Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap
Download 386.14 Kb. Pdf ko'rish
|
IKP
miokardning ishemiyaga uchragan qismini qisqamvchanlik darajasi baholanadi
32.Surunkali xoletsistit. Klinik, laborator va instrumental diagnostika. .Surunkali xolesistit o't pufagini surunkali yallig'lanishi hisoblanib o'tkir xolesistitdan keyin yoki mustaqil ravishda sekin-asta rivojlanadi va o't chiqarish yo'llarining motor - evakuator buzilishlari bilan kechadi. Klinik manzarasi. Bemorlar qovurilgan, yog'li va ko'p miqdorda tanovul qilingan ovqatdan 1-3 soat o'tgach yuzaga keladigan o'ng qovurg'a osti sohasidagi to'mtoq og'riqlarga shikoyat qiladilar. Ular yuqoriga, o'ng yelka, kurak va bo'yinning o'ng qismiga uzatiladi. Agarda xolesistit o't-tosh kasalligi bilan birgalikda kelsa, og'riqlar xurujsimon xarakterga ega. Bemorlarda og'riqlar bilan bir qatorda og'izda achchiq ta’m va temir mazasining bo'lishi, havo bilan kekirish, ko'ngil aynishi, qorinning dam bo'lishi va qabziyat hamda ich ketishlaming almashinib turishi kabi dispeptik belgilar kuzatiladi. Ayrim hollarda kasallik og'riqsiz kechib, bemorlami epigastral sohada og'irlik hissi va faqat dispeptik o'zgarishlar bezovta qiladi. Ba’zan tana harorati subfebril darajagacha ko'tariladi. Bemorlaming tashqi ko'rinishi o'zgarishsiz, lekin ko'pchiligida ortiqcha tana vazni bo'lishi mumkin. Umumiy ko'rik vaqtida ba’zan qorinning gazlar bilan (asosan yuqori qismida) to'lganligi qayd etiladi. Qorinni yuzaki paypaslaganda sezuvchanlik, ayrim hollarda esa o't pufagi sohasida bir oz og'riq aniqlanadi. Qorin devori mushaklarida taranglik yo'q, Myussi-Georgiyevskiy, Ortner, Obrazsov- Merfi, Vasilenko sinamalari musbat. Jigar gepatit, xolangit kabi asoratlar rivojlanganda biroz kattalashgan, zich va og'riqli bo'lishi mumkin. O 't pufagi odatda paypaslanmaydi. 536 Laborator - asbobiy tekshirishlar. Qondagi o'zgarishlar me’yorida yoki bir oz leykotsitoz va ECHT ning oshishi kuzatiladi. Duodenal saqlanmaning V portsiyasida yallig'lanish belgilari (shilliq, “leykotsitlar”, deskvamatsiyalangan epiteliya hujayralari) aniqlanadi. Agar yallig'lanish jarayoni o't yo'llariga ham tarqalgan bo'lsa (xolangit), yuqoridagi o'zgarishlar S portsiyada ham topiladi. Ayrim hollarda ko'p marotaba zondlashda ham V portsiyani olishga erishilmaydi. Bu o't pufagining qisqaruvchanlik faoliyati buzilganligidan dalolat beradi va surunkali xolesistit uchun xos belgi hisoblanadi. Pufakdagi o'tni bakteriologik tekshirish mikroblar florasi haqida axborot olishga va yo'naltirilgan antibakterial davo buyurishga imkon yaratadi. O't pufagini UTT yordamida surunkali yallig'lanishga xos bo'lgan belgilar, ya’ni chandiqlar rivojlanishi hisobiga shakllangan deformatsiyalar, devorining qalinlashganligi va cho'kmalar aniqlanadi. Xolesistografiyada o't pufagining shakli o'zgarganligi va ko'rinishi aniq bo'lmasligi, uning shilliq qavati konsentratsiyalash faoliyati buzilganligidan dalolat beradi. Parenteral (pankreozimin-xolesistokinin) stimulyator kiritilganidan so'ng o't pufagini yetarli bo'lmagan darajadagi qisqarishi kuzatiladi. 33.Umumiy ko’rik 34. Gipertoniya kasalligi, xavf omillari, tekshiruv, diagnostika, profilaktika. Gipertoniya kasalligi (GK) - surunkali kechuvchi patologik jarayon bo‘lib, uning asosiy klinik belgisi arterial gipertenziyaga (AG) olib keluvchi boshqa ichki a’zolar kasalliklari bilan bog'liq bo'lmagan holda qon bosimini ko'tarilishi hisoblanadi. GK Download 386.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling