Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap
Download 386.14 Kb. Pdf ko'rish
|
IKP
yoshgacha bo'lgan bolalar (ko'proq qizlar) va o'smirlar kasallanadilar.
Etiologiya va patogenezi. Revmatizmni rivojlanish mexanizmi asosida A guruhidagi pgemolitik Streptokokk yotadi. Streptokokk infeksiyasi yurakka to'g'ridan-to'g'ri toksik ta’sir ko'rsatib, mavjud me’yoriy autoimmim jarayonni buzadi va patologik mexanizmlami vujudga keltiradi. Bunda awal Jnriktiruvchi to'qima hujayralari hamda yurakning xususiy to'qimalariga qarshi antitanachalar ishlab chiqariladi. Bu jarayon aksariyat hollarda bemoming revmatik isitmaga nasliy jihatdan moyilligi bo'lganda kuzatiladi. 26. Jigar etishmovchiligi. Klinik, laborator va instrumental diagnostika. Jigar yetishmovchiligi sindromi - jigami organizmning hayot faoliyati uchun muhim bo‘lgan ko'p sonli vazifalarining chuqur buzilishi, u yoki bu darajada yaqqol namoyon bo'lgan asab - ruhiy o'zgarishlar va jigar komasi rivojlanishigacha bo'lgan holatlar bilan bog'liq. Jigar yetishmovchiligi kechishi va klinik-morfologik xususiyati dinamikasi bo'yicha o'tkir va surunkali bo'ladi. O'tkir jigar yetishmovchiligi bir necha soat yoki kun ichida rivojlanadi va aniq namoyon bo'lgan va tez rivojlanib boruvchi klinik simptomlar bilan kechadi. Surunkali jigar yetishmovchiligi bir necha oy yoki bir necha yillar davomida rivojlanadi va klinik belgilaming sekin va bosqichma-bosqich namoyon bo'lishi bilan xarakterlanadi. Klinikasi va tashhislash. Jigar yetishmovchiligi jigar to'qimasining yallig'lanish simptomlari, parenximatoz yoki xolestatik sariqlik, shish-assitik va gemorragik sindromlar, gepatogen ensefalopatiya, endokrin buzilishlar va boshqa bir qator o'zgarishlar bilan namoyon bo'lishi mumkin. Uning klinik belgilari turli-tuman bo'lishiga qaramay, asab-ruhiy buzilishlar va gepatodepressiya indikatorlarini pasayishi hamda gemorragik sindrom kasallikning og'irlik darajasini baholashda muhim ahamiyatga ega bo'lgan asosiy mezoni hisoblanadi. Kichik jigar yetishmovchiligi bo'lgan bemorlami umumiy holsizlik, emotsional noturg'unlik, kayfiyatni tez o'zgarishi bezovta qiladi. Organizmni alkogolga va boshqa toksik ta’sirlarga ega bo'lgan moddalarga nisbatan tolerantligi pasayadi. Yuklamali sinamalar bilan o'tkazilgan laborator tekshirishlarda yengil o'zgarishlar aniqlanadi va bu jigaming metabolik faoliyati (gepatotsellyular yetishmovchiligi yoki gepatodepressiyada zardobli biokimyoviy sindrom) buzilganligidan dalolat beradi. Gepatodepressiv sindromni aniqlash odatda qon zardobidagi xolinesteraza, albumin, protrombin indeksi va prokbnvertin ko'rsatkichlari hamda yuklamali sinamalar (bromsulfalein, indotsian va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. Ensefalopatiya va gemorragik sindrom katta jigar yetishmovchiligining asosiy klinik belgilari hisoblanadi. Bundan tashqari ushbu guruh bemorlarda modda almashinuvi buzilishlari, isitmalash, sariqlik, endokrin buzilishlar va teridagi o'zgarishlar, assit, shish va boshqa belgilar kuzatilishi mumkin. Ulardagi karaxtlik, eyforiya yoki aksincha ruhiy tushkunlik, tungi uyqusizlik va kunduzgi uyquchanlik ba’zan kuchli bosh og'rishi, bosh aylanishi, qisqa muddatli dezoriyentatsiya va yengil hushdan ketish holatlari ensefalopatiyaning asosiy belgilari hisoblanadi 27.kasallik tarixi sxemasi.yurak qon tomir tizimi. 28. Qon bosimi. Aniqlash usullari. Sistolik va diastolik bosim. Gipertoniya. Gipotoniya Amaliy tibbiyotda sistolik va diastolik arterial bosim farqlanadi. Sistolik arterial Download 386.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling