Ii-bob. Jismoniy tarbiya yo‘nalishidagi ta’lim muassasalarining suzish mashg‘ulotlari jarayonida 14-15 yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini shakllantirishning texnologik asoslari
-jadval 14-15 yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini shakllantirish strukturasi
Download 136.66 Kb.
|
2-bob suzish
4-jadval
14-15 yoshdagi o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini shakllantirish strukturasi
Biz intellektual tayyorgarlikni inson haqidagi tabiiy-ilmiy bilimlar, jismoniy tarbiya nazariyasi va jismoniy tayyorgarlik nazariyasi asoslarini bilish, qobiliyatlari va psixologik xususiyatlari, o‘z jismoniy bilimlarini o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli nazariy va amaliy bilimlarni o‘z ichiga olgan tarkibiy qism sifatida ko‘rib chiqamiz. Psixologik tayyorgarlik - bu shaxsning o‘z ustida maqsadli va tizimli ishlashi uchun zarur bo‘lgan shunday ruhiy sifatlarni o‘z ichiga olgan holat. Bular jismoniy tarbiya sohasidagi ehtiyojlar, motivlar, qiziqishlar, o‘z-o‘zini jismoniy takomillashtirish ustida ishlash zarurligiga ishonchdir. Faoliyatga tayyorlik bilim va ko‘nikmalar, motivlar va e’tiqodlarning jismoniy o‘zini o‘zi tarbiyalash amaliyotida uyg‘unligini, maqsad qo‘yish, o‘zini o‘zi qadrlash, o‘ziga ta’sir qilish qobiliyatini, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini nazorat qilish va rag‘batlantirish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Biz jismoniy tayyorgarlikni shaxsning holati, shu jumladan bolaning bilimga va jismoniy rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan qadriyat sifatlarining (vatanparvarlik, halollik, olijanoblik, vijdonlilik, sportga bo‘lgan fidoyilik, jamoaviylik, hamrohlik) mavjudligi sifatida qaraladi. Shuni ta’kidlash kerakki, biz ko‘rib chiqayotgan jismoniy tayyorgarlikning tarkibiy qismlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Intellektual, psixologik, jismoniy faollik va ma’naviy-axloqiy tarkibiy qismlarning faoliyat ko‘rsatishi va o‘zaro ta’siri sharoyitida shaxsning jismoniy tayyorgarligini shakllantirish amalga oshiriladi va bu faoliyat amaliy tarzda bajariladi. 14-15 yoshli o‘quvchilarning suzish jarayonida jismoniy tayyorligini shakllantirish uchun shart-sharoyitlarni ta’minlash uchun o‘quv jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, yuqoridagi komponentlarning barcha tarkibiy qismlari ularning tarkibiga kirishi, uning mazmunida integrativ munosabatlar mavjud bo‘lishi kerak. Bolalar va o‘smirlar sport maktabida an’anaviy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari sharoyitida suzish bo‘yicha o‘quv guruhlariga jalb etilganlarning jismoniy tayyorgarlik holatini aniqlash uchun E.D. Pushkarev tomonidan ishlab chiqilgan ko‘rsatkichlar, mezonlar va mezonlarni aniqlash modeli [122:7] va A.I. Visotskiyning ishlab chiqgan jismoniy tayyorgarlik komponentlari darajalari va psixologik-pedagogik tadqiqot usuli asos qilib olindi [40:297]. Tayyorgarlik holatini boshqarishga yo‘naltirish uchun har bir komponentning yuqori, o‘rta va past rivojlanish darajalari olindi. Shu maqsadda tegishli ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan. Download 136.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling