I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma


Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi


Download 0.6 Mb.
bet40/61
Sana25.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1719637
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61
Bog'liq
10metqul

Dars quyidagi reja asosida tashkil etiladi:

  1. Aromatik kislotalar tuzilishi va xossalari

  2. Organik kislotalardan konservativ sifatida foydalanish.

  3. Uglevodorodlar, spirtlar, aldegid va organik kislotalar orasida genetik bog‘lanish.



Aromatik kislotalar.
Karboksil guruhi bevosita benzol yadrosi bilan birikkan moddalar aromatik karbon kislotalar deb ataladi.

Aromatik kislotalar alkilbenzollarni oksidlash yo‘li bilan olinadi.


A romatik kislotalarning kislotalilik xossasi mineral kislotalardan kuchsiz, bir asosli karbon kislotalardan kuchli. Ishqorlar, asoslar, kuchsiz mineral kislotalarning tuzlari (mn: Na2CO3) bilan reaksiyaga kirishib, tuzlar hosil qiladi.
Organik birikmalarning sinflari orasidagi genetik bog‘lanishni turli tipdagi mashqlar ishlash yo‘li bilan o‘quvchilarga tushuntirish mumkin.

  1. Ohaktoshdan zarur reaktivlardan foydalanib, benzoy kislotasi olish uchun zarur reaksiyalarning tenglamalarini yozing.

  2. Uglevodorodlar, spirtlar, aldegidlar va karbon kislotalar orasidagi genetik bog‘lanishni ifoda etuvchi sxema tuzing.



Uyga vazifa. Darslikdan VIII bob yuzasidan tayyorgarlik ko‘rish.


6. MURAKKAB EFIRLAR. YOG‘LAR (39,40,41-darslar).


39-DARS. Murakkab efirlar. Тuzilishi. Nomlanishi. Тabiatda tarqalishi. Olinishi. Fizik va kimyoviy xossalari. Ishlatilishi.


Darsning maqsadi: O‘quvchilarga tabiatda keng tarqalgan xushbo‘y hidli moddalar-murakkab efirlar haqida, ularni tuzilishi, nomlanishi, olinishi va fizikaviy va kimyoviy xossalari haqida ilmiy tushunchalar berish.


Dars rejasi:

  1. Murakkab efirlar.

  2. Nomenklaturasi.

  3. Тabiatda uchrashi.

  4. Olinishi.

  5. Fizikaviy xossalari.

  6. Kimyoviy xossalari.

  7. Ishlatilishi.

M
urakkab efirlar kislotalar bilan spirtlarning o‘zaro ta’sirlashuvidan hosil bo‘lgan moddalardir.


Murakkab efirlar hosil bo‘lish reaksiyasini o‘rganish jarayonida nishonlangan atomlar (kislorod izotoplari) qo‘llab, –OH guruh kislotadan o‘tishi aniqlanganini o‘quvchilarga tushuntirish kerak.
Dars yakunida quyidagi savollarga javob topish tavsiya etiladi.

  1. Ohaktoshdan foydalanib etilatsetat olishga imkon beruvchi reaksiya tenglamalarini yozing.

  2. Non hidini beruvchi sirka kislotaning izoamil efiri, xrizantema hidini beruvchi chumoli kislotaning benzil efirini hosil bo‘lish reaksiyalarini yozing.

  3. C6H12O2 formulaga mos keluvchi murakkab efirlarning formulalarini yozing.

  4. C3H6O2 formulaga mos keluvchi barcha murakkab efirlarni nomlang.




Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling