Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap
Download 386.14 Kb. Pdf ko'rish
|
IKP
anamnez va ezofagogastroduodenoskopiya tekshiruvi hal qiluvchi ahamiyatga
ega. Profilaktikasi. Kasallikning profilaktikasi ovqatlanish, ovqat mahsulotlari va masalliqlami saqlash tartibiga hamda shaxsiy sanitariya - gigiena qoidalariga rioya qilish kabi tadbirlami o'z ichiga oladi. Surunkali gastrit (SG) - oshqozon shilliq qavatining yallig'lanishi va distrofik o'zgarishlari oqibatida fiziologik regeneratsiya jarayonining buzilishi va bezlar atrofiyasi hamda uning motor, sekretor, inkretor faoliyatining o'zgarishi bilan kechadigan surunkali kasallik. Etiologiyasi va patogenezi .SG polietiologik kasallik bo'lib, uning kelib chiqishida quyidagi omillar ahamiyatga ega: > Alimentar - ovqat iste’mol qilish tartibi va sifatining buzilishi; > Pilorik qism xelikobakteriyasi; > Autoimmun va nasliy omillar (HLA, Bg, DR3, DR4 antigenlar); > O't suyuqligi refluksi ta’siri (12 barmoq ichak o'tkazuvchanligining buzilishi, pilorik jom yetishmovchiligi) > Ayrim dorilar (GKS, nospetsifik yallig'lanishga qarshi vositalar, rauvolfi preparatlari va boshqalar) hamda sanoat va qishloq xo'jaligida ishlatiladigan kimyoviy moddalar. Laborator-asbobiy tekshirishlar. Ezofagogastroduodenoskopiya yordamida tekshirish usuli (ko'rsatmalar bo'lganda biopsiya olish bilan) gastritlami tashhislashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ushbu tekshirishda kasallik klinik shakliga mos ravishda yuqorida qayd etilgan o'zgarishlar aniqlanadi. Profilaktikasi. Kasallikning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasiga ovqatlanish tartibiga rioya qilish, mexanik, kimyoviy, termik nojo'ya ta’sirga ega, ya’ni oshqozon shilliq qavatiga qo'zg'atuvchi hamda salbiy ta’sir ko'rsatuvchi taomlar va ichimliklami (birinchi navbatda spirtli) iste’mol qilmaslik, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, og'iz bo'shlig'i sanatsiyasi va boshqalar kiradi. Kasb bilan bog'liq bo'lgan zararli ta’sirlami bartaraf etish, sigareta chekishdan voz kechish ham shular jumlasidandir. 3. Kasallik tarixi sxemasi. Pasport ma'lumotlarining ahamiyati. Asosiy va qo’shimcha shikoyatlar. 4. Mitral qopqoq etishmovchiligi. Gemodinamika. Tekshirish perkussiya va yurak auskultatsiyasi Mitral qopqoqchalar yetishmovchiligi (mitral yetishmovchilik) deganda qorinchalar sistolasi vaqtida qopqoqcha tabaqalarini to'liq yopilmasligi sababli qonning chap qorinchadan chap bo'lmachaga regurgitatsiyasi (qayta tushishi) tushuniladi. Gemodinamikadagi о ‘zgarishlar. Mitral qopqoqchalar yetishmovchiligida chap qorinchadan chap bo'lmachaga qonni qayta oqib o'tishi hisobiga chap qorincha va chap bo'lmacha dilatatsiyasi va gipertrofiyasi , yurakni qon otib berish xususiyatining pasayishi bir qator muhim gemodinamik o'zgarishlarga olib keladi. Kasallik uzoq davom etganda chap qorinchani qisqaruvchanligi keskin pasayib ketadi va bemorda chap qorincha yetishmovchiligi shakllanadi. Bu kichik qon aylanish doirasida venoz dimlanish, keyinchalik esa o'pka gipyertenziyasi rivojlanishiga sabab bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan o'ng qorincha gipertrofiyasi va dilatatsiyasi shakllanadi hamda katta qon aylanish doirasida qon dimlanishi bilan kechuvchi o'ng qorincha yetishmovchiligi belgilari yuzaga keladi. Perkussiyada chap qorincha dilatatsiyasi hisobiga yurakning nisbiy to'mtoqlik chegarasini chapga siljishi kuzatiladi. Chap bo'lmachaning dilatatsiyasi yaqqol Download 386.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling