Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap


Download 386.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/19
Sana16.06.2023
Hajmi386.14 Kb.
#1503866
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
IKP

40. Gipertoniya kasalligi, xavf omillari, tekshiruv, diagnostika. Profilaktika. 
 
 Gipertoniya kasalligi (GK) - surunkali kechuvchi patologik jarayon bo‘lib, uning 
asosiy klinik belgisi arterial gipertenziyaga (AG) olib keluvchi boshqa ichki a’zolar 
kasalliklari bilan bog'liq bo'lmagan holda qon bosimini ko'tarilishi hisoblanadi. GK 
ko'pchilik bemorlarda sekinlik bilan belgilarsiz boshlanadi va aksariyat hollarda 
birinchi marta qon bosim o'lchanganda, profilaktik tekshirish jarayonlarida yoki 
sanatoriya kurort kartalari to'ldirilayotganda tasodifan aniqlanadi. 
Gipertoniya kasalligiga chalingan bemorlami laborator - asbobiy tekshirishlarL 
Umumiy qon tahlilida ayrim bemorlarda eritrotsitlar, umumiy xolesterin va past va 
o'ta past zichlikdagi lipoproteidlar miqdori oshadi. Kasallikning ikkinchi va uchinchi 
bosqichida qonda kreatinin, mochevina ko'rsatkichlarining oshishi va ba’zi 
hollarda siydikda proteinuriya aniqlanadi. Oftalmoskopiyada kasallikning birinchi 
bosqichida ko'z tubida o'zgarish kuzatilmaydi, ikkinchi (arteriyalaming tarqalgan 
yoki chegaralangan torayishi) va uchinchi bosqichida (gemorragiya, ko'ruv nervi 
so'rg'ichi shishi yoki shishsiz ekssudatsiya hamda atrofiya) GK xos qaytmas 
o'zgarishlar qayd etiladi. EKG da chap qorincha gipertrofiyasi belgilari, ExoKG da 
chap qorincha devori va qorinchalararo to'siq qalinlashishi, uni diastolik 


disfimksiyasi, ko'krak qafasi rentgenografiyasida esa chap qorincha dilatatsiyasi 
hisobiga kardiotorakal indeks kattalashishi kuzatiladi. 
42.Bemorning es hushi va holati. 
43.YuIK. O'tkir miokard infarkti. Og'riq sindromining xususiyatlari. Laboratoriya 
diagnostikasi. EKG ma'lumotlari. Shifokorning taktikasi 
 Miokard infarkti - YIK ning ko'rinishlaridan biri bo'lib, yurak mushaklarining 
chegaralangan nekrozi hisoblanadi va uning qon bilan ta’minlanishi hamda talabi 
o'rtasidagi muvozanatning o'tkir buzilishi natijasida yuzaga keladi. Uning asosida 
toj arteriyalarining aterosklerozi (aksariyat hollarda), spazmi va aterosklerotik 
pilakchalarga qon quyilishi yotadi. Uning asosiy sababi 95 % hollarda ateroskleroz 
hisoblanadi 
- Kutilmaganda paydo bo'luvchi to'sh ortidagi (yurak sohasi, ko'krak qafasida) o'ta 
kuchli, uzoq vaqt (30 daqiqadan ko'proq) davom etuvchi “xanjarsimon” og'riq, 
o'limdan qo'rqish hissi; - To'satdan yuzaga keladigan yurak ritmi va 
o'tkazuvchanligini buzilishi, o'tkir chap qorincha yetishmovchiligi, kollaps yoki 
shok. Bunda og'riq ikkinchi darajali ba’zan umuman kuzatilmaydi; - Bemor uchun 
odatiy bo'lmagan, epigastral soha yoki qo'llardagi, bo'yin, tish, pastki jag' 
sohalaridagi og'riqlar; 
Laborator - asbobiy tekshirishlar. Miokard infarkti rivojlanganda qonning umumiy 
va biokimyoviy tahlilida kasallikning davrlariga mos ravishda qator 0‘zgarishlar 
kuzatiladi 
Miokard infarktida uning davrlariga mos ravishda EKG da quyidagi 0‘zgarishlar 
aniqlanadi. 1. Ishemiya sohasi - koronar (teng yelkali, o‘tkir uchli) T tishcha (Q 
tishchasiz miokard infarktida yuqori musbat va manfiy - transmural miokard 
infarktida); 2. Ishemik shikastlanish - RS-T oraliqni o‘rta chiziqdan yuqoriga 
ko'tarilishi (transmural miokard infarktida) yoki pastga tushishi (yurak 
mushaklarini subendokardial shikastlanishida); 3. Nekroz sohasi - patologik Q 
tishcha (davomiyligi 30 ms dan keng, chuqurligi >1/3 -1/4R) paydo bo‘lishi R 
tishcha voltajini pasayishi yoki QS kompleksi. Shuningdek, EKG da kuzatiladigan u 
yoki bu tarmoqlardagi o‘zgarishga qarab nekroz o‘chog‘ini joylashgan sohasini 
aniqlash mumkin 
 

Download 386.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling