Ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal Barkamol avlod Vatanning baxti
Download 491.04 Kb. Pdf ko'rish
|
qilinganligi mazkur irim ot bilan bog‘liq totemistik e’tiqodlarga borib taqalishidan dalolat beradi. Chaqaloqning kindigi tush- ganda uning o‘rniga onasining sochini kuydirib bosishgan. Tush- gan kindikni tashlab yuborish yoki har joyga qo‘yish ham mumkin bo‘lmagan. Momolar chaqaloqning tushgan kindigini avaylab biror ohorli mato yoki dokaga o‘raganlar va beshikning boshiga osib qo‘y- ganlar yoki chaqaloq yostig‘ining tagiga bekitib qo‘yganlar. Shu tariqa bola bir yoshiga yetguniga qadar ana shu kindikni yo‘qot- Hamdam SHORAHMEDOV suvratga tushirdi. (Davomi. Avvali 17-betda). BOLALAR SPORTI — SPORTIMIZ KELAJAGI Sizlarni futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlarida ham ko‘raylik.
27 maslikka harakat qilishgan. Chunki tushgan kindik bolaning hamrohi — yo‘ldoshi deb hisoblangan. «Chilla» davri ikkiga, ya’ni «katta» va «kichkina» chillaga bo‘lingan bo‘lib, bu davrda «ism qo‘yish», «bola qulog‘iga azon aytish», «bolani cho‘miltirish», «it ko‘ylak va chilla ko‘ylak kiydirish», «chaqaloqning besh, yetti, to‘qqiz kunligini o‘tkazish», «chaqaloqni turli ziyonlardan asrash rituallari», «chaqaloqni ko‘z-suqdan saqlash udumlari», «chaqaloqning kindigi tushishi», «chilla sochini olish», «chilla tirnog‘ini olish» va «beshikka solish» kabi udum hamda maro- simlar bajarilgan. Chaqaloq tug‘ilgandan keyingi uch kun, ayniqsa, xatarli hisob- lanar ekan. Chunki bu kunlar ichida alvasti yoki mortu chaqaloqqa ko‘krak tutgudek bo‘lsa, o‘sha bola nobud bo‘ladi deb o‘ylaganlar. «Chaqaloq uch kundan o‘tsa, yashab ketadi», degan qarash mavjud bo‘lgan. Shuning uchun go‘dak uch kunlik bo‘lganida uch — to‘rt nafar kampir ishtirokida «chilla ko‘ylak» yoki «it ko‘ylak» kiydirish marosimi o‘tkazilgan. Chaqaloqning «it ko‘ylagi» momosi yoki bobosining eski oq ko‘ylagidan tikiladi. «It ko‘ylak» chaqaloqning badaniga qattiq tegmasligi uchun uning choklari teskari qilib tikilgan. O‘g‘il bolaga atab tikilgan «it ko‘ylak» avval otning qozig‘iga uch marta kiydirib-chiqarib olinib, keyin chaqaloqqa kiygizilgan. Qiz bolaning «it ko‘ylagi» esa avval itning boshiga kiygizib olingan. Chilla davri tugagach, bu ko‘ylak chaqaloqdan yechib olingan va bolaning ukalari uchun asrab qo‘yilgan. Bolasi turmaydigan oilada chaqaloq dunyoga kelganda, unga atab tikilgan «it ko‘ylak» qirq kundan so‘ng yechib olingan va bir hovuch arpa, bug‘doy va makka bilan mozorga tashlab kelingan. Bu donlarni chumchuqlar terib yesa, chaqaloq sog‘-omon bo‘lib o‘sadi, deb tasavvur qilingan. Mamlakati- mizning ayrim joylarida chaqaloqni yomon ko‘zlardan saqlash uchun qirq kundan keyin yechib olingan «it ko‘ylak» kuchukka kiydirilgan. Bu odat zamirida chaqaloq itday sezgir, vafodor, serfarzand va rizq- ro‘zli, otday o‘ktam, chopag‘on bo‘lsin, degan ma’no yotgan. Bundan tashqari, chaqaloqqa chilla davrida xavf solishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni ko‘ylak vositasida it yoki otga o‘tkazish bilan aloqador magik qarashlar ham o‘z ifodasini topgan. Chaqaloq besh kunlik bo‘lganda uni ziyon-zahmatdan saqlash maqsadida alohida marosim o‘tkazilgan. O.Safarovning yozi- shicha, «o‘tmishda bolasi turmay- digan onalar chaqalog‘i dastlabki besh kunlikdan o‘tsa, uni chol yashaydigan eski chordevordan olib o‘tish rasm bo‘lgan. Bunda chaqa- loqning o‘sha chol va chordevorday uzoq umr ko‘rishi istagi ko‘zda tutilgan». Bizning nazarimizda esa, chaqaloq besh kunlik bo‘lganida aytiladigan quyidagi ritual qo‘shiq aslida bolani keksa chol istiqomat qiladigan hovlining devoridagi teshikdan o‘tkazish paytida ijro etilgan:
Beshdan o‘tdi, toshdan o‘tdi, Chordevor hovlidan o‘tdi, Choli bor hovlidan o‘tdi, Otasining qo‘shpichog‘i, Onasining oshpichog‘i, Opasining ovunchog‘i. Chaqaloq tug‘ilsa-da, bolasi turmaydigan oilalarda farzand dunyoga kelganda, quyidagi magik amallar bajarilgan: birorta yoshi ulug‘ chol yashaydigan hovlining eski devorini teshib, chaqaloqning boshini ana shu teshikdan uch marta u yoqdan-bu yoqqa o‘tkazib olishgan va har gal «yechil-yechil» degan aytimni takrorlab turganlar. Ayrim joylarda esa yoyilgan supraning ustiga qora qozonni to‘nkarib qo‘yib, yangi tug‘ilgan chaqaloqni uning tagidan uch marta Burxon RIZOQULOV suvratga tushirdi. POLVONLAR BAHSI — BU, MARDLAR MAYDONI Navro‘z shodiyonalariga kurash alohida fayz bag‘ishlaydi. 28 o‘tkazishgan. Bunda ham yuqoridagi kabi, momolar «yechil-yechil» aytimini ijro etib turishgan. Bizningcha, chaqaloq boshini devor teshigidan o‘tkazishdan iborat ramziy ritual chog‘ida ijro etilgan bu magik aytim keyinchalik bola tug‘ilgandan keyingi beshinchi kechani kuzatish marosimida aytiladigan an’anaviy qo‘shiqqa aylangan. bo‘lgan yuqoridagi marosim ayti- mida xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos badiiylik mezonlari ko‘zga tashlanadi. Jumladan, birinchi bandda «besh», «tosh», «choli bor — chordevor» kabi so‘zlar o‘zaro qofiyalanib kelgan bo‘lsa, keyingi bandda «otasi — onasi — opasi», «oshpichog‘i — qo‘shpichog‘i — ovunchog‘i» so‘zlari qo‘sh qofiyani hosil qilgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqni turli xil kasalliklardan saqlash uchun barcha amallar bajarilishiga qara- may, ba’zi hollarda chaqaloq dardga duchor bo‘lgan. Ayniqsa, yosh bolalar orasida «ko‘kyo‘tal» kasalligi ko‘proq uchragan. Ko‘kyo‘tal bo‘l- gan bolaga ko‘k kaptarning pati ivitilgan suvni ichirayotib: Ko‘k kaptar, ko‘k kaptar, Dardiga davo ber, kaptar, Shifo bergan zahoting, Sen kabi uchsin, kaptar, — deb aytim aytilgan. Mazkur aytimda she’riy mahoratning yana bir shakli — epifora mavjud bo‘lib, bu san’atning asosiy mohiyati she’riy asarning misralari oxirida tovushlar, so‘zlar va iboralarning takrorlanib kelishi bilan xarakterlanadi. Bu yerda «kaptar» so‘zi misralar oxirida kelib, lirik qahramonning qalbidagi tug‘- yonlarini — iltijolarini, eng ezgu istaklarini ta’kidlab ko‘rsatishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda, bizning diqqatimizni aynan ko‘k rangli kaptarga qaratib, ayni shu rangdagi jonivorlar ko‘plab dard- larga davo bo‘lishi haqidagi xalq qarashlariga ham ishora qilmoqda. Chaqaloqning tirnog‘ini birinchi marta olish bilan aloqador bir qator udum, irim-sirim va aytimlar haqida ham to‘xtalaylik. O‘g‘il bolaning tirnog‘i birinchi marta olinganda, uning qo‘li qo‘yning ustiga qo‘yib turilgan. Olingan tirnoqni mevali daraxt tagiga ko‘mishgan yoki devor yorig‘iga tiqib, bekitib qo‘yishgan. Tirnoq daraxt tagiga ko‘milsa, bolaning rizqi mo‘l bo‘ladi, deb o‘ylashgan. Qiz bolaning tirnog‘ini birinchi marta olganda, qirqilgan tirnoqni bitta ohorli lattaga o‘rab, bir hovuch bug‘doy bilan ariq labiga ko‘mib qo‘yishgan. Ko‘milgan bug‘doy donlari ko‘karib, o‘sib chiqqani sayin chaqaloq ham o‘sib- ulg‘ayadi, deb tasavvur qilingan. Xalq orasida «bolaning tirnog‘ini olsa, uning umri qisqaradi hamda dardmand bo‘ladi» degan ishonch- lar mavjud bo‘lganligi sababli vohaning ayrim joylarida chaqa- loqning tirnog‘i olinmagan. Tirnoqni bolaning umri bilan bog‘lashga asoslangan tasavvurlar jahonning boshqa xalqlarida, jumla- dan, karellarda ham mavjud bo‘lgan. Karel ayollari bolaning tili chiqma- gunicha, uning tirnoqlarini o‘z tishlari bilan uzib olishgan. Bizda ham soch bilan bog‘liq o‘ziga xos mifologik tasavvurlar saqlanib qolgan. Shuning uchun ham bolaning sochini birinchi marta olish, «haydar» — kokil qoldirish va «soch to‘yi» marosimi an’anaviy tarzda o‘tkazib kelingan. Chilla davrida chaqaloqning sochini birinchi marta olish marosimi «chilla soch» deyilgan. Chaqaloqning sochini birinchi marta olishda ham magik xarakterdagi muayyan irim- sirim va odatlarga amal qilishgan. Bolaning «umr yo‘li oq bo‘lsin», degan niyatda chaqaloqning sochi olinadigan joyda yangi ohorli oq ro‘mol to‘shalgan. Sochini olishdan avval «bolaning umri uzun bo‘lsin» degan ma’noda serfarzand, o‘zidan tinib-tinchigan biror kishi, ko‘- pincha go‘dakning bobosi yoki momosi bolaning sochiga qaychi urib bergan. «Chilla sochi»ni hovli- dagi birorta mevali daraxt (ko‘pin- cha, tok)ning tagiga ko‘mishgan. Uzoq yillar farzand ko‘rmay yurgan yoki farzand ko‘rsa-da, bolasi turmaydigan oilalarda tug‘il- gan o‘g‘il bolaning sochi olinganda esa boshining o‘ng tomonida, chaqaloq qiz bola bo‘lsa, chap tomonida kokil qoldirilgan. Bu kokil xalq orasida «choch niyoz» («soch niyoz») deb yuritilgan. Bir yilga qadar «choch niyoz» olinmaydi va yuvib-tarab, parvarishlanadi. «Choch niyoz» bola bir yoshga to‘lganidan keyin birorta mozorga borib qo‘y so‘yilgan va kokili olingan. Ba’zi hududlarda bolaning sochini birinchi marta olayotganda boshi- ning orqa tomonida bir tutamgina sochni ataylab qoldirishadi. Ana shu qoldirilgan soch tolalari «ergash soch» deyiladi. Bu odat zamirida oilaning yangi tug‘ilgan chaqalog‘i ketidan keyingi far- zandlar ergashib kelsin, ya’ni oila serfarzand bo‘lsin, degan ezgu niyat o‘z aksini topgan. Bu irim odatda kam farzand ko‘rgan yoki tug‘ilgan chaqaloqlari voyaga yetmay nobud bo‘lib ketaveradigan oilalarda bajarilgan. Bola va ona bilan bog‘liq barcha marosimlar bajarilgandan so‘ng chilla davri tugaydi. Chaqaloq va onasi bu davrdan eson-omon o‘tib olganlari munosabati bilan navbat- dagi kichkina marosim, ya’ni «chilla qochdi», «chilla quvdi» o‘tkazilgan. Chilla davri tugagach, chaqa- loqning tug‘ilish vaqtida momolar tomonidan chiltanlarga, deb silab olingan paxtani qushnoch momo yordamida chiroq qilib yoqib yuborganlar. Chiroqning chilla 29 davridan keyin yoqilishiga sabab shuki, chaqaloq «mening qirqimda qovurmoch qilma, chillamda chiroq yoqma», der ekan. Shuning uchun bu tadbir chilla davri tuga- gandan so‘ng bajarilgan. Shundan so‘ng bola va ona cho‘milib, qirq birinchi kun kelin yasangan holda, chaqalog‘ini qo‘liga olib, ota- onasini ko‘rgani — qaynonasi yoki turmush o‘rtog‘i bilan birga, «chilla qochdi» qilib borishgan. Bu tadbirda quda tomon qovurmoch qilib bor- gan va ovulga tarqatganlar. Qovur- mochning donasi yerga tushmasli- giga juda qattiq rioya qilganlar. Xalq qarashlariga ko‘ra, yerga tushgan bug‘doyni parranda, mol yoki odam olib yesa, quturish kasalligiga duchor bo‘lar emish. Bu marosimda dasturxonga turli-tuman noz- ne’matlar va osh tortilgan. Ona va bolaga oldindan tikib tayyorlab qo‘yilgan kiyimlar berilgan. Chaqa- loqqa oq matodan tikilgan kiyim kiygizilgan. Uni ilk bor momosi qo‘liga olayotganida yaxshi niyat qilib, oqlik ramzi sifatida peshonasiga un surgan. Bu tadbirga faqat yaqin qarindoshlar yig‘ilgan va marosim nihoyasida ona va bolaga sarpolar berilgan. Shundan keyin ona va bola bemalol xohlagan xonadonga mehmonlikka borishlari mumkin hisoblangan. Bola tug‘ilishi bilan aloqador an’anaviy marosim folklori janrlari tizimida chaqaloqni beshikka ilk bor belash va beshik to‘yi marosimi folklori muhim o‘rin tutadi. Beshik to‘yi marosim folklorining qadimiy uzvlaridan biri ekanligini Mahmud Koshg‘ariyning «Devon-u lug‘otit turk» asaridagi beshikka aloqador leksemalar ham tasdiqlaydi. Folklorshunosligimizda beshik to‘yi marosimining kelib chiqish tarixi, o‘tkazilish tartibi va unda ijro etiladigan folklor asarlarining badiiy xususiyatlari haqida bir qator ilmiy asarlar yaratilgan. Xususan, profes- sor O.Safarovning bola tarbiyasi- Vladimir GRANKIN suvratga tushirdi. ning beshik davri bilan aloqador qo‘shiq, aytim va olqishlarni ilk bor ilmiy tavsiflashga doir ishlari, yosh tadqiqotchi N.Qurbonovaning beshik to‘yining o‘zbek bolalar marosim folklorida tutgan o‘rniga doir nom- zodlik dissertatsiyasida bu masala bo‘yicha qiziqarli ilmiy kuzatishlar bayon qilingan. Ammo marosim folklorining boshqa janrlarida bo‘l- gani singari, beshik to‘yi bilan bog‘- liq udumlar va verbal komponent- larda ham ko‘pqatlamlilik va hudu- diy o‘ziga xosliklar yuzaga kelgan. Shuning uchun ham o‘zbek xalq oilaviy-maishiy marosimlar folklori janrlarini ma’lum hududlar mate- riali asosida tadqiq etgan S.Davlatov (Qashqadaryo misolida), N.Quron- boyeva (Xorazm misolida) kabi folklorshunoslar o‘z dissertatsiyala- rida beshik to‘yi marosimining lokal xususiyatlarini yoritishga diqqatni qaratishgan. Shuningdek, Xorazm bolalar poetik folklorini maxsus o‘rgangan G‘.Ro‘zmetov ham bola- larni erkalovchi qo‘shiqlarni ikki tipga, ya’ni beshik qo‘shiqlari: a) allalar; b) aytim-olqishlar; v) bak-bavaklar hamda suyish — Kuyla, dutorim... Go‘zal qizlar Mehnati — bu, Har ipi zar, Guli ezgu. Omon bo‘lsin Tikkan chevar: Mehridaryo, Hayotsevar. — Chanqovuzim, biyuv-biyuv, Shu dil so‘zim: ko‘p bo‘lsin suv... MEHRIDARYO, HAYOTSEVAR
30 qo‘shiqlari: a) erkalamalar; b) ovut- machoqlar; v) qiziqmachoqlarga bo‘lib o‘rgangan. Shuningdek, o‘zbek beshik to‘yi marosimi folklori haqida G‘.Jahongirov, M. Yoqub- bekova, G.Mardonova kabi olim- larning ishlarida muhim fikrlar aytilgan. Bu tadqiqotlar O‘zbekiston- ning har bir viloyatidagi beshik to‘yi marosimi folklori materiallari folklorshunoslik nuqtai nazaridan jiddiy o‘rganilishi lozimligini ko‘rsatadi. Umumo‘zbek an’anasida bo‘l- gani singari, Surxondaryoda ham beshik tut, jiyda, o‘rik kabi mevali daraxtlarning yog‘ochidan tayyor- lanadi. Beshikning mevali daraxt yog‘ochidan yasalishining ham ramziy ma’nosi bor: chunki bu mevali daraxtlar qadimgi ajdod- larimiz tasavvurida ham hosildorlik, qut-baraka timsoli sifatida qaral- gan. Ajdodlarimiz mevali daraxtlarga xos sermevalilik, ya’ni hosildorlik xususiyati beshik orqali bolaga ham o‘tadi, deb ishonganlar. Chaqaloqni ilk bor beshikka belash marosimi voha tumanlarida turli xil tarzda o‘tkaziladi. An’anaga ko‘ra, bu marosimga befarzand yoki bola tug‘sa-da, farzandi tur- magan ayollar taklif qilinmagan. Turmushi buzilgan yoki ikki nikohli ayollar esa bolani beshikka belash bilan aloqador rasm-rusum- larga aralashmaganlar. Marosim ishtirokchilari yaqin qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilardan iborat bo‘lib, beshik to‘yini o‘tkazishga asosan, serfarzand, o‘zidan tinib-tinchigan keksa onaxonlar hamda momolar bosh-qosh bo‘lishgan. Chaqaloq tug‘ilgan xonadonga olib kelinadigan beshik anjom- larining tarkibi beshik, sumak, sopol tuvak, gavorapo‘sh, arzon- dona, ya’ni chaqaloqning umri archaday uzoq bo‘lsin, degan niyatda ichiga archa barglari solib tikilgan maxsus ko‘rpacha, bola rizq- ro‘zli, uvali-juvali bo‘lsin, degan umidda ichiga tariq solib tikilgan uzun ko‘rpacha, qo‘lbog‘, oyoq- bog‘, pichoq, kichkina kulcha nondan iborat bo‘lgan. Go‘dakning «kindigi tushgan- dan» keyin, ya’ni bola 3, 5, 7, 9 kunlik bo‘lganda, beshikka belash marosimi o‘tkazilgan (vohaning tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlari taqozasiga ko‘ra, bolaning kindigi yozda tezroq, qishda esa kechroq tushadi). Beshik to‘yi marosimida bu raqamlarning an’anaviylashuvi xalqimizning «magik sonlar» to‘g‘risidagi qadimiy mifologik tasavvurlariga borib taqaladi. An’anaga ko‘ra, beshik to‘yi marosimi xalq nazarida «xosiyatli» deb qaralgan kunlarda, ya’ni du- shanba, payshanba va juma kunlari o‘tkazilgan. Beshik to‘yi unda qatna- shayotgan ayollarga kichkina ziyofat berish yo‘li bilan nishonlanadi. Bolani beshikka belash marosimida hovlida o‘t yoqilgan va kayvoni yoki qushnoch momo beshikni ko‘ta- rib, olov ustidan uch marta o‘tka- zib olgan. Bu udum «beshikni tozalash» yoki «beshikni xaloslash» deb atalgan. Beshikni uyga olib kirayotganda esa bola yotgan xona va beshikka ziyon-zahmat, zarar yetkazmasin, degan maqsadda isiriq tutatilgan. Momolardan biri: Xesh, darvesh, So‘zanada tesh, Ispand, chilband, bo‘zband, tumor bo‘lsin! — deb chaqaloq xonasiga bir tutam isiriqni ko‘z-suqlardan saqlash maqsadida osib qo‘ygan. Beshikni tozalash uchun uning yetti joyiga paxta-pilik yoqib, kulini beshikning tuvagiga solishgan. Qushnoch momo beshikni xaloslayotganda uning ichiga (yetti joyiga) kichkina paxta bo‘laklarini qo‘yib chiqib, yoqib o‘chirgan va «alas-alas» deb yoqilgan paxta bo‘lakchalarini suvga tashlagan. Bu irim olovning poklash xususiyatiga egaligi haqidagi mifologik tushun- chalarga daxldor bo‘lib, «ko‘ch- ganda olov o‘rtasidan o‘tkazmoq, kuyov va kelinlarga olovga salom soldirmoq» kabi udumlar ham shun- dan kelib chiqqan. Qadimda olov Vladimir GRANKIN suvratga tushirdi. HOZIR — ORZU, ERTAGA — CHIN... Temir qushim uchadi, Fazolarni quchadi. 31 muqaddas sanalganligi uchun ham jahon xalqlari marosim folklorida o‘t bilan bog‘liq magik amallar va mifologik rituallar yuzaga kelgan. Chaqaloq ilk bor beshikka yotqizilayotganda, bu amalni o‘zidan tinib-tinchigan, serfarzand momo bajargan. U «Bismillohir rahmonir rahim» deb bolani ikki qo‘li bilan ko‘tarib, birinchi marta bolaning boshini o‘ng emas, balki beshikning oyoq tomoniga qaratib yotqizadi va «Bu yerga yotqizaymi, o‘ngmi, chapmi?» — deb so‘raydi. Marosim ishtirokchilari esa bara- variga «yo‘q-yo‘q, e, momosi qurg‘ur, chaqaloqni chap qilib yotqizibsiz-da!» — deb hazil- mutoyiba qilishadi. Shunda momo chaqaloqni beshikning eniga qaratib yotqizadi va marosim qatnashchila- ridan yana rad javobini oladi. Uchinchi marta esa bolani to‘g‘ri, ya’ni o‘ng qilib yotqizadi va marosim qatnashchilari ham «o‘ng- o‘ng», — deb buni tasdiqlaydilar. Momo bolani beshikka birinchi marta yotqizayotgan paytda quyidagi aytimni aytadi: Shugina jonim, shu jonim, Boshimdagi gultojim. Bo‘ynimdagi marjonim, Shu dunyoni ko‘rsin deb, Shu beshikka kirsin deb, Xudo berdi sevsin deb, Oltin beshik ham berdi, Shu beshikka kirsin deb. Bu aytimda misralarda ketma- ket qo‘llanilgan o‘xshatishlar matn badiiyatini yanada tiniqlashtirishga xizmat qilgan. Xususan, ona far- zandini «boshidagi gultoji»ga, bo‘ynidagi «marjon»ga, beshigiga esa «oltin beshik» deb nisbat berish orqali bor onalik mehrini, muhab- batini qo‘shiqqa jo qilganligi ifoda etilgan.
