Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap


Download 386.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana16.06.2023
Hajmi386.14 Kb.
#1503866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
IKP

intoksikatsiyalar, parhezdagi buzilishlar, yuqumli kasalliklar; v kasallikning birinchi 
belgilari; V qayerda va qachon birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va uning 
samarasi; v kasallik boshlangandan hozirga qadar bemor ahvolida qanday 
o‘zgarishlar bo‘lgan (shikoyatlar dinamikasi); v agar kasallik surunkali 
kechaydtgan bo‘lsa uning qaytalanishi, belgilari va remissiya davrlari hamda 
ulaming davomiyligi ketma-ketlikda ko‘rsatilishi lozim; v qanday qo‘shimcha 
tekshirishlar o‘tkazilgan va ulaming natijalari. Mavjud bo‘lgan ambulator karta, 
kasallik tarixidan ko‘chirmalar, rentgenogrammalar, EXOKG, EKG va boshqa 
hujjatlardan foydalanish; V kasallikning turli bosqichlarida qanday davo choralari 
qo‘llanilgan va ulaming samaradorligi; V oxirgi ahvolining yomonlashganligining 
sababi (asosiy belgilar va ulaming namoyon bo‘lishini mukammal ko‘rsatish 
lozim); v shifoxonada bo‘lgan davrda yoki ambulatoriya sharoitida davolanish 
jarayonida bemoming ahvolictagi o‘zgarishlar
10. Oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning yara kasalligi. Klinik, laborator va 
instrumental diagnostika 

 klinik manzarasi 5-savolda yozilgan. 


Laborator - asbobiy tekshirishlar. Ezofagogastroduodenoskopiya yordamida 
tekshirish usuli (ko'rsatmalar bo'lganda biopsiya olish bilan) oshqozon va o'n ikki 
barmoqli ichak yara kasalligini tashhislashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayrim 
hollarda bariy sulfati berilib, rentgenoskopiya yoki rentgenografiya o'tkaziladi va 
unda tokcha sindromi aniqlanadi. Bemorlar oshqozon shirasi, undagi kislotalik va 
fermentlar, fraksion zondlash va intragastral rN-metriya yordamida tekshiriladi. 
Davolash tamoyillarini tanlashda xelikobakter pilorini aniqlash (invaziv - 
bakteriologik, gistologik va noinvaziv - serologik, nafas sinamasi usullari) muhim 
ahamiyatga ega va shu sababli ushbu tekshirish usulini barcha bemorlarda 
o'tkazish maqsadga muvofiq. 
11. YuIK. Stabil zo’riqish stenokardiyasi. Og'riq sindromi
 Stenokardiya. U aksariyat hollarda tomirlar o'tkazuvchanligi yomonlashishiga olib 
keluvchi ateroskleroz rivojlanishi. oqibatida kuzatiladi. Bunda miokardning 
kislorodga bo'lgan talabi oshgan vaqtda toj tomirlar mos ravishda kengaymaydi 
va bemorlarda og'riq sindromi yuzaga keladi. 
 Klinik manzarasi: 
• Stenokardiyadagi og'riqlar odatda ezuvchi, siquvchi, kuydiruvchi, bosuvchi 
xususiyatlarga ega bo'lib, aksariyat hollarda to'sh ortida joylashadi va chap 
qo'lga, pastki jag'ga, bo'yinga, epigastral sohaga , kamdan-kam hollarda ko'krak 
qafasining o'ng tomoniga va o'ng qo'lga hamda belga uzatiladi. Ba’zan hansirash, 
terlash, o'limdan qo'rqish hissi bilan kechadi;
• Og'riqlar ayrim hollarda yurak cho'qqisida, to'shdan chapda II -V qovurg'alar 
oralig'ida, chap kurak ostida, hatto chap qo'lda yoki o'mrov suyagi atrofida, pastki 
jag'ning chap tomonida, joylashishi mumkin (atipik og'riqlar);
 • Og'riqlar xurujsimon, kuchli, kuchsiz intensivlikda yoki ko'krak qafasidagi 
nohush his ko'rinishida kuzatilib, 1-2 daqiqadan 20 daqiqagacha davom etadi; 
 • Xuruj vaqtida bemor kamgap, og'riqni joylashish sohasini kafti yoki mushtini 
to'sh suyagi ustiga qo'ygan holda ko'rsatadi; 
 • Og'riqlar jismoniy yoki emotsional zo'riqish, jinsiy aloqa vaqtida, sovuqda yoki 
ovqatlangandan so'ng paydo bo'ladi va tinch holatda yoki nitroglitserinni til ostiga 
qabul qilgandan so'ng 1-2 daqiqa o'tgach o'tib ketadi;

Download 386.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling