Ii bob: omonatdorlik
Izoh: Bu qissadagi «taom»dan murod bug‘doy yoki arpa kabi ozuqa mahsuloti. ***
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Axloq qissalari (2) OMONATDORLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qimmat kiyim
Izoh: Bu qissadagi «taom»dan murod bug‘doy yoki arpa kabi ozuqa mahsuloti.
*** Molning pokligi Abu Hanifa No‘mon roziyallohu anhuning tijorat ishlarini boshqaradigan sherigi bor edi. Kunlarning birida Abu Hanifa sherigini bozorda mollarini sotish uchun yubordi. Ularning orasida nuqsoni bor bir kiyim ham bo‘lib, uni sotib olmoqchi bo‘lgan kishiga kamchiligini aytib sotishini, agar kamchiligiga rozi bo‘lsa sotishini, bo’lmasa qaytarib olishini aytdilar. U bozorga borib, mollarning hammasini sotib yubordi, lekin haligi kiyimning aybini xaridorga aytishni unutdi. Sotuvchi uni eslagach, bozorda o‘sha kiyimni xarid qilgan odamni qidirdi, biroq uni topa olmadi. Abu Hanifaning oldiga borib, bo‘lgan voqeani aytib berdi. Shunda Abu Hanifa moliga harom shubhasi kirib qolmasin deya savdoda tushgan pulning hammasini sadaqa qilishga qaror qildi. 9 Axloq qissalari قﻼﺧﻷا ﰲ ﺺﺼﻗ Shunday qilib tijoratida omonatdorlik va halol foydaga intilgan savdogar uchun Abu Hanifa o‘rnak bo‘lib qoldi. *** Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sirlari Anas ibn Molik roziyallohu anhu yoshligida Madina bolalari bilan o‘ynab yurar edi. Kunlarning birida Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularning oldilaridan o‘tdilar va bolalarga salom berdilar. Keyin Anasni bir ish uchun yubordilar. Anas Nabiy sollallohu alayhi vasallamga xizmat qilar edi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan ishni bitirib, uyga kech qaytdi. Onasi undan nega kech qolganini so‘radi. Anas: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni bir ish uchun jo‘natdilar» – deb aytdi. Onasi undan qanday ish ekanini so‘raganda Anas: «Bu sir!» – dedi. Shunda onasi sirni bilish uchun bolasini ko‘p so‘raqqa tutib o‘tirmadi. O‘g‘lidan xursand bo‘lib, ziyrakligi va omonatdorligidan ko‘ngli to‘ldi. Keyin uni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sirlarini saqlashga shijoatlantirib o‘g‘liga: «U zotning sirlarini hech kimga aytma!» – deb ta’kidladi. Anas roziyallohu anhu butun hayoti davomida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ham, boshqa barcha odamlarning ham sirlarini saqlab hayot kechirdi. 10 Axloq qissalari قﻼﺧﻷا ﰲ ﺺﺼﻗ Qimmat kiyim Abu Hanifaning oldiga bir ayol sotish uchun ipak kiyim olib keldi. Undan: «Necha pul?» – deb so‘radi Abu Hanifa. Ayol: «Yuz dirham» – dedi. Abu Hanifa: «Yo‘q, bu kiyim yuz dirhamdan qimmat turadi» – dedi. Ayol o‘zining zarariga bo‘lsa ham narxni baland aytayotgan ushbu xaridordan ajablanib har safar kiyim bahosini yuz dirhamga oshirib boraverdi. Oxiri Abu Hanifaga: «Unday bo‘lsa to‘rt yuz dirhamga ola qoling» – dedi. Abu Hanifa: «Uning narxi bundan ham qimmat» – deb aytdi. Shunda ayol: «Meni mazax qilyapsizmi?!» – dedi. Abu Hanifa: «(Ishonmasang) bir kishi olib kel, bizga bu kiyimning narxini aniqlab bersin» – dedi. Ayol bir odam chaqirib kelgandi u: «Besh yuz dirham» – dedi. Abu Hanifa kiyimni mana shu narxga sotib oldi. Ayol esa bunga rozi bo‘lib, kiyimni berdi. So‘ngra Abu Hanifaga omonati va rostgo‘yligi uchun tashakkur aytib ketdi. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling