Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap


Download 386.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana16.06.2023
Hajmi386.14 Kb.
#1503866
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
IKP

anastomozlar yuzaga kelishiga olib keladi. Ular orqali qon jigar parenximasini 
aylanib o'ta boshlaydi va qon aylanishi keskin buziladi. Natijada yangi ishemik 
nekrozo’ rivojlanadi. Yuqorida qayd etilgan jarayonlar hatto birlamchi ta’sir 
etuvchi omil bartaraf etilgan taqdirda ham nekroz jarayoni davom etishiga sabab 
bo'ladi. Biriktiruvchi to'qimaning periportal maydonlardan jigar parenximasiga 
o'sib kirishi oqibatida bo'lakchalar fragmentatsiyaga uchraydi. Hosil bo'lgan 
“yolg'on” bo'lakchalar keyinchalik regeneratsiya tugunlari o'chog'iga aylanishi 
mumkin. Sirrozning alohida ko'rinishlari patogenezida ayrim gepatotoksik 


moddalaming uzoq vaqt va qayta ta’sir qilishi hamda autoimmun jarayonlar va 
boshqa mexanizmlar yotadi 
Laborator - asbobiy tekshirishlarda kasallikning faol davrida umumiy qon tahlilida 
kamqonlik, leykopeniya, ko'p hollarda retikulotsitoz, trombotsitopeniya va ECHT 
ning oshishi aniqlanadi. Kamqonlik gipersplenizm, oshqozon-ichaklardan qon 
ketishi va jigar hujayralari yetishmovchiligi hamda tezlashgan gemoliz hisobiga 
yuzaga keladi. Zardobdagi bilimbin miqdori faqatgina kasallikning kechki 
bosqichlarida yuqori darajalarga etadi. Bog'langan ya’ni konyugirlangan bilimbin 
umumiy bilimbin ko'rsatkichlari me’yorida bo'lganda ham oshishi yoki kamayishi 
mumkin. Bundan tashqari jigar hujayralaridagi bilimbin konyugatsiyasi buzilishi va 
qon zardobidagi gemoliz hisobiga qonda erkin, ya’ni bog'lanmagan bilimbin 
ko'rsatkichlari ko'tariladi. Jigaming biliar sirrozida bilimbinning zardobdagi 
miqdori katta oraliqda o'zgarib (26-340 mkmol/1 —1,5-20 mg/%), asosan 
bog'langan, ya’ni konyugirlangan bilimbin hisobida bo'ladi. Siydikda ko'p 
miqdorda urobilinning aniqlanishi jigar yetishmovchiligining muhim 
ko'rsatkichlaridan bo'lib hisoblanadi. Urobilinni siydikdagi va sterkobilinni 
najasdagi miqdorining kamayishi, sariqlik mavjud bo'lganda va bilimbinning bir 
qismi ichakka ajratilganda kuzatiladi 
Laparoskopiya va ayniqsa, jigar biopsiyasi sirroz shakli uchun xos morfologik 
o'zgarishlami aniqlashga imkon beradi. Rentgen va gastrofibroskopiya yordamida 
qizilo'ngachning kengaygan venalarini aniqlash mumkin. 
Profilaktikasi Surunkali gepatitga chalingan bemorlami o'z vaqtida va muntazam 
davolash, unga olib keluvchi etiologik omillami bartaraf-etish va sanitariya - 
gigiyena qoidalariga rioya qilish kabi tadbirlardan iborat. 
21.umumiy va lokal korik. 
22. O'tkir revmatik isitma. Diagnostika mezonlari (Nesterov-Jons). 
 
 O'tkir revmatik isitma yoki revmatizm - biriktimvchi to'qimaning yallig'lanish bilan 
kechuvchi kasalligi hisoblanadi. Uni A guruhidagi P-gemolitik streptokokk 
chaqiradi va nasliy moyilligi bo'lgan kishilarda yurak qon-tomir tizimi hamda 
bo'g'imlaming shikastlanishi bilan namoyon bo'ladi. Ko'pincha 7 yoshdan 20 
yoshgacha bo'lgan bolalar (ko'proq qizlar) va o'smirlar kasallanadilar. 
Laborator-asbobiy tekshirishlar. Revmatizmni tashhislashda bir qator qo'shimcha 
tekshirish usullaridan foydalaniladi. Uning o'tkir fazasida leykotsitoz bilan bir 
qatorda uning formulasining chapga siljishi xarakterli. Keyinchalik eozinofiliya, 
mono va limfositoz hamda ECHT oshishi (og'ir hollarda 50-70 mm/soat) kuzatiladi. 


Disproteinemiya kuzatilib albuminlar miqdorining (50 % dan kam) kamayishi va 
globulinlaming oshishi va uning natijasida albumin-globulin koeffitsiyentining 

Download 386.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling