Ikp on javoblari Yurak yetishmovchiligi o'tkir va surunkali, o'ng va chap
Download 386.14 Kb. Pdf ko'rish
|
IKP
namoyon bo'lganda yurakning nisbiy to'mtoqlik chegarasi yuqoriga siljishi hamda
yurak “beli” silliqlanishi (mitral shakl - konfiguratsiya) mumkin. Auskultatsiyada yurak cho'qqisida I tonni susayishi yoki umuman eshitilmasligi xos bo'lib, bu chap qorinchani izovolyumik qisqarishi vaqtida mitral qopqoqchalami zich berkilmasligi sababli yuzaga keladi. Kasallikning kechki bosqichlarida, chap qorincha yetishmovchiligi va o'pka gipertenziyasi rivojlangan hollarda o‘pka arteriyasi ustida П ton aksenti ba’zan (kamdan-kam hollarda) chap qorinchadan qonni haydab chiqarilish davri qisqarishi hisobiga П tonning aorta komponenti erta paydo bo'ladi va natijada uning ikkilanishi aniqlanadi. Mitral yetishmovchiligida ba’zan patologik III ton eshitilishi mumkin. U chap qorinchani hajm zo‘riqishi hisobiga yuzaga keladi. Mitral qopqoqcha yetishmovchiligining muhim auskultativ belgilaridan biri yurak cho'qqisida eshitiladigan sistolik shovqin hisoblanadi.. Mitral yetishmovchilikda sistolik shovqin I tondan keyin yoki u bilan birga kelishi mumkin. Shovqin yurak cho'qqisida yaxshi eshitiladi va chap qo'ltiq osti sohasiga uzatiladi. Sistolik shovqinni kuchi qon qayta oqimi yo'lidagi anatomik tuzilmalar nuqsoniga bog'liq. Nuqson qanchalik katta bo'lsa, shovqin shunchalik baland va dag'al xususiyatga ega bo'ladi. 5. Oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning oshqozon yarasi. Asosiy klinik belgilar. Klinik manzarasi. Kasallikning klinik manzarasi yaraning joylashishi, o'lchamlari, chuqurligi, oshqozonning sekretor faoliyati, bemor yoshiga bog'lik holda turli- tuman bo'ladi va asosiy belgisi og'riq simtomi hisoblanadi. Oshqozonning orqa devori va kardial qismi yaralarida og'riq ovqat iste’mol qilgandan keyin yuzaga keladi va xanjarsimon o'siq asosida joylashadi. Og'riqlar simillovchi, to’mtoq 524 xarakterda bo‘lib, ko‘p hollarda to‘sh ortiga va yurak sohasiga uzatiladi. Kichik egrilik yarasi uchun ovqatdan so‘ng 15-60 daqiqa o‘tgach yuzaga keladigan epigastral sohadagi og'riqlar xos. Bemorlarda ko'proq ko'ngil aynishi va jig'ildon qaynashi kuzatiladi, qayt qilish esa nisbatan kam uchraydi. Antral yaralarda aniq davriylik va “och qoringa” yuzaga keladigan og'riqlar kuzatiladi. Bunda barcha bemorlarda oshqozon sekretor faoliyatining oshishi qayd etiladi va kasallik qonashga moyillik bilan kechadi. Oshqozonning yuqori qismi yaralarida og'riqlar tez-tez kuzatilib, to'sh ortida yoki undan chaproqda joylashadi va xarakteriga ko'ra stenokardiya og'riqlariga o'xshab ketadi. O'n ikki barmoqli ichak yarasi uchun asosan kechki og'riqlar (ovqatdan 1,5-3 soat o'tgach), och qoringa, tungi ovqat iste’molidan keyin paydo bo'luvchi va antatsidlar qabulidan keyin o'tib ketuvchi og'riqlar xos. Ular o'ng yonbosh sohasida, ayrim hollarda kindik atrofida, qorinning yuqori o'ng kvadratida joylashadi va ba’zan belga, to'sh sohasiga uzatiladi. Og'riqlar asosan kesuvchi, sanchuvchi ba’zan to'mtoq xarakterga ega bo'ladi. Piyozchadan tashqarida joylashgan yaralarda (kardial va subkardial qismlar) og'riqlar prekardial sohaga, chap ko'krakka, umurtqaning ko'krak qismiga, o'n ikki barmoqli ichak piyozchasi (ayniqsa orqa devorida) va piyozcha orti qismi yaralarida esa og'riq bel, o'ng ko'krak orti, ko'kraklararo oraliq va ayrim hollarda o'ng yonbosh sohaga uzatilishi mumkin. Ayrim bemorlarda (24-28 %) yara kasalligi atipik kechadi va og'riqsiz yoki boshqa kasalliklami eslatuvchi Download 386.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling