Ii bob: omonatdorlik


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1498084
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Axloq qissalari (2) OMONATDORLIK

*** 
Kiyim bilan karvon 
Bir kuni bir omonatdor savdogar safarga chiqdi. Qo‘lidagi 
ishchilardan birini do‘koniga sotuvchilik qilish uchun qoldirdi. Bir yahudiy 
kishi kelib, aybi bor ko‘ylak sotib oldi. 
Do‘kon egasi kelganida haligi kiyimni ko‘rmadi va u haqida so‘radi. 
Ishchi: «Uni yahudiy kishiga uch ming dirhamga sotdim, lekin uning aybini 
bilmadi» – dedi. Bundan do‘kon egasining jahli chiqib ishchisidan: «O‘sha 
kishi qayerda?”» – deb so‘radi. Ishchi: «U ketib bo‘ldi» – dedi. 
Musulmon savdogar pulni olib, yahudiy birga ketgan karvon ortidan
yo‘lga chiqdi. Unga uch kundan so‘ng yetib olib, yahudiyni so‘rab-
surishtirdi. Uni topgach: «Hoy kishi, mening do‘konimdan aybi bor 
ko‘ylak sotib olibsan. Mana bu pullaringni olib, ko‘ylakni ber!» – dedi. 
7


Axloq qissalari
قﻼﺧﻷا ﰲ ﺺﺼﻗ
Yahudiy hayron bo‘lib, undan nega bunday qilayotganini so‘radi. 
Savdogar unga: «Mening dinim omonatdorlikka buyurib, xiyonatdan 
qaytaradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim aldasa, mendan 
emas», deb aytganlar» – dedi. 
Yahudiy bundan yanada ajablanib, savdogarga o‘sha ishchiga bergan 
dirhamlari ham aslida qalbaki ekanini, u kiyimni shu dirhamlar evaziga 
olganini aytdi. Shunda yahudiy: «Olamlarning Robbisiga taslim bo‘ldim, 
Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga va Muhammad Allohning Rasuli ekaniga 
guvohlik beraman» – deb musulmon bo‘ldi. 
*** 
Namiqqan mahsulot 
Bir kuni Nabiy sollallohu alayhi vasallam bozorga kirib, odamlarning 
holatiga nazar tashlay boshladilar. Oldi-sotdi ishlarini kuzatdilar. 
Taom sotayotgan bir kishining oldidan o‘tayotganda unga salom 
berdilar. Keyin taomga diqqat bilan qaradilar-da, qo‘llarini uning ichiga 
tiqdilar, uning suv bilan namiqqanini sezib qoldilar. Nabiy alayhissalom 
bundan g‘azablanib, tojirga qaradilar-da unga dakki berib: «Ey taom 
egasi, bu nima?» – dedilar. 
Haligi kishi uzr so‘rab, u zotga yomg‘ir yog‘ib taomni ho‘l qilganini 
aytdi. Nabiy alayhissalom bu bahonani rad qildilar va unga savdosida 
omonatdor bo‘lishini, odamlarga sotayotgan narsasining aybini 
8


Axloq qissalari
قﻼﺧﻷا ﰲ ﺺﺼﻗ
ko‘rsatishni nasihat qildilar: «Insonlar ko‘rishi uchun uni taomning ustiga 
chiqarib qo‘ysang bo‘lmasmidi?» – dedilar. Keyin odamlarni aldab, ularga 
yolg‘on gapirishdan saqlanishga chaqirdilar. Aytdilar-ki: «Kim insonlarni 
aldasa, mendan emas». 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling