I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma


-dars. Uglevodorodlar va spirtlar orasidagi genetik bog‘lanishga doir masalalar yechish


Download 0.6 Mb.
bet35/61
Sana25.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1719637
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
Bog'liq
10metqul

31-dars. Uglevodorodlar va spirtlar orasidagi genetik bog‘lanishga doir masalalar yechish.


Darsning maqsadi: O‘quvchilarga uglevodorodlarning asosiy sinflari va kislorodli organik birikmalar: spirtlar, ko‘p atomli spirtlar va fenollar mavzularidan olgan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.


Dars rejasi:

  1. Uglevodorodlar (alkanlar, sikloparafinlar, alkenlar, alkinlar, alkadiyenlar va aromatik) bilan kislorodli organik birikmalar (to‘yingan bir, ikki, uch atomli spirtlar, fenollar) orasidagi genetik bog‘lanishga doir nazariy masalalarni yechish.

  2. Hisoblashga doir masalalar yechish. (Darslikdan 104,105-betlar. 1-9 savollar, 1-3 masalalar )



Uyga vazifa: Uglevodorodlar va spirtlar orasidagi genetik bog‘lanishga doir nazariy masalalar yechish.


4. ALDEGIDLAR VA KETONLAR (32, 33, 34-darslar).

Aldegidlarni o‘rganishda o‘quvchilarga yana bir funksional guruh aldegid guruhidagi karbonil guruhi haqida ma’lumot beriladi. Uglevodorod radikali R-aldegid guruh bilan birikib aldegidlarni R-CHO, karbonil guruh ikkita radikal bilan birikib ketonlarni R-CO-R hosil qiladi.


Karbonil guruhda uglerod bilan kislorod atomlari orasida 1 ta - va 1 ta -bog‘ni hosil bo‘lishi bilan elektronlarning nisbatan elektromanfiy atomga tomon siljigan holda bo‘lishi tushuntiriladi.


32-DARS. Aldegidlar va ketonlar molekulasining tuzilishi. Gomologik qatori. Funksional guruh. Izomeriyasi. Nomlanishi va olinishi.


Darsning maqsadi: O’quvchilarga aldegidlar va ketonlar haqida ilmiy tushunchalar berish. Aldegidlar va ketonlarning o‘xshash va farq qiluvchi tomonlari tushuntiriladi.


Dars rejasi:

  1. Formaldegid molekulasining tuzilishi.

  2. Aldegid va ketonlar molekulasining tuzilishidagi o‘xshashlik va farqlar.

  3. Karbonil funksional guruhi haqida tushuncha

  4. Gomologik qatori

  5. Izomeriyasi

  6. Nomlanishi

  7. Olinishi

Dars quyidagi masalani yechish va taxlil qilishdan boshlanadi.


3,75 g formaldegid yondirilganda 2,25 g suv va 5,5 g uglerod (IV)-oksid hosil bo‘lgan. Formaldegid bug‘ining vodorodga nisbatan zichligi 15 ga teng. Formaldegidning tuzilish formulasini aniqlang?


Yechish:

  1. 5,5 g uglerod (IV)-oksidda qancha uglerod bor?

  2. 2,25 g suvda qancha vodorod bor?

  3. 3,75 g formaldegidda (1,75 g C va 0,25 g H bo‘ladi) necha g kislorod bor?

m(o)3,75-1,5-0,252 g

  1. Formaldegidni oddiy formulasini topish

, demak: CH2O
b) vodorodga nisbatan zichligi 15 ekanligini bilgan holda: M(formal)21530 gmol
ham30 gmol
Formaldegid uchun molekulyar formula CH2O ekan, uning tuzilishi bo‘lishi kerak.
Aldegidlarning birinchi vakili chumoli aldegid (formaldegid), ketonlarning birinchi vakili esa dimetil keton (atseton) bo‘lib hisoblanadi.
Shundan so‘ng ularning gomologik qatori va izomeriyasi, nomlanishini tushuntirib navbatdagi darsga o‘tiladi. (Darslikdan 108-111 betlar)
Aldegidlar va ketonlar bir necha usullar bilan olinadi.
Jumladan: atsetilen qatori uglevodorodlarni simob tuzlari ishtirokida gidratlab olinadi.
Atsetilenni gidratlab etanal olinadi:

HCCHHOH  [CH2CHOH]  CH3-CHO (HgSO4 ishtirokida)


Atsetilen qatori uglevodorodlarning keyingi vakillaridan Kucherov reaksiyasi natijasida ketonlar hosil bo‘ladi.


CH3-CCHHOH  [CH3CH(OH)CH2]  CH3-CO-CH3 (HgSO4 ishtirokida)


Тo‘yinmagan bog‘ning yonidagi uglerod atomi –OH guruhni saqlamaydi, u qayta guruhlanib aldegid yoki ketonni hosil qiladi.





Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling