Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap
Download 386.14 Kb. Pdf ko'rish
|
IKP
hisoblanadi.
Yurak auskultatsyasi. Mitral stenoz yakka holda kelganda auskultatsiya vaqtida odatda o'pka arteriyasi ustida П tonni ikkilanishi va aksenti, yurak cho'qqisida esa “qarsillovchi” I ton, П tondan keyin 0,06-0,12 soniya o'tgach qo'shimcha mitrai qopqoqchalarini ochilish shovqini va sistola oldi zo'rayishi bilan kechadigan organik diastolik shovqin aniqlanadi. Shovqin bemomi gorizontal holatida, ayniqsa chap yonboshiga yotganida yurak cho'qqisida yaxshi eshitiladi. “Qarsillovchi” I ton, II ton aktsyenti va mitral qopqoqchalari ochilish tovushi (OS) birgalikda mitral stenoz uchun xos bo'lgan - “bedana ritmi” ni yaratadi 18. 6-savolda yozilgan. 19. Aorta qopqog'ining etishmovchiligi. Gemodinamika. Yurak sohasini ko’zdan kechirish, perkussiya va auskultatsiya. Aorta qopqoqchalari yetishmovchiligi. Aorta qopqoqchalari yetishmovchiligi (aortal yetishmovchilik) uchun qopqoq tavaqalarining diastola vaqtida to'liq birikmasligi xos bo'lib, bu aortadan chap qorinchaga qayta diastolik qon oqimi yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Gemodinamik о ‘zgarishlar. Aorta qopqoqchalari yetishmovchiligida unga otilib chiqqan qonni bir qismini diastola vaqtida qaytib chap qorinchaga tushishi (regurgitatsiya) kuzatiladi. Ayrim hollarda orqaga qaytib kelgan qon hajmi yurakni otib berish hajmini yarmini tashkil etishi mumkin. Bu jarayon chap qorinchaning eksentrik gipertrofiyasi va pirovard oqibatda yurak dekompensatsiyasiga, katta qon aylanish doirasi arterial oqimining qon bilan to'lishiga, periferik to'qima va a’zolar perfuziyasi buzilishiga, koronar qon aylanishi yetishmovchiligiga sabab bo'ladi Yurak sohasi ko'rigi va uni paypaslashda cho'qqi turtkisi chap qorincha gipertrofiyasi hisobiga kuchaygan, kengaygan (“gumbazsimon”), chapga va pastga siljigan. Yaqqol namoyon bo'lgan aorta qopqoqchalari yetishmovchiligida cho'qqi turtkisi old qo'ltiq osti chiziq bo'ylab VI qovurg'alararo sohasida kuzatilishi mumkin. Sistolik titroq aksariyat hollarda yurak asosida - to'sh suyagining chap va o'ng qirrasi bo'ylab, bo'yinturuq chuqurchasi va hatto uyqu arteriyalari ustida aniqlanadi. Perkussiyada aorta yetishmovchiligi bilan og'rigan barcha bemorlarda yurakni nisbiy bo'g'iqlik chegarasi keskin chapga siljiganligi qayd etiladi. Yurak “beli” aniq ifodalangan yurakning aortal shakli xos. Aorta nuqsonini “mitrallashishi” hisobiga chap bo'lmacha dilatatsiyasi yuzaga kelganda (yuqoriga qarang) yurak “beli” tekislanishi mumkin. Auskultatsiyada aorta va Botkin nuqtasida diastolik shovqin, I va II tonlami susayishi eshitiladi. Chap qorinchaning keskin zo'riqishi va qorinchaning izovolyumik qisqarishi pasayishi oqibatida yurak cho'qqisida I ton sustlashadi ba’zan esa ikkilanadi. Nuqson kelib chiqish sababiga ko'ra II ton kuchayishi, susayishi yoki umuman yo'qolishi mumkin. Revmatizm yoki infeksiyali endokardit oqibatida qopqoqchalar tabaqalarini deformatsiyalanishi va qisqarishi aortada II tonni susayishi yoki umuman yo'qolishiga olib keladi. Aortaning zaxmdan zararlanishiga metall tovushli kuchaygan П ton xos (“jaranglovchi” П ton). Patologik III ton aorta yetishmovchiligida aksariyat hollarda aniqlanadi. Uni paydo bo'lishi chap qorinchani zo'riqqanligi, qisqamvchanlik xususiyati va diastolik (tonusi) tarangligi sustlashganligidan dalolat beradi. Diastolik shovqin aorta yetishmovchiligiga xos auskultatsiya belgisi hisoblanadi. Shovqin to'sh suyagidan Download 386.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling