Ijtimoiy hodisa


Download 54.38 Kb.
bet4/11
Sana30.04.2023
Hajmi54.38 Kb.
#1417538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Тил

NUTQIY FAOLIYAT

Nutqiy faoliyat – tilning ijtimoiy vazifasidir, ya’ni til nutq sifatida kishilar o’rtasida aloqa, fikrlashish, so’zlashishni amalga oshirishda yaqqol ko’rinadi. Nutqiy faoliyat kishilarning bir-birlariga tushunarli bo’lgan til vositasida o’zaro fikr almashishlari, nutqiy aloqaga kirishishlaridir. Bu jarayon ikki shaklda amalga oshadi: og’zaki va yozma.
Og’zaki nutqning ikki turi mavjud: oddiy so’zlashuv nutqi va adabiy so’zlashuv nutqi. Oddiy so’zlashuv nutqi tabiiy nutq sifatida namoyon bo’lib, unda shevaga xos so’zlar, oddiy kundalik turmushda ishlatiluvchi erkin so’zlashuv ko’rinishlari aks etadi. Adabiy so’zlashuv nutqi esa adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda gapirishni taqozo etadi.
Yozma nutq og’zaki nutqdan so’ng yozuv ta’sirida paydo bo’lgan bo’lib, adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun-qoidalariga bo’ysunuvchi grafik shaklidir. Yozma nutqning ma’no gapda turli xil tinish belgilari orqali ajratib ko’rsatiladi. Shunisi ahamiyatliki, yozma nutq og’zaki nutq kabi kishilar o’rtasidagi bevosita aloqa bositasi emas, u boshqa joyda va zamonda (kelgusi davrda) yashovchi kishilar bilan aloqa bog’lash vositasidir.
Og’zaki va yozma nutq ko’rinishlari ifoda maqsadi, qurilishi, hissiy-ta’siriy vositalari bilan farqlanadi. Yozma nutqning uslubiy turlari so’zlashuv, ilmiy, badiiy, ommabop, rasmiy-idoraviy uslubda aks etadi.

O’ZBEK TILI VA UNING TARAQQIYOT BOSQICHI
Mutaxassislarning fikricha, turkiy tillar qadimda mo’g’ul va tungus-manjur tillari bilan birgalikda bitta oilani tashkil etgan va bu til oltoy tili deb atalgan. Oltoy tillar oilasida yapon, koreys, turkiy tillar turkumi mavjud bo’lgan va o’zbek tili oltoy tillar oilasining turkiy tillar turkumiga kirgan.
Dunyoda 30ga yaqin turkiy til bor: o’zbek, uyg’ur, qirg’iz, qozoq, qoraqalpoq, turk, ozarbarjon, turkman, gagauz, qrim-tatar, qorachoy, bolqar, qo’miq, no’g’ay, tatar, boshqird, oltoy, shor, xakas, tuva, yoqut, chuvash, qoraim, oyrot, karagas, usmonli turk
Turkiy tilda gaplashuvchilar, asosan, Osiyo, shuningdek, Yevropa, Amerika, Avstraliya mintaqalarida istiqomat qilishadi. O’zbekiston Respublikasida esa 22 million xalq o’zbek tilida so’zlashadi. O’zbek millatiga mansub kishilar Afg’onistonda (1200), Qashqarda (15000), Saudiya Arabistonida, Turkiya va AQSHda, Germaniya va boshqa yerlarda ham yashashadi. Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalarida o’zbek maktablari bor.
O’zbek (turkiy) tili qadimgi tillardan bo’lib, dastlabki yodnomalar VI-VII asrlarga oiddir.
O’zbek adabiy tili quyidagi davrlarni o’z ichiga oladi:



Download 54.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling