Ii bob: omonatdorlik
*** Olovdan bo‘lgan libos
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Axloq qissalari (2) OMONATDORLIK
***
Olovdan bo‘lgan libos Xaybar g‘azotidan keyin musulmonlar «Quro vodiysi» deb ataladigan joyga borib yuklarini qo‘ydilar. Tuyalari ustidan narsalarini tushirib, joy hozirlay boshladilar. 11 Axloq qissalari قﻼﺧﻷا ﰲ ﺺﺼﻗ Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Mid’am ismli xizmatchilari bo‘lib, u zotning yuklarini tushirish uchun bordi. Shu payt mushriklardan biri unga o‘q uzgan edi, o‘sha zahoti joni uzildi. Odamlar: «Jannat unga muborak bo’lsin!» – deyishdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularga: «Yo‘q, jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, u Xaybar kuni o‘ljalar taqsimlanishidan oldin olgan shamlasi (odamlar yopinchiq qilib to‘qib oladigan kiyim) hali do‘zaxda uning ustida olov bo‘lib yonadi» – deb aytdilar. Shunday qilib Nabiy sollallohu alayhi vasallam sahobalariga haligi kishining taqsimlanmay turib musulmonlarning o‘ljalari orasidan bir kiyimni olgani uchun do’zaxda azoblanishini xabar qildilar. Musulmonlar buni eshitgach, o‘zlariga qayg‘urib do‘zaxdan qo‘rqdilar. Ularning har birlari o‘ljalardan bo‘lgan biror narsa yo‘qmikan deb yuklarini tekshira boshladilar. Shunda bir kishi bitta yoki ikkita etik bog‘ichini olib keldi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam esa: «Olovli bog‘ich, (yoki olovli ikkita bog‘ich)» – dedilar. *** Kelishuv Kechalarning birida bir necha qabilaning o‘tkir qilich ko‘tarib olgan baquvvat kishilari bir joyda to‘planib, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning uylariga bildirmay borish-da, eshik oldida to‘xtashdi. Ular hammalari bir 12 Axloq qissalari قﻼﺧﻷا ﰲ ﺺﺼﻗ varakayiga qilich bilan zarba berib Nabiy sollallohu alayhi vasallamni o‘ldirishga qaror qilishgan edi. Alloh taolo Nabiy sollallohu alayhi vasallamga ularning bu kelishuvlarini bildirib, Makkani tark etishga va Yasribga hijrat qilishga buyurdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamda Makka ahlining bir talay omonatlari va mollari bor edi. U zot hijrat qilishga qaror qilgach, amakilarining o‘g‘li bo‘lmish Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan to‘shaklarida uxlashni va mollarni egalariga topshirishni buyurdilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bu ishlari bilan keyingi musulmonlar iqtido qilishlari uchun bizlarga omonatda go‘zal namuna ko‘rsatdilar. Kofir va mushriklarning ozor-u sitamlari u zotning ulardan o‘ch olib mol- mulklarini olib qo‘yishlariga sabab bo‘lmadi. Aksincha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam berilgan bu pullarni o‘z egalariga qaytarish zarur bo‘lgan bo‘yinlaridagi omonat deb bildilar. Holbuki, bu kimsalar u zotning sahobalariga qattiq ozor berib kelgan edilar. Shu bois Nabiya alayhissalomni mushriklarning o‘zlari «Ishonchli Muhammad» deb ataganlari hech ham hayratlanarli emas! Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling