Ii bob: omonatdorlik
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Axloq qissalari (2) OMONATDORLIK
***
Ko‘milgan oltin Bir kishi odamlarning biridan uy sotib olib unda yashay boshladi. Kunlardan bir kun uyida chuqur qazigan edi oltinga to‘la ko‘za topib oldi. Bundan hayratlanib, boshi qotdi. O‘ziga o‘zi: «Endi bunday katta xazinani nima qilaman?» – dedi. Shu onda uyni sotgan kishini esladi. Qo‘lidagi ko‘za bilan oldiga shoshilib bordi. Unga: «Ey birodar, bu ko‘zani menga sotgan uyingizdan topib oldim» – dedi. Haligi kishi: «Men sizga uyni ichidagi narsalari bilan birga sotganman. Bu oltin ham sizning haqingiz» – dedi. Ular uchinchi odam oldilaridan o‘tgunga qadar bahslashib turaverdilar. Keyin u odamdan ikkalasi 3 Axloq qissalari قﻼﺧﻷا ﰲ ﺺﺼﻗ o‘rtasida hukm chiqarishini so‘rashdi. U: «Sizlarning farzandlaringiz bormi?» – dedi. Birinchi odam o‘g‘li, ikkinchisi esa qizi borligini aytdi. Haligi kishi ularga farzandlarini nikohlab, mana shu oltindan ularga berishlarini taklif qildi. Ular bunga rozi bo‘lishdi va bir-birlariga rahmat aytishdi. Bu qissa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarga rivoyat qilib bergan hadisi shariflaridan biridir. *** Noyob omonat Bir savdogar bir qancha ishchilarni qo‘l ostida ishlashi uchun yolladi. Ular ishlarini tugatach savdogar har biriga haqlarini berdi, ammo bir odam o‘z haqini olmasdan ketib qoldi. Savdogar uning haqini olib foydalandi, natijada juda ko‘p mollarga ega bo‘ldi. Bir muddat o‘tgach haligi kishi kelib, haqini talab qildi. Shunda savdogar tuya, mol va qo‘ylardan iborat podaga ishora qilib: «Bularning hammasi seniki» – dedi. Haligi kishi ularni olib, xursand holda qaytib ketdi. Kunlarning birida haligi savdogar ikkita do‘sti bilan safar qilib, sahroga bordi. So‘ng ular dam olish uchun bir g‘orga kirdilar. Shunda 4 Axloq qissalari قﻼﺧﻷا ﰲ ﺺﺼﻗ birdan xarsangtosh tushib, g‘orning og‘zini berkitib qo‘ydi. Ular g‘ordan chiqa olmay qattiq g‘amga botdilar. Shu payt ularning biri barcha o‘zining eng afzal amali bilan Allohga duo qilishni maslahat berdi. Savdogarning ikki do‘sti o‘zining eng yaxshi amallari bilan duo qilishgan edi, xarsangtosh biroz yorildi, lekin baribir g‘ordan chiqib keta olmadilar. Savdogarning navbati kelganda, u haligi haqdor kishiga qilgan ishini eslab duo qildi. Shunda g‘or og‘zi ochilib, ular chiqib ketdilar. Bu qissa ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarga hikoya qilib bergan hadisi shariflaridandir. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling