Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap
Download 386.14 Kb. Pdf ko'rish
|
IKP
ikkinchi darajali ba’zan umuman kuzatilmaydi; - Bemor uchun odatiy bo'lmagan,
epigastral soha yoki qo'llardagi, bo'yin, tish, pastki jag' sohalaridagi og'riqlar; - Kutilmaganda bemor ahvolini o'tkir yomonlashishi, yurak yetishmovchiligi, qon bosimining tushib ketishi; 318 - EKG ning bir nyechta tarmoqlarida QRS ni o'zgarishi. Bu o'zgarishlami awalgi EKG larda bo'lmasligi; - YIK bilan og'rigan bemorda asossiz isitmalash (uni ко‘rsatkichlaridan qat’iy nazar),. leykotsitoz, ECHT hamda KFK, AST, ALT, LD G va boshqa fermentlar miqdorini oshishi. Klassik og'riqlar bilan namoyon bo'lgan miokard infarktida (anginoz turi) yuqoridagi belgilar bilan bir qatorda, bemor sovuq, yopishqoq ter bilan qoplanadi va o'limdan qo'rqish hissi, qon bosimining tushishi, pulsning tezlashishi, yurak ritmining buzilishi, qo'zg'aluvchanlik, ayrim hollarda o'tkir chap qorincha yetishmovchiligi belgilari paydo bo'ladi. Kuchli, siquvchi, bosuvchi, kuydiruvchi, “xanjarsimon” og'riqlar asosan to'sh ortida joylashib, chap qo'lga, kurak ostiga, jag'ga uzatiladi va aksariyat hollarda 40-60 daqiqa, ba’zan esa soatlab davom etadi (status anginosus). Bir nechta qabul qilingan nitroglitserin, uzoq vaqt ta’sir qiluvchi nitratlar va og'riqni qoldiruvchi narkotik bo'lmagan analgetiklar samara bermaydi. Og'riq asosan narkotik analgetiklardan keyin kamayadi yoki o'tib ketadi 38.Portal gipertenziya. Klinik, laborator va instrumental diagnostika. .Klinikasi va tashhislash. Klinik amaliyotda portal gipertenziyaning ko'p uchrovchi belgilaridan biri portokaval anastomozlar, ya’ni qorin old devoridagi kengaygan venalar, bavosil, assit, gepatolienal sindrom (splenomegaliya va gipersplenizm), qizilo'ngach - oshqozon varikoz kengaygan venalaridan qon ketishi portal tizim ensefalopatiyasi va jigar shunti, qon zardobida biokimyoviy o'zgarishlar ko'rinishida namoyon bo'ladi. Portal gipertenziyaga shubha bo'lgan bemor ko'rigida kollateral qon aylanishi belgilari - qorin old devori venalari kengayishi va bavoswni aniqlash mumkin. Jigar uSti portal gipertenziyasi mavjud bo'lgan bemorlarda kengaygan venalar qorin devorining ikkala yonida, ko'krak qafasi orqasida va oyoqlarda joylashadi. Jigar ichi portal gipertenziyada ular kindik atrofida (meduza boshi) ko'krak qafasida yoki qov sohasiga tarqalgan bo'ladi. Odatda, bemorlarda assit rivojlanishidan oldin ichaklarda gazlar rezorbsiyasining buzilishi hisobiga qorin dam bo'lishi kuzatiladi. Sezilarli assit bo'lganda qorin aylanasi kengayadi, bemor tik turganida u sharsimon shaklda va osilgan bo'ladi. Yotgan holatda esa qurbaqa qomini ko'rinishini eslatadi. Kindik bo'rtib chiqib turishi mumkin, qorin devorida oq chiziqlar (striyalar) ko'rinadi. Perkussiyada qorin yonbosh yoki yon sohasida bo'g'iq tovush aniqlanadi va tana holati o'zgartirilishiga qarab bo'g'iqlik ham siljiydi. Kuchli rivojlangan portokaval anastomozda kindik va epigastral sohada shovqin eshitiladi. Portal gipertenziyani tashhislash uchun qo'shimcha tekshirish usullaridan rentgen, eofagogastroskopiya, teri orqali splenomanometriya o'tkaziladi. Portal bosim teri orqali splenomanometriya oshqozon va qizilo'ngach varikoz kengaygan venalarini aniqlash rentgen va endoskopik splenomegaliya, UTT, sintigrafiya va seliakografiya, astsit (ayniqsa oz miqdordagi suyuqlik) - UTT va kompyuter tomografiyasi yordamida aniqlanadi. 39.Allergologik anamnez. Download 386.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling