39
Non(i)ni halollamoq iborasi lug`atlarda ko`rsatilmagan.
“Topgan pulini,
yoki birovdan ko`rgan yordami evaziga mehnati bilan javob qaytarish” kabi
ma’nolarni bildiradi. Birikmaga teng, fe’lli birikma.
Non yemaslik – ushbu frazema lug`atlarda keltirilmagan. Badiiy mantda
kuzatiladi.
Anvar ikki muftining g`iybatlarini yaxshi bilsa ham, Abdurahmonning
bu g`iybatida ishtiroki borligini sezmas edi. Faqat yaqindan beri Sultonali mirzo
Abdurahmonning bunda ishtiroki borligiga voqif bo`ldi. Hatto shu to`g`rida
Anvarga ba’zi so`zlarni ham aytdi. “Mulla Abdurahmondan non yemaymiz, sizga
qarshi qattiq quturgan ikki itimiz bor edi, endi uchinchisini o`zingiz keltirganga
o`xshaysiz…”. (А.Қодирий, Меҳробдан чаён, 146-б.)
Yuqoridagilardan tashqari, badiiy matnlarda non uzvli frazeologizmlarni
kuzatish mumkin:
Valixon so`fi dadamdan bir-ikki kun arazlab yurdi-yu, oradan o`tgan gap
tarqalib ketsa maktabdorlik nonidan benasib bo`lishdan qo`rqdi shekilli, bir kuni
do`konga keldi. (А.Қаҳҳор, Ўтмишдан эртаклар, 92-б.)
Sizning yo`rig`ingiz boshqa. O`zingiz yaxshi ko`rib, o`qib kelyapsiz. Sizga
o`xshaganlar ko`paysa mendaqalarga non qolmaydi. (Т. Малик, Шайтанат, 4-
жилд, 161-б.)
Bir sidra kiyim-kechak, kunlik yeyish uchun bir burda noni bilan odamning
baxtli bo`lishi mumkinmi? (Т.Малик, Шайтанат, 4-жилд, 334-б.)
Shu gapingga noma’qulni nonini yebsan! Olib tush pastga! (Т. Мурод,
Отамдан қолган далалар, 195-б.)
Kunjara bersam, yemasa nima qilayin? Zog`ora non otliqqa yo`q bo`lsa,
nima qilayin? (Т. Мурод, Бу дунёда ўлиб бўлмайди, 283-б.)
Do'stlaringiz bilan baham: