Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap


Download 386.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana16.06.2023
Hajmi386.14 Kb.
#1503866
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
IKP

bosim qon bosimining yuqori ko'rsatkichi yurak siqilib qonni arteriyalarga haydash 
vaqtidagi bosimni ko'rsatadi. Bu sistola vaqtida haydalgan qon arteriya devorlari 
hamda arterial tizimni to'ldirib turgan qon miqdori tomonidan qarshilikka uchrashi 
bilan tushuntiriladi. Arteriyalarda bosim ko'tariladi va ular devorining birmuncha 
kengayishi kuzatiladi. Diastolik bosim qon bosimining past ko'rsatkichi yurak 
mushaklari bo'shashishi vaqtidagi arteriyalardagi bosimni ko'rsatadi. Diastola 
davrida arterial bosim pasayadi va arteriya devorlari elastik qisqarishi hamda 
arteriolalar qarshiligi hisobiga u aniq bir darajada saqlab turiladi. Shu tufayli qon 
harakatlanishi arteriola va kapillyarlar bo'ylab davom etadi. Diastolik bosim — bu 
arteriyalardagi eng past bosimdir. Demak, arterial bosim ko'rsatkichi yurakdan 
aortaga (zarb hajmiga) haydalayotgan qon miqdoriga va periferik qarshilikka 
proporsionaldir. 
Gipertoniya kasalligi (GK) - surunkali kechuvchi patologik jarayon bo‘lib, uning 
asosiy klinik belgisi arterial gipertenziyaga (AG) olib keluvchi boshqa ichki a’zolar 
kasalliklari bilan bog'liq bo'lmagan holda qon bosimini ko'tarilishi hisoblanadi. GK 
ko'pchilik bemorlarda sekinlik bilan belgilarsiz boshlanadi va aksariyat hollarda 
birinchi marta qon bosim o'lchanganda, profilaktik tekshirish jarayonlarida yoki 
sanatoriyakurort kartalari to'ldirilayotganda tasodifan aniqlanadi. 


Ba’zi kishilarda doimiy past arterial bosim oliy asab tizimi faoliyatining buzilishi 
natijasida tomirlar tonusini nerv boshqaruvi o'zgarishi oqibatida kuzatiladi. Bu 
holat qator klinik belgilar bilan (bosh og'rig'i hamda aylanishi, umumiy behollik va 
boshqalar) namoyon bo'ladi va amaliyotda neyrosirkulyator (birlamchi) gipotoniya 
deb ataladi. Shuningdek, doimiy past qon bosimi amaliy sog'lom kishilar, 
jumladan, sportchilarda (fiziologik gipotoniya) kuzatilishi mumkin. 
29. Portal gipertenziya sindromi. Klinik diagnostika. 
 
 Klinikasi va tashhislash. Klinik amaliyotda portal gipertenziyaning ko'p uchrovchi 
belgilaridan biri portokaval anastomozlar, ya’ni qorin old devoridagi kengaygan 
venalar, bavosil, assit, gepatolienal sindrom (splenomegaliya va gipersplenizm), 
qizilo'ngach - oshqozon varikoz kengaygan venalaridan qon ketishi portal tizim 
ensefalopatiyasi va jigar shunti, qon zardobida biokimyoviy o'zgarishlar 
ko'rinishida namoyon bo'ladi. Portal gipertenziyaga shubha bo'lgan bemor 
ko'rigida kollateral qon aylanishi belgilari - qorin old devori venalari kengayishi va 
bavoswni aniqlash mumkin. Jigar uSti portal gipertenziyasi mavjud bo'lgan 
bemorlarda kengaygan venalar qorin devorining ikkala yonida, ko'krak qafasi 
orqasida va oyoqlarda joylashadi. Jigar ichi portal gipertenziyada ular kindik 
atrofida (meduza boshi) ko'krak qafasida yoki qov sohasiga tarqalgan bo'ladi. 
Odatda, bemorlarda assit rivojlanishidan oldin ichaklarda gazlar rezorbsiyasining 
buzilishi hisobiga qorin dam bo'lishi kuzatiladi. Sezilarli assit bo'lganda qorin 
aylanasi kengayadi, bemor tik turganida u sharsimon shaklda va osilgan bo'ladi. 
Yotgan holatda esa qurbaqa qomini ko'rinishini eslatadi. Kindik bo'rtib chiqib 
turishi mumkin, qorin devorida oq chiziqlar (striyalar) ko'rinadi. Perkussiyada qorin 
yonbosh yoki yon sohasida bo'g'iq tovush aniqlanadi va tana holati 
o'zgartirilishiga qarab bo'g'iqlik ham siljiydi. Kuchli rivojlangan portokaval 
anastomozda kindik va epigastral sohada shovqin eshitiladi. Splenomegaliya va 

Download 386.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling