Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap
Download 386.14 Kb. Pdf ko'rish
|
IKP
o'ngda, П qovurg'alararo sohada hamda to'sh suyagining chap qirrasida, Ш-IV
qovurg'alar oralig'ida yaxshi eshitiladi va yurak cho'qqisiga uzatiladi. Diastolik shovqin protodiastola davrida ya’ni darhol П tondan so'ng boshlanadi va diastola davomida asta-sekin susayib boradi 20. Jigar sirrozi. Etiologiyasi, patogenezi. Diagnostika, Profilaktika Jigar sirrozi surunkali avj olib boruvchi kasallik bo'lib, uning hujayralarining nekrozi, biriktiruvchi to'qimalaming o'sishi oqibatida jigar normal arxitektonikasining buzilishi va regeneratsiya tugunlarining hosil bo'lishi bilan namoyon bo'ladi. Bu jarayon oqibatida avj olib boruvchi surunkali jigar yetishmovchiligi va portal gipertenziya belgilari yuzaga keladi. Etiologiyasi va patogenezi. Jigar sirrozi polietiologik kasallik hisoblanib, uning kelib chiqishiga aksariyat hollarda quyidagilar sabab bo'ladi: infeksiyalar (V va S gepatit viruslari), spirtli ichimliklami suiiste’mol qilish, ovqat tarkibida oqsillar va vitaminlaming yetishmasligi, toksik-allergik omillar, xolestaz jarayoni va boshqalar. Yuqoridagi omillar orasida jigar sirrozining kelib chiqishida bizning mamlakatimizda virusli gepatitlar yetakchi o'rin egallaydi. Sirrozning bu turi, jigar hujayralarida virusning persistirlanishi, ya’ni uzoq muddat gepototsitlarda yashashi natijasida kuzatiladi. Uzoq vaqt davom etuvchi alkogol intoksikatsiyasi ichakda vitaminlar va oqsillar so'rilishiga to'sqinlik qiladi, shuningdek bevosita jigar hujayralarining metabolizmiga salbiy ta’sir ko'rsatadi va oqibatda jigar sirrozi rivojlanishiga sabab bo'ladi. Alimentar omil - yaxshi ovqatlanmaslik, asosan oqsillar va vitaminlaming yetishmasligi qator hollarda jigar tsirrozi rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Jigaming toksik sirrozi amaliyotda kamroq kuzatilib, u to'rt xlorli uglerod, fosfor birikmalari, margimush va boshqalaming uzoq vaqt davom etuvchi va qayta ta’siri ostida, shuningdek ovqatdan zaharlanishlarda (zaharli zamburag'lar, geliotrop urug'lari tanovul qilinganda) rivojlanadi. Toksik-allergik sirrozlarga turli xil dori vositalariga (aminazin, ayrim antibiotiklar, sulfanilamid preparatlari va boshqalar) yuqori sezuvchanlik tufayli vujudga kelgan jigar parenximasining distrofiyasi va nekrozi sabab bo‘ladi. Biliar siirozning kelib chiqishida jigar ichi va jigardan tashqari o‘t yo‘llarining obturatsiyasi, yallig'lanishi va buning oqibatida o'tning dimlanishi, ya’ni xolestaz vujudga kelishi katta ahamiyatga ega. Etiologik omil har doim ham sirrozning rivojlanish yo'llari va darajasini belgilamaydi. Jigarga bir xil salbiy ta’sir etuvchi moddalar sirrozning turli xil morfologik shakliga olib kelishi mumkin (portal, postnekrotik va biliar), aksincha ayrim etiologik omillar esa bir xil morfologik shakl rivojlanishiga sabab bo'ladi. Jigar sirrozini patogenetik rivojlanishi undagi morfologik o'zgarishlar bilan chambarchas bog'liq. Bunda jigar hujayralarining turli sabablarga ko'ra qayta nekrozga uchrashi va ular o'm ida biriktiruvchi to'qima o'sishi va oqibatda qon aylanishining buzilishi yetakchi o'rinni egallaydi. Saqlanib qolgan gepatotsitlar yoki bo'lakchalar nekroz o'chog'idan kelib tushuvchi moddalar ta’sirida regeneratsiyaga uchray boshlaydi. Hosil bo'lgan katta regeneratsiya tugunlari atrof to'qimalar va ulardagi tomirlarni (ayniqsa jigar venalarini) siqadi. Oqibatda qonni qayta oqishiga to'siq paydo bo'lib, portal gipertenziya rivojlanadi. Bu o'z navbatida, darvoza va jigar venalari orasida Download 386.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling