Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/24
Sana15.07.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1660537
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchllik munosabatlari

Asosiy tayanch tushunchalar
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ish­
lab chiqarish munosabatlari birligi hamda o ‘zaro ta ’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy 
va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish 
vositalari birligi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur 
bo‘lgan hayotiy ne’matlami ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirbosh­
lash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - m ehnat vositalari, 
materiallar, texnologiya, energiya axborotlar va ishlab chiqar- 
ishni tashkil etish majmui.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan 
foydalanish, uni o ‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vu­
judga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda 
ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli 
jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulkni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi 
qo ‘lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni 
o ‘zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulk obyektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk subyektlari - mulk obyektini o ‘zlashtirishda qat- 
nashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.
Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan 
xususiy shaxslarga o ‘tishi.
Davlat tassarrufidan chiqarish - davlat mulki hisobidan 
boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.
122
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xulosalar
1. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bir xilda va 
tekis ketmay, uni turli bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur 
bosqichlarini 
bilishda 
tarixiy-formasion, 
madaniylashish 
(sivilizasiya) darajasi, texnika va texnologik taraqqiyot darajasi, 
sosial-iqtisodiy shakllarning o ‘zgarishi kabi jihatlar bo‘yicha 
yondashuvlar mavjud.
2. Iqtisodiy tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan 
iqtisodiy munosabatlari iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik 
mexanizmi va iqtisodiy muassasalar majmuasini o‘z ichiga oladi. 
Iqtisodiy nazariyada ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab 
chiqaruvchi kuchlaming rivojlanish darajasi bilan bog‘lab, shu 
asosda dunyodagi mamlakatlar iqtisodiyoti an’anaviy iqtisodiyot
ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlariga 
ajratiladi.
3. Mulkchilik munosabatlari - shaxsiy, jamoa va davlat 
manfaatlarini o‘zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va 
natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, 
hududlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar majmuasidir.
4. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy 
va 
ma’naviy 
ne’matlami 
o ‘zlashtirish 
borasidagi 
iqtisodiy 
munosabatlarni o‘zida aks etadi. Agar mulkchilikning iqtisodiy 
mazmuni u yoki bu obyektni o ‘zlashtirish va foydalanish borasida 
subyektlar o ‘rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning 
huquqiy mazmuni 
subyektning obyektga nisbatan 
boMgan 
munosabatini aks ettiradi.
5. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarisrt va xususiylashtirish -
korxonalar nizom fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning 
investision 
jozibadorligini 
oshirish 
va 
xorijiy 
investorlami 
xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan 
kompleks dasturdan iborat jarayondir.
123
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling