Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap
Download 386.14 Kb. Pdf ko'rish
|
IKP
diffuz kasalliklarida (tugunchali periarteriit), qovurg'alararo nevralgiyalarda ham
kuzatiladi. Shuning uchun bemor oshqozon sohasidagi (yoki epigastral) og'riqqa shikoyat qilganda uni quyidagicha tizimlashtirish maqsadga muvofiq: ❖ Joylashishi va irradiatsiyasi (tananing orqasiga, kurak yoki to'sh ortiga va boshqalar); ❖ Og'riqning boshlanish va paydo bo'lish vaqti (to'satdan, doimiy, kunduzi yoki tunda); ❖ Og'riqning ovqat qabul qilish bilan bog'liqligi; ❖ Og'riqning davomiyligi va o'ziga xos xususiyati (doimiy, kesuvchi, to'mtoq, tortuvchi, davriy, to'lg'oqsimon); ❖ Og'riqning mavsumiyligi (kuzda, bahorda); ❖ Og'riq sindromida antatsidlar, sut, natriy gidrokarbonat va spazmolitiklaming samarasi; ❖ Qayt qilishdan, issiq muolajalardan keyin kamayishi; ❖ Og^riqning jismoniy yuklama va psixoemotsional stresslarga bog'liqligi 14. Aorta stenozi. Gemodinamika. Yurak sohasini ko’zdan kechirish, perkussiya va auskultatsiya Aorta ravog‘i stenozi. Aorta ravog'i stenozi (aortal stenoz) - chap qorinchaning chiqish yo'lagini aorta qopqog'i sohasida torayishi hisoblanib, bu jarayon qonni chap qorinchadan chiqib ketishini qiyinlashishiga va u bilan aorta o'rtasidagi bosim nisbatini keskin oshib ketishiga olib keladi. Aorta stenozi barcha yurak nuqsoni bilan og'rigan bemorlami 20 - 25 % ni tashkil etadi, ayollarga nisbatan erkaklarda 3 - 4 marta ko'proq uchraydi. Gemodinamika о ‘zgarishlari. Aorta stenozida chap qorinchaning konsentrik gipertrofiyasi, diastolik disfunksiya, zarb hajmi, koronar perfuziya buzilishi kabi gemodinamik o'zgarishlar kuzatiladi. Auskultatsiyada o'ngda II qovurg'a oralig'ida dag'al sistolik shovqin va I hamda II tonlami o'zgarishi, aksariyat hollarda susayishi eshitilsa ham, ushbu nuqsonga yurak cho'qqisida I tonni susayishi ko'proq xos bo'lib, bu gipertrofiyaga uchragan chap qorinchani izovolyumik qisqarishi sekinlashishi hisobiga yuzaga keladi. Ba’zan o'ng va gipertrofiyaga uchragan chap qorinchalar qisqarishida asinxronlik ortishi hisobiga / tonni bo'linishi (ikkilanishi) kuzatiladi. Aorta ustida II ton susayadi, kompensatsiya bosqichida IV patologik tonni eshitish mumkin. U chap bo'lmacha qisqarish kuchini ortishi hamda taranglashishi va gipertrofiyaga uchragan chap qorinchani diastola vaqtida yetarlicha bo'shashmasligi oqibatida hosil bo'ladi. Yuqorida qayd qilinganidek sistolik shovqin aorta stenozining muhim auskultatsiya belgisi hisoblanadi. Shovqin asosan to'sh suyagining o'ng qirg'og'ida, ikkinchi qovurg'alararo sohada eshitiladi. U bo'yin tomirlariga ayrim hollarda ko'krak (kuraklar orasiga) yoki qorin aortasiga uzatiladi. Shovqin kuchli va baland xususiyatga ega bo'lib, stenoz kuchayib borgan sari intensivligi ortadi. Aorta stenozida sistolik shovqin, o'ziga xos rombsimon shaklga ega. Shovqin I hamda П tonlarga qo'shilmagan holda butun sistolani egallashi mumkin. Uni kuchi emas balki davomiyligi obstruksiya darajasini aks ettiradi. Stenoz darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, rombsimon shovqin “cho'qqisi” II tonga shimcha yaqinlashadi. Uncha kuchli bo'lmagan stenozda shovqin “cho'qqisi” I tonga yaqin joylashadi. 15.Anamnez turlari 16.Gepatomegaliya sindromi. Gepatit. Etiopatogenez. Klinika. Profilaktika .Gepatomegaliya jigar yoki taloq kattalashishi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling