Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap


Download 386.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana16.06.2023
Hajmi386.14 Kb.
#1503866
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
IKP

gipersplenizm portal gipertenziyaning muhim belgisi hisoblanadi. 
Splenomegaliyada bemorlar taloqni uni o'rab turgan a’zolar bilan bitishmalar hosil 
qilishi va ba’zan undagi infarktlar bilan bog'liq bo'lgan chap va o'ng qovurg'a osti 
sohasidagi og'irlik hissiga shikoyat qiladilar. Gipersplenizm trombotsitlar sonining 
1 mkl qonda 80 000-30 000 gacha, leykotsitlami 3000-1500 kamayishi bilan 
namoyon bo'ladi. Shuningdek, bemorlarda yengil kamqonlik kuzatilishi mumkin. 
Portal gipertenziyani tashhislash uchun qo'shimcha tekshirish usullaridan rentgen, 
eofagogastroskopiya, teri orqali splenomanometriya o'tkaziladi. 
30.kasallik tarixi sxemasi.mushak skelet tizimi. 
31.YuIK. Nostabil stenokardiya. Tekshirish va diagnostikasi. Xavf 
omillari. Tashxis mezonlari. Oldini olish. 


 
Laborator - asbobiy tekshirishlar. Stabil zo'riqish stenokardiyada laboratoriya 
ko'rsatkichlarida o'zgarishlar kuzatilmaydi. Undan farqli o'laroq, ayrim hollarda 
nostabil stenokardiyaga chalingan bemorlar qonida KFK, AsAT, troponin va 
xolesterin miqdori oshishi mumkin. Shuningdek, gemostaz tizimda ayrim . 
Stenokardiyani turg'un va turg'un bo'lmagan (nostabil) turlari farqlanadi. Turg'un 
zo'riqish stenokardiyasida og'riq xurujlari bir xil darajadagi jismoniy zo'riqishda 
paydo bo'lib, ERG da ST segmenti depressiyasi kuzatiladi. U o'z navbatida 
bemoming jismoniy zo'riqishga chidamliligiga ko'ra to'rtta funksional sinfga (FS) 
bo'linadiNostabil stenokardiyada xunijlar davomiyligining uzayishi va og'irlashishi, 
og'riqlar xarakterini o'zgarishi, bemorlami jismoniy zo'riqishga chidamliligini 
keskin kamayishi, og'riqlami tinch holatda ham paydo bo'lishi, nitratlarga 
sezuvchanlikni pasayishi kuzatiladi. Qabul qilinayotgan nitroglitserinlar soni 
kuniga 20-40 ta tabletkagacha yetishi mumkin, lekin uni samarasi juda kam yoki 
umuman bo'lmaydi. Bu holatda miokard infarkti rivojlanish xavfi
• yuqori.o'zgarishlar aniqlanadi. Elektrokardiografiya. YIK ga shubha qilingan 
bemorlaming EKG sida o'zgarishlar aniqlanmasa, odatda yuklama bilan EKG 
o'tkaziladi. Bu tekshirish usuli yordamida tashhis qo'yish bilan bir qatorda, 
bemomi jismoniy zo'riqishga individual chidamliligini (tibbiy tiklash va mehnatga 
layoqatliligi), stabil stenokardiyani funksional sinfini, kasallik prognozini, 
o'tkazilgan (medikamentoz va jarrohlik) davo samaradorligini hamda antianginal 
dorilar miqdorini aniqlash mumkin. Aksariyat hollarda RS-T oraliqni o'rta chiziqdan 
1 mm dan ko'pga gorizontal yoki qiyshiq pastga yo'nalgan ko'rinishda siljishi va T 
tishchani o'zgarishi (silliqlagan, teng yelkali, o'tkir uchli manfiy T hosil bo'lishi) 
kuzatiladi. Kun davomida Xolter bo'yicha EKG monitorlash bemomi doimiy faolligi 
sharoitida olinadi. EKG V2-V5 tarmoqlarda bemor beliga osib qo'yilgan portativ 
monitoming magnit tasmasiga yoziladi va keyin kompyuterda maxsus programma 
yordamida tahlil qilinadi. Jismoniy yuklamali sinama bilan EKG olish YIK ni 
birlamchi tashhislashda hamda toj tomirlarda qon aylanish holatini va jismoniy 
zo'riqishga sezuvchanlik darajasini baholashda yetakchi invaziv bo'lmagan 
tekshirish usuli hisoblanadi. Jismoniy zo'riqish bilan sinamalar veloergometriya 
yoki tredmil yordamida o'tkaziladi. Koronar angiografiya ateroskleroz mavjudligini 
ishonchli aniqlash usullaridan biri bo'lib, toj arteriyalarining torayish darajasi va 
o'lchamini aniqlashga katta yordam beradi. Exokardiografiya yordamida 

Download 386.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling