Ijtimiy-gumonitar fanlar


II BOB HINDISTONGA ARAB VA TURKLARNING KIRIB KELISHI


Download 114.78 Kb.
bet7/10
Sana21.06.2023
Hajmi114.78 Kb.
#1645724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mi

II BOB HINDISTONGA ARAB VA TURKLARNING KIRIB KELISHI
2.1. Hindistongaarablarvaturklarkiribkelishi
Xarsha vafotidan keyin uning davlati parchalanib ketdi. Uzoq vaqtgacha Hindiston chet el bosqichlariga qarshilik ko`rsata olmagan tarqoq bir mamlakat bo`lib keldi. VI-VII asrlarda Hindistonda feodal munosabatlar yanada rivojlandi. Feodallashuv jarayonning tezlashishida shimoliy Hindistonning siyosiy jihatdan parchalab ketishi katta rol oynadi. O`nlab mayda knyazliklar vujudga keldi, bu knyazliklarning knyazlari yirik yer egalari edi, ular qishloq jamoalarini o`zlariga boysundirib olib, qattiq ekspluatatsiya qilardilar. Buyuk knyazlar, maxorajalar va vassal knyazlar ularga qaram knyazlar, rojalar bo’lar edi. Unisida ham, bunisida ham ularga qaram professional jangchilar bo`lib, ularga harbiy xizmat o`taganlari uchun yer uchastkalari in’om qilinar edi. Jamna va Gang daryolari o`rtasida bu xildagi hind ritsarlari ayniqsa ko`p edi. Bu yerlarda vujudga kelgan juda ko`p sonli ritsarlar tabaqasi rajputlar (tarjimasi; ’’shoh farzandlari’’) degan nom oldilar. Borib-borib rajputlar qadimiy harbiy tabaqa bo`lgan kshatriylar bilan aralashib ketdi. Feodal yer egalarining rivojlanishida hind ibodatxonalari ancha katta rol oynadi. Hind kohinlari juda katta yerlarga ega edilar. Ba’zi ibodatxonlarning 1000 va hatto 1500 ta qishlog`i bo’lar edi. Jamoachi dehqonlar hosilning katta qismini ibodatxonalarga to`lar edilar va ibodatxona ularni sud qilish huquqiga ega edi. VII asr oxirida Eron va Afg`onistonni bosib olganlardan keyin, arablar Hindistonga bevosita qo’shni bo`lib qoldi. Bundan tashqari arablar Hindistonga dengiz bilan yani Fors qo’ltig`i bilan borib, Hind okeanidan ham hujum qila olar edi. 712 yilda ummaviylar sarkardalaridan biri Muhammad ibn Qosim Basradan suzib o`tib, Hindistondagi Sind mamlakatini bosib oldi. Oradan bir necha yillar o`tgach, arablar Hindistongan quvib chiqarildi. Islom dinining targ`ib qilinishiga hindlar dushmanlik nazari bilan 13qaradi, chunki islom dinini ular chet ellik bosqinchi va talonchilar deb hisobladi, hinduizm esa islom diniga qarshi milliy din edi. Musulmonlar hujumi XI asrning 2 chi yarmidan qaytadan boshlandi bu safargi hujum ilgarigi hujumdan qattiq bo`ldi. Bu hujum uchun eng asosiy zamin tug`dirib bergan narsa shu bo`ldiki, bu G`aznaviylar davlati vujudga kelgan edi. (G`aznaviylar X-XII asrlarda O`rta Sharqda mavjud bo`lgan feodal davlat va sulolaning noni. G’aznaviylar davlatida turkiy qabilalar hukmronlik qilgan. Asoschisi-somoniylar lashkarboshi Alptakin. U 962- yilda qo`l ostidagilarga suyanib, G`azna viloyatida o`z hokimiyatini o`rnatdi. Xusrav Malik vafotidan so`ng 1187 yilda g`aznaviylar hokimiyat tepasidan ketdi.)Sulton Mahmud G`aznaviy (998-1030) sharqiy Eron va Afg`oniston yerlarining 1017 yildan e`tiboran esa Amudaryoning narigi tomonidagi yerlarni y`ani Buxoroni ham o`z qo`l ostiga oldi.
Mahmud G`aznaviy shimoliy Hindistonga 17 marta yurish qildi. Hindiston shaharlari nihoyat darajada talandi bu yurishdan u minglab hindlardan asir qilib olib ketgan edi, u ayniqsa hind ibodatxonalarini talab, karvonlarga oltin kumush va qimmatbaho toshlar olib ketdi. G`azna shahri muhtasham binolar bilan bezaldi, bunda Hindiston ustalari ishlagan edi.
1030 – yilda Mahmud G`aznaviy vafot etgan paytda uning imperiyasi Amudaryo qirg`oqlaridan tortib to Gang daryosigacha borgan butun Hind daryosi havzasini ham o`z ichiga olgan edi. Shunday bo`lsada Hindistonning ishlashiga juda ko`p musulmonlar-xurosonliklar,turk va afg`onlar borib o`rnashdi. Shimoliy sharqiy Hindiston (hoz. Pokiston) aholisining bir qismi islom dinini qabul qilib bora-bora istilochilar bilan aralashib ketdi.
XII asr oxirlarida Hindistonga G`azna istilochilari 2 chi marta hujum qildi. 1175 yilda G`azna hokimi Muhammad Guriy Panjobga bostirib kirib, uni egallagach sharqqa qarab siljishni davom ettirdi. 90-yillarda u Jamna bilan Gang daryolari o`rtasidagi butun yerlarni so`ngra esa Bengaliyani bosib oldi, Muhammad
14Guriy vafotidan keyin (1206- yildan)- (guriylar sulolasi-Suri xonadonidan chiqqan, guri sultonlarining sulolasi bo’lib, 1148-1206 yillarda boshqarib, hokimiyatini hozirgi Afg’onistonning deyarli butun hududiga yoyib, Shimoly Hindistonni ham bosib olishgan edi), uning noibi Qutbiddin Oybek G`aznadan ajralib chiqib, Hindistonning shimolida (hoz.Hindiston Respublikasining poytaxti Dehlini markaz qilib) mustaqil davlat tuzdi, yangi davlat shaharning nomi bilan Dehli sultonligi deb ataladigan bo`ldi.
XIII asr boshlarida G`azna sultonlaridan mustaqil bo`lib olgan poytaxti Dehli shahri bo`lgan sultonlik tashkil topdi. Bu davlatni shimoldan kelgan musulmon feodallari tuzdilar. Dehlining birinchi sultoni Qutbidan Oybek bo`ldi.
Musulmonlar lashkarlari turli qabilalardan tuzilgan bo`lib, uning asosini turk qabilalari tashkil qilgan. Qo’shinning harbiy boshliqlariga mamlakatning bosib olingan yerlarida yirik viloyatlar boshqaruvi topshirilgan.
Arab xalifaligidagi kabi mamlakatdagi barcha yerlar Dehli sultonining mulki deb e`lon qilindi. Dehli sultonligi (1206- 1526 yillarda Hindistonni boshqargan sulola).

Download 114.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling