Ijtimoiy hodisa
Ko’kramak – na’ra tortmoq
Download 54.38 Kb.
|
Тил
- Bu sahifa navigatsiya:
- Devonu lug’otit turk” asaridan olingan maqollar
- Eslab qoling: “Devonu lug’otit-turk”, “Qutadg’u bilig”, “Hibatul-haqoyiq” asarlari X-XI asrlarda yaratilgan. ESKI O’ZBEK ADABIY TILI
- Demak, eski o’zbek tili XII-XIII asrdan to XX asrning boshlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Ko’kramak – na’ra tortmoq
Sandilach – sa’va Sandug’ach – bulbul Qirg’ilach – qaldirg’och Elig – hukmdor Bo’g’u – dono Al – qizil Ko’ni – to’g’ri, rost, haqqoniy Til arslan turur, ko’r eshikda yotur Aya evlug arsiq bashingni yeyur. (Y.X.Hojib) Qali so’zlasang so’z bilib so’zlagil (Ey do’st, bilimli kishi izidan yur) Agar so’zlasang o’ylab so’zlagin. A.Yugnakiy, “Hibatul-haqoyiq”) “Devonu lug’otit turk” asaridan olingan maqollar: 1. Erik erni yag’lig, ermagu bashi qanlig’ – Tirishqoqning labi yog’liq, erinchoq, dangasaning boshi qonlik 2. Emgak ekinda qolmas. – Mehnat bekorga ketmaydi 3. O’kuz azaqi bo’lguncha, buzag’i bashi bo’lsa yik. – Ho’kizning oyog’i bo’lguncha, buzoqning boshi bo’lgan yaxshiroq 4. Uma kelsa, qut kelur. – Mehmon kelsa, baraka keladi. 5. Erdamsizdan qut chertilur. – Dangasadan baxt ketadi. 6. Kichikda qatig’lansa, ulg’azur sevnur. – Yoshlikda mashaqqat cheksa, ulg’ayganda sevinadi. 7. Erdam boshi til. – Odobning boshi til. Eslab qoling: “Devonu lug’otit-turk”, “Qutadg’u bilig”, “Hibatul-haqoyiq” asarlari X-XI asrlarda yaratilgan. ESKI O’ZBEK ADABIY TILI Eski turkiy tildan ajralib to hozirgi o’zbek tilining shakllanishigacha (XX asr boshlarigacha) bo’lgan davr o’zbek tili eski o’zbek tili deb nomlanadi. Demak, eski o’zbek tili XII-XIII asrdan to XX asrning boshlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Eski o’zbek tilining shakllanishi uchun qoraxoniylar davri adabiy tili asos bo’ldi. Bu davrda ikki adabiy til an’anasi mavjud edi: 1) sharqiy adabiy til; 2) g’arbiy adabiy til. Sharqiy adabiy tilga qarluq-uyg’ur, g’arbiy adabiy tilga esa qipchoq-o’g’uz guruhlari kirgan. Qul Alining “Qissai Yusuf” dostoni (1239-yil) g’arbiy til an’anasida, Rabg’uziyning “Qissasi Rabg’uziy” asari esa sharqiy til an’anasida yozilgan bo’lib, bu asarlar eski o’zbek adabiy tilining shakllangan davrini ifoda etuvchi badiiy asarlardir. A.Borovkor “Tafsir”ni (XIII asr) eski o’zbek tilining yorqin namunasi deb e’tirof etgan. Eski o’zbek tilida yaratilgan dastlabki namunalar: “O’g’uznoma”, “Tafsir” (Qur’onning so’zma-so’z tarjimasi, izohlar, sharhlar, tushuntirishlar), Qutbning “Xusrav va Shirin”, Sayfi Saroyining “Guliston”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”. O’zbek tili Navoiy davri va Navoiygacha bo’lgan davrda turk lafzi va turkiy til nomi bilan yuritilgan. Mo’g’ullar bosqinidan so’ng chig’atoy tili, rus istilosidan keyin esa sart tili deb yuritilgan. Sakkokiy, Atoiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur kabi mumtoz adiblar o’zbek adabiy tilining mavqeyini yuksak darajaga ko’tardilar. Abulg’ozixon, Turdi Farog’iy, Gulxaniy, Maxmur, Munis, Ogahiy, Mashrab, Furqat, Muqimiylar eski o’zbek tilini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqishgan. Xususan, A.Navoiy eski o’zbek adabiy tilining asoschisi deb e’tirof etiladi. U o’zining “Muhokamatul-lug’atayn” (“Ikki til muhokamasi”) asarida turkiy tilning imkoniyatlari haqida fikr yuritib, fors tilidan qolishmasligini isbotlaydi. Masalan: “Yana bir adolari borki, ba’zi alfozning so’nggida –chi, -ki lafzidur, orttirurlar, yo mansabning, yo hunarning, yo peshaning izhori uchun; forsiyda yo’qtur, balki alar ham turkcha ayturlar. Mansabda andog’ki, qo’rchi, suvchi, xazinachi, yarog’chi, nayzachi va h.k.” A.Navoiy eski o’zbek tilini bir xazina deb bildi va uni o’rab turgan tikonlardan tozaladi. Download 54.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling