Ii bob: omonatdorlik
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Axloq qissalari (2) OMONATDORLIK
***
Omonatdor cho‘pon Abdulloh ibn Umar ibn Xattob roziyallohu anhumo hamrohlarining biri bilan safarga chiqdi. Charchaganlarida tog‘ning etagiga borib dam olish uchun o‘tirdilar. Shunda oldilaridan bir cho‘pon o‘tib qoldi. Abdulloh ibn Umar undan: «Bu qo‘ylarni sen boqasanmi?» – deb so‘radi. Haligi cho‘pon: «Ha» – deb javob berdi. Abdulloh: «Qo‘ylaringdan birini menga sot», deganida u: «Bu qo’ylar mening mulkim emas, ularni xo‘jayinim uchun boqaman» – dedi. Abdulloh ibn Umar uning omonatdorligini sinash uchun: «Xo‘jayiningga bo‘ri yeb ketdi, deb ayt» – degan edi, u: «Ey odam, agar 5 Axloq qissalari قﻼﺧﻷا ﰲ ﺺﺼﻗ xo‘jayinim ko‘rmayotgani uchun shunday desam, meni ko‘rib turgan Allohga qiyomat kuni u haqida so‘ragan chog‘da nima deyman?» – deb aytdi. Buni eshitgan Abdulloh roziyallohu anhu ajablandi va Allohdan qo‘rqib yig‘lab yubordi. So‘ng cho‘ponning qul ekanini bilib, tezda uning egasining oldiga bordi. Uni sotib olib, ozod qildi. Qo‘ylarni ham sotib oldi va cho‘ponga omonati tufayli mukofot o‘laroq berdi. *** Sut sotuvchi ayol Kechalarning birida mo‘minlarning amiri Umar ibn Xattob roziyallohu anhu xodimi Aslam bilan birga tashqariga chiqdi. Insonlarning holatidan xabar olib ko‘ngli xotirjam bo‘lishi uchun shahar ko‘chalarida aylana boshladi. Biroz vaqtdan so‘ng, ko‘p yurganlaridan toliqib, uylardan birining devori yonida dam olib o‘tirishdi. Shunda uyning ichidan bir keksa ayolning ovozini eshitdi. U qiziga sutni suv bilan aralashtirishni buyurayotgan edi. Qiz onasiga: «Mo‘minlarning amiri sutga suvni aralashtirishdan qaytargan, buni insonlarga yetkazish uchun bir jarchini ham yuborgan- ku!» – dedi. Onasi o‘z talabida qattiq turib olib, qiziga dedi: «Umar hozir qayerda?! U bizni ko‘rmayapti». Shunda omonatdor mo‘mina qiz javob 6 Axloq qissalari قﻼﺧﻷا ﰲ ﺺﺼﻗ berdi: «Mo‘minlar amiriga odamlarning oldida itoat qilib, yolg‘iz qolganimizda osiylik qilamizmi?!». Mo‘minlar amiri bu qizning aytgan gaplaridan xursand bo‘lib, iymoni va omonatdorligiga qoyil qoldi. Tong otgach, qiz haqida surishtirdi. U Sufyon ibn Abdulloh Saqafiyning qizi bo‘lib, hali turmush qurmagan ekan. Umar uni o‘g‘li Osimga unashtirib qo‘ydi. Alloh taolo u ikkisiga baraka berib, zurriyotlaridan odil xalifa Umar ibn Abdulazizni chiqardi. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling