Ijtimoiy hodisa


Qadimgi turkiy til: V-VIII asrlar


Download 54.38 Kb.
bet5/11
Sana30.04.2023
Hajmi54.38 Kb.
#1417538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Тил

1. Qadimgi turkiy til: V-VIII asrlar

2. Eski turkiy til: X-XI

3. Eski o’zbek adabiy tili: XII-XIII – XX asr boshlarigacha

4. Hozirgi o’zbek adabiy tili: XX asrning 30-yillaridan
QADIMGI TURKIY TIL
Bu davr tili asosan V-VIII asrlarni o’z ichiga oladi. O’zbek, uyg’ur, qirg’iz, qozoq kabi tillarning turkiy til deyilishiga sabab shuki, ularning hammasi qadimgi turkiy tildan ajralib chiqqan. Demak, hozirgi barcha turkiy tillar uchun qadimgi turkiy til umumiy til – bobo til sanaladi.


Turkiy tillarning shakllanish tarixini ko’pchilik olimlar 4ta davrga ajratadi:

1) Oltoy davri; 2) Eng qadimgi turk davri; 3) Qadimgi turk davri; 4) O’rta turk davri. Bular ichida o’rta turk davri hozirgi barcha turkiy xalqlar va ular tillarining shakllanishi hamda rivojlanishi davri hisoblanadi.

Qadimgi turkiy til namunalari bizga O’rxun-Enasoy yodgorliklari orqali yetib kelgan. Bu yodnomalar VI-VII asrlarga tegishli bo’lib, Sibirning Yenisey va Mo’g’ulistonning O’rxun vodiylaridan topilgani uchun ham shu joy nomi bilan ataladi.
O’rxun-Enasoy yozuvi haqidagi dastlabki xabarlar Vidzen, Remezov, Tabbet-Stralenberg, Messershmidt, Kastrenlar tomonidan e’lon qilingan. 1889-yili Yadrinsev Mongo’liyaning Qoraqurum shahristoni xarobalaridan ikkita katta bitiktosh topib oldi. Bu tiriktoshlar Kul tigin va Bilga xoqonlar sharafiga qo’yilgan bitiktoshlar edi. Radlov, Tomson, Melioranskiylar esa bu yozuvlarni o’qishga kirishgan. 1893-yilning 25-noyabr kuni V.Tomson birinchi bo’lib bitiktoshlar sirini ochadi. Bu vaqtda V.Radlov 10ta harfni o’qib ulgurgan edi. Hozirgi kunda bitiktoshlarning 700ga yaqin namunalari fanga ma’lum.
Eslatma: O’rxun-Enasoy, uyg’ur (qisman moniy) va so’g’d yozuvlari hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun umumiy bo’lgan yozuvlardir.
Quyida qadimgi turkiy til davriga oid ba’zi so’z va jumlalardan misol keltiramiz:


Download 54.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling