Ii bob: omonatdorlik


***  13 Axloq qissalari قﻼﺧﻷا ﰲ ﺺﺼﻗ Hadya


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana16.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1498084
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Axloq qissalari (2) OMONATDORLIK

*** 
13


Axloq qissalari
قﻼﺧﻷا ﰲ ﺺﺼﻗ
Hadya 
Nabiy sollallohu alayhi vasallam Banu Sulaym qabilasiga bir kishini 
zakot va sadaqalarni yig‘ish uchun jo‘natdilar. 
Biroz muddat o‘tgach, haligi kishi Madinaga qaytib kelib, Nabiy 
alayhissalomni sahobalar bilan o‘tirganlarini ko‘rdi. Ularga salom berdi-
da, zakot va sadaqa moli bo‘lishiga qaramay Nabiy alayhissalomga bir 
qismini berib, qolganini o‘ziga olib qoldi. 
Nabiy alayhissalom undan bu haqida so‘raganlarida, u bular o‘ziga 
berilgan hadya ekanini aytdi. U zot haligi kishiga qaradilar. Unga 
omonatdorlikdan ta’lim bermoqchi bo‘ldilar. Odamlar bu hadyalarni unga
Payg‘ambarning elchisi bo‘lgani uchun berishganini tushuntirdilar. Agar u
Rasulullohning elchisi bo‘lmaganida odamlar bu hadyalarni unga 
bermasliklarini, shu sabab u qo‘lidagi bor narsasini baytulmolga 
topshirishi kerakligini aytdilar. 
Shunday qilib Nabiy sollallohu alayhi vasallam haligi odamga mo‘min 
kishi musulmon birodarlari moliga omonatdor bo‘lishini, ularning 
pullariga ko‘z tikmasligini, aksincha, bu pullarni muhofaza qilib, ularni o‘z 
egalariga berishi hamda omonatga xiyonat qilib, Alloh azza va jalla 
qiyomat kuni azoblaydigan kimsalardan bo‘lib qolmasligini o‘rgatdilar. 
*** 
14


Axloq qissalari
قﻼﺧﻷا ﰲ ﺺﺼﻗ
Qimmatbaho javohirlar 
Mo‘minlarning amiri Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning 
davrlarida musulmonlar qo‘shini Fors poytaxti bo‘lgan Madoinni fath 
qilish uchun safarga chiqdilar. Alloh taolo ularga Fors qo‘shinlari ustidan 
g‘alaba berdi. 
Jangdan so‘ng musulmonlar qimmatbaho o‘ljalarni to‘plashdi. 
Ularning aksari podshoh Kisroning kiyimlari va javohirlari edi. Umar ibn 
Xattob roziyallohu anhu ularga qarab, qo‘shin va qo‘mondonning 
omonatdorligidan ajablandi. Chunki bu o‘ljalar ularni g‘ururlantirib 
qo‘ymagan edi. Shunda u kishi: «Bu ishni uddasidan chiqqan qavm – 
omonatdordirlar» dedi. 
Uning oldida Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu bor edi. Ali hazrati 
Umarga: «Albatta, sen iffatli bo‘lganing uchun xalqing ham iffatli bo‘ldi. 
Agar sen ko‘ngilxushlik qilib yashaganingda, ular ham shunday yashar 
edilar», dedi. 
Izoh: Iffat - nafsni haromdan va shahvatlardan tiyish. 
«Agar sen ko‘ngilxushlik qilib yashaganingda, ular ham shunday yashar edilar» - 
ya’ni o‘z haqingdan ortig‘ini olganingda, ular ham shunday qilishar edi. 
*** 
15


Axloq qissalari
قﻼﺧﻷا ﰲ ﺺﺼﻗ

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling