Ijtimoiy antropologiya va diniy munosabatlar reja


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana04.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1324032
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
4. Diniy tashkilot turlari
Jamiyat va din rivojining primitiv bosqichyaida alohida sotsial 
struktura sifatida diniy tashkilotlar mavjud bo‘lmaydi. Tarixiy 
jihatdan eng qadimgi diniy uyushmalar “vital” tipidagi (tabiiy 
ravishda hosil bo‘lgan) birliklar bo‘lib, ularga oila, urug‘, jamoa, 
xalq kirgan. Ular o‘zaro qarindoshlik asosidagi identifikatsiya 
asosida birlashib, diniy e’tiqod mazkur identifikatsiyaga yondosh 
xususiyat sifatida shakllangan. Bunday din shaklldri “xalq dinlari”, 
“diffiiz dinlar” nomini olgan.
Qadimgi Yunoniston va Rim diniy rahnamolar va Hatto 
ulaming kollegiyasi tashkil topgan bo‘lsada, bu davrda din hali 
to‘laligicha shakllknmagan v^ xali ham madaniyatning bir bo‘lagi 
sifatida amal qilgan.
Xristianlik dinida cherkov va sekta diniy tashkilotlarning ikki 
xil ko‘rinlshi sifatidanamoyon bo‘ladi. Amalda mavjud boMgan 
diniy tashkilotlar odatda hyech qaqhon mazkur tashkilot 
m&dellariga barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha to ‘laqonli ravishda 
muvoffiq kelmaydi. Ammo mazkur tushunchalar evristik 
qadriyatga ega. Ular diniy tashkilotlarning tipologiyasini ishlab 
chiqish imkonini beradi. Mazkur ikki tashkilotdan og‘uvchi va 
ularga yondosh bo‘lgan diniy tashkilot turlari ham mavjud.
R.Nibur AQShdagi dmiy tashkilotlami o‘rganish davomida1 
sekt alar vaqt o ‘tishi bilan ularga xos bo‘lgan tipik xususiyatlami
1 1 Гараджа В. И. Социология религии: Учеб. пособие для студентов и 
аспирантов гуманитарных специальностей. - 3-е изд., перераб. и доп. - М.; 
ИНФРА-М, 2005. С. 221.
155


yo‘qotishini aniqlagan. Yopiqlik xarakteri va elitarlik xususiyati 
o‘z safiga istalgan shaxsni qabul qilishga tayyorlik xususiyatiga 
o‘z o‘mini bo‘shatib beradi. “Ongli ravishda safiga qo‘shilish” 
xususiyati shu e’tiqodda tug‘ilganlar uchun o ‘z ma’nosini 
yo'qotadi. Chunki ular tug‘ilib, ota-onasi tufayli mazkur e ’tiqodga 
amal qilishni boshlagan hisoblanadi. Hayotni inkor qilish yoki 
unga bo‘lgan befarqlikning o‘rnini sotsial hayotdagi faol ishtirok 
va sotsial tartib-qoidalarni qo‘llab-quwatlash holati almashtiradi. 
Ammo sektalardagi shu kabi o‘zgarishlarr ulami to‘laqonli 
ravishda cherkov sifatida talqin qilish uchun asos bo‘la olmaydi. 
Chunki ular jamiyatning keng tabaqalari orasida yetarli darajada 
tarqalmagan boiadi. Undan tashqari ular fuqarolaming milliy 
identifikatsiyasini ta’minlay olmaydi va davlatga sidqidildan 
vafodorlik ko‘rsata olmaydi.
R.Nibur diniy tashkilotlarning mazkur turini “denominatsiya’’, 
ya’ni sekta va cherkov o‘rtasidagi oraliq tashkilot sifatida 
nomlagan. 
Nibuming 
fikricha, 
denominatsionalizm 
AQSh 
jamiyatiga xos bo‘lgan hodisa bo‘lib, uning asosiy sababi mazkur 
jamiyatda o‘matilgan diniy plyuralizm va davlat cherkovi 
maqomiga da’vo qilishi mumkin bo‘lgan diniy tashkilotning 
mavjud 
emasligidir. 
Amerikada 
200 dan 
ortiq 
yirik 
denominatsiyalar faoliyat olib boradi. Nibur sekta: - denominatsiya
- cherkovni dinning rivojlanish bosqichlari sifatida baholaydi.
Jamiyat va e’tiqod o‘rtasidagi qadriyatlaming bir-biriga 
muvoffimq kelmasligi insonni o‘zining asosiy dinidan voz kechib 
biror sektaga murojaat qilishiga olib keladi.Konflikt yangi turdagi 
diniy guruhlami yuzaga keltirishi mumkin.
Cherkov, deminatsiya va sektalar qator farqlarga eg£ bo‘lgan 
holda o‘zining o‘xshasha tomonlariga ham ega sanaladi. Ulpaming 
barchasida a’zolarining joylashuvi va vazifalari qat’iy belgilab 
berilgan bo‘ladi.
G.Bekker zamonaviy jamiyat va undagi din fenomenini 
o‘rganish davaomida dinning shunday shaklini ajratib, talqin 
qilganki, unga ko‘ra mazkur din biror diniy tashkilot emas, balki 
faqat a’zolarining ishtiyoqi (entuziazmi) asosMa faoliyat olib 
boradi. Bekker dinning mazkur shaklnini “kult” nomi bilan atagan.
156



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling