Uyga vazifa: Darslikdan 114,115-betlar. 11-14 savollar, 1-masala
5. KARBON KISLOTALAR (35,36,37,38-darslar)
35-DARS. Karbon kislotalar. Тo‘yingan bir asosli karbon kislotalar. Тuzilishi. Gomologik qatori. Nomenklaturasi.
Darsning maqsadi: O’quvchilarga karbon kislotalar haqida umumiy tushunchalar, noorganik kislotalarga o‘xshash va farq tomonlarini tushuntirish bilan, bir atomli to‘yingan karbon kislotalarni tuzilishi gomologik qatori va o‘qilishi haqida ilmiy tushunchalar berish.
Darsni quyidagi reja asosida tashkil etish maqsadga muvofiq:
Noorganik kimyo kursida o‘rganilgan kislotalar haqida o‘quvchilar bilan munozara.
Karbon kislotalar uchun xos bo‘lgan funksional guruh.
Karbon kislotalarning sinflanishi.
Bir asosli to‘yingan karbon kislotalar. Gomologik qatori.
Izomeriyasi.
Nomenklaturasi.
Dars o‘quvchilarning kislotalar haqidagi mavjud bilimlari asosida munozara va darsliklar yordamida mustaqil ish shaklida tashkil etilsa yaxshi natija beradi.
Munozara uchun savollar.
Qanday noorganik kislotalarni bilasiz?
Barcha kislotalar uchun umumiy bo‘lgan qanday xossalarni bilasiz?
Barcha karbon kislotalarda albatta bo‘lishi zarur bo‘lgan karboksil guruh haqida tushuncha berilgandan so‘ng, karbon kislotalarni sinflarga bo‘lib chiqiladi.
Karbon kislotalarning sinflari
Bir asosli to‘yingan karbon kislotalar.
Ikki asosli to‘yingan karbon kislotalar.
Bir asosli to‘yinmagan karbon kislotalar.
Oksikislotalar
Aromatik kislotalar
Тo‘yingan bir asosli karbon kislotalarning tuzilishi tushuntirilgandan so‘ng, darslikdagi 12-jadval (117-bet) asosida gomologik qatori, izomeriyasi va nomlanishi tushuntiriladi.
Uyga vazifa: Darslikdagi 126-bet. 1-4 savollar.
Do'stlaringiz bilan baham: |