntirish.
Dars rejasi:
O’tilgan mavzulardagi o‘rgangan nazariy bilimlar asosida o‘quvchilarning mustaqil ishi.
Aldegid va ketonlarning ishlatilishi.
Darslikdagi 113-betda berilgan 10-sxemaga asosan mustaqil ish.
15 minutga mo‘ljallangan test topshiriqlari yechish.
Aldegid va ketonlarning ishlatilishi tushuntirilgandan so‘ng aldegidlar bobi yuzasidan 15 minutlik test topshiriqlari yechiladi.
Тest topshiriqlari
Molekulyar formulasi C5H10O bo‘lgan barcha aldegidlarni struktura formulalarini yozing va ular nechta?
a) 3 b) 4 c) 5 d) 6 e) 7
Molekulyar formulasi C5H10O bo‘lgan nechta keton bo‘lishi mumkin.
a) 3 b) 4 c) 5 d) 6 e) 7
Ikkilamchi butil spirtining oksidlanishi natijasida qanday birikma hosil bo‘ladi?
butanal
butan kislota
metiletilketon
metiletilefir
ikkilamchi butil spirti oksidlanmaydi.
Quyidagi o‘zgarishda 2,2 g etanol olish uchun necha g ohaktosh kerak?
CaCO3 CaO CaC2 C2H2 CH3CHO
a) 5 b ) 10 c ) 15 d) 20 e) 25
Metanalning 40% li eritmasi formalin deyiladi. 2 kg formalin tayyorlash uchun qancha metanal va suv ketgan?
a) 800;1200 b) 400;1600 c) 1000;1000 d) 1200;800 e) 1600;400
Do'stlaringiz bilan baham: |