Chaqaloqni beshikka belayotgan kayvoni momo: Beshik bolasi, bek bolasi, Beklar jotgan beshigini keltiring-a, Beshik bolasi, bek bolasi, Beklar jotgan beshigida jotsin-a, Egajoni keldi-ya, Kuchuklari qochsin-a, O‘toviga egajoni keldi-ya, O‘ngmi, chapmi? — deb chaqaloqni beshikka belaydi. Shundan so‘ng «uyquchi», «qo‘rquv-qo‘rquv», «sog‘ bo‘lsin» kabi udumlar bajarilgan. Bolani beshikka belagandan keyin maro- sim qatnashchilarining uyqusini chaqaloqqa olib berganlar. Chaqa- loqni beshikka belagan momo oq- qora ipni eshib turib, marosimda ishtirok etayotgan har bir kishining yoniga borib, «Uyqungizni bering», «Uyqungizni bolaga berdingizmi?», — deydi. Ular «Uyqumni berdim» degach, go‘yoki uyquni olganday bo‘lib, qo‘lidagi ipga bitta tugun tugadi. Shu tariqa hammaning uyqusini «yig‘ib olib», tugilgan ipni beshikning boshiga bog‘lab qo‘yadi yoki tugilgan ipni chaqaloqning tushgan kindigi bilan birga matoga o‘rab, beshik ko‘rpachasining tagiga qo‘yadi.
Ma’lumki, ipning oq-qora rangida ilon obrazi tajassum etgan va buning zamirida ko‘z-suq, ziyon- zahmatdan saqlash ma’nosi yotadi. Xalqimiz orasida ilon inson hayotida o‘limdan saqlaydi, degan qarash mavjud bo‘lgan. Beshik bilan ilon o‘rtasidagi bog‘liqliklar haqida Ye.V.Antonova, L.A.Chvir kabi olimlar o‘z fikrlarini bildirishgan. Mamlakatimizning turli viloyatlarida, «Beshik to‘yi» marosimida beshikka belangan chaqaloq uyqusida qo‘rqib uyg‘onmasin, tinch-osuda yotib dam olsin degan maqsadda turli xil magik amallar bajarilgan. Masalan, ayrim joylarda bola og‘ir-bosiq bo‘lsin, uyqusi ko‘p bo‘lsin, degan niyatda beshik ustiga ko‘rpa yopib qo‘yilgan hamda «qo‘rquv- qo‘rquv» udumi amalga oshirilgan. Bunda marosim rituallarini baja- rayotgan momo sabovcho‘p, ya’ni paxta savash uchun qamishdan tay- yorlangan savag‘ich bilan beshikni uch marta urgan. Beshikning Vladimir GRANKIN suvratga tushirdi. HARAKAT QILSANG, BARAKAT TOPASAN Har hunarning o‘z siri bor, Har ishning o‘z yeri bor. |
ma'muriyatiga murojaat qiling