Ijtimoiy hodisa


Download 54.38 Kb.
bet2/11
Sana30.04.2023
Hajmi54.38 Kb.
#1417538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Тил

Qarluq guruhi: o’zbek va uyg’ur tillari

O’g’uz guruhi: ozarbayjon, turkman, usmonli turk tillari

Qipchoq guruhi: qozoq, qoraqalpoq, qirg’iz, tatar, boshqird, xakas, yoqut, chuvash tillari
Dunyo tillari morfologik jihatdan, ya’ni tarkibidagi so’zlarning tuzilishi jihatdan 4 guruhga bo’linadi:

1. Amorf tillar. Tarkibidagi so’zlar hech qanday sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalarsiz, to’g’ridan-to’g’ri birikadi. Xitoy, Tibet, birma, vetnam, xitoy-tibet oilasiga mansub tillar amorf tillardir.

2. Agglutinativ tillar. Har bir grammatik ma’no ma’lum bir grammatik ko’rsatkich ya’ni alohida qo’shimcha bilan ifodalanadi. Qo’shimchalar, asosan, o’zakdan keyin qo’shiladi. Masalan: o’rtoq\lar\im\ga\. Turkiy tillar, xususan o’zbek tili, fin-ugor tillari, dravid, indonez, hindu, yapon va koreys tillari agglutinativ tillarga kiradi.

3. Flektiv tillar. Birdan ortiq grammatik ma’no birgina grammatik ko’rsatkich orqali ifodalanadi: rus tilidagi книга so’zi tarkibidagi a qo’shimchasi jinsni (женский род), bosh kelishikni, birlik sonni bildirib kelgan. Flektiv tillarga hind-yevropa, semit, xamit tillari kiradi.

4. Polisintetik tillar. Bu kabi tillarda butun bir gap bir so’z holida yoziladi. Polisintetik tillarga chukot tili, shuningdek, Amerikadagi ayrim hind tillari, Osiyodagi paleosiyo oilasiga kiruvchi ayrim tillar kiradi.
TIRIK VA O’LIK TILLAR
Hozirgi paytda ma’lum bir xalq vakillari uchun muloqot vositasi bo’lib xizmat qilayotgan tillar tirik til hisoblanadi. Ya’ni tirik til jamiyat hayoti bilan bog’liq bo’ladi. Jamiyat hayotidan uzilgan, hozirgi davrda hech bir xalq uchun muomala vositasi bo’lib xizmat qilmayotgan, lekin qoldiqlari bizgacha yetib kelgan tillar o’lik til deyiladi.
Masalan: lotin, qadimgi hind yoki Sanskrit, qadimgi slavyan, qadimgi xorazmiy, qadimgi arab, qadimgi fors, so’g’d tillari o’lik tillardir.
Lotin tili qadimgi Rim imperiyasining rasmiy tili sifatida mavjud bo’lgan. Mazkur imperiya V asrda yemirilgandan keyin bu til ham asta-sekin turli tarmoqlarga bo’linib ketadi va natijada o’lik tilga aylanadi. Hozirgi kunda ilmiy atamalarda lotin tili qoldiqlarini uchratish mumkin. Shuningdek, o’rta va oliy tibbiyot o’quv yurtlarida ham lotin tili o’qitiladi. Til o’lik bo’lsa-da, yozuv saqlanib qoladi.
Qadimgi xorazmiy tili esa eroniy tillarning sharqiy turkumiga mansub bo’lib, qadimgi Xorazm vohasining aholisi shu tilda gaplashgan. Bu til XI asrgacha muomalada bo’lgan va keyinchalik iste’moldan chiqqan hamda o’lik tilga aylangan.
Qadimgi sanskrit ya’ni hind tili o’z davrida braxmanlar tili hisoblangan, ammo bu tilda aholi gaplashmagan. Shuning uchun vaqt o’tishi bilan bu til ham o’lik tilga aylangan.


Download 54.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling