Ii bob: omonatdorlik
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Axloq qissalari (2) OMONATDORLIK
2023 II BOB: OMONATDORLIK Axloq qissalari قﻼﺧﻷا ﰲ ﺺﺼﻗ II BOB: OMONATDORLIK HAQIDA HIKOYALAR Kuchli va omonatdor kimsa Issiq kunlarning birida Usmon ibn Affon roziyallohu anhu shahar tashqarisida xizmatkori bilan soyada o‘tirar edi. Uzoqdan ikkita tuya haydab kelayotgan bir odamni ko‘rib: «Bu kishini shunday issiq kunda (tashqariga) chiqargan narsa nima, nega havoning sovushini kutmagan ekan?!» – deb hayron bo‘ldi. Haligi odam yaqinlashgach uning mo‘minlar amiri Umar ibn Xattob ekanini bildi. U zotga peshvoz chiqish uchun oldilariga bormoqchi edi, biroq jazirama issiqqa chiday olmay soyaga qaytdi. Umar ibn Xattob ularning oldiga kelganda u kishidan: «Bu vaqtda sizni tashqariga nima olib chiqdi?» – deb so‘radi. Shunda Umar: «Sadaqa qilingan tuyalardan ikkitasi yo‘qolib qolgan edi, ular zoye bo‘lib, Alloh qiyomat kuni mendan ular haqida so‘rashidan qo‘rqdim. Keyin esa ularni qidirib topdim. Men bu ikkisini qo‘riqxonaga qaytarishni istadim» – dedi. Usmon ibn Affon: «Ey mo‘minlarning amiri, keling, bu ishni qilishga boshqa odamni jo‘natamiz» – deb aytdi. Ammo mo‘minlarning amiri bunga ko‘nmadi va ikkita tuyani qo‘riqxonagacha haydab bordi. 1 Axloq qissalari قﻼﺧﻷا ﰲ ﺺﺼﻗ Usmon roziyallohu anhu: «Kim kuchli va omonatdor insonga nazar tashlashni xohlasa mana shu kishiga qarasin» – deb mo’minlar amiri Umar roziyallohu anhuga ishora qildi. *** Ulov va yog‘och Bir tijoratchi savdo-sotiq maqsadida sayohat qilimoqchi bo‘ldi. Ammo uning mol-mulki kam edi. Bir insonning oldiga borib undan ming dinor berib turishini so‘radi. Haligi odam tojir o‘zi bilan birga guvoh va kafil olib kelish sharti bilan bunga rozi bo‘lib: «Xo‘p» – dedi. So‘ngra unga pulni berdi va ikkalasi qarzni to‘lash uchun bir vaqtga kelishib olishdi. Tojir o‘zi istagan shaharga borib savdo-sotiq qildi va juda ko‘p foyda ko‘rdi. Kelishilgan vaqt yaqinlashganda qirg‘oqqa borib ortiga qaytish uchun kema qidirdi, lekin topa olmadi. Shunda atrofiga boqdi. Bir yog‘ochni ko‘rib, uni oldi-da teshik ochdi. Ming dinorni solib, yoniga pul egasi uchun xat qo‘ydi. So‘ng mato bilan yaxshilab mahkamlab, yog‘ochni dengizga uloqtirdi. Allohni guvoh va kafil bo‘lishiga rozi bo‘lgan qarz egasiga pulni yetib borishini so‘rab U Zotga duo qildi. To‘lqinlar yo‘gochni tojirning ko‘zidan g‘oyib bo‘lguncha uzoqlarga olib ketdi. 2 Axloq qissalari قﻼﺧﻷا ﰲ ﺺﺼﻗ Qarzni qaytarish uchun kelishilgan vaqt kelganda pul egasi sohilga chiqib tojirni kutdi, lekin u kelmadi. Qaytayotganida suvda yog‘ochni ko‘rib qolib, uni o‘tin qilish uchun oldi. Uyiga qaytgach yog‘ochni bo‘lish uchun arrasini tayyorladi. Shunda uning ichidan pul bilan xat topdi. Allohga hamd aytdi. Biroz o‘tib, tijoratchi qaytib keldi. Haligi kishining oldiga borib, undan uzr so‘radi va ming dinorni berdi. Lekin u tojirdan pulni olmay aytdi-ki: «Alloh yog‘ochda menga jo‘natgan narsangni saqladi. Alloh seni yaxshilik bilan mukofotlasin, ey omonatdor kishi!» Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